14
hisobining yangi tizimi ishlab chiqildi va joriy etildi, buxgalteriya hisobi
xalqaro standartlarga о‘tkazildi, bu esa zamonaviy bank texnologiyalaridan
foydala-nish va bank operatsiyalarini avtomatlashtirish imkonini berdi.
Shunday qilib, 90-yillarning oxiriga kelib mamlakatda har tomonlama
barqaror bank tizimi vujudga keldi, xalqaro standartlarga muvofiq
zamonaviy bank nazorati samarali faoliyat kо‘rsatdi va bank faoliyatini
tartibga solish mexanizmi yaratildi. Sо‘nggi yillarda bank tizimini
liberallashtirish va isloh qilishga qaratilgan qator dasturiy hujjatlar qabul
qilindi. Bundan tashqari, hujjatlar bank faoliyatini liberallashtirishga
tizimli va bosqichma-bosqich yondoshishga asoslangan.
Bugungi kunda О‘zbekistonga zamonaviy bank infratuzilmasiga ega
samarali bank tizimini yaratish vazifasi qо‘yilmoqda. Amalga oshirilayot-
gan bank tizimini isloh qilish dasturi banklarni xususiylashtirish jarayonini
jadallashtirish, banklarning kapitaliga qо‘shimcha tashqi va ichki investit-
siyalarni jalb etish, ularning faoliyatini tijoratlashtirish, tadbirkorlik tuzil-
malarining banklarni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish va
investorlarning banklarga bо‘lgan ishonchini oshirish orqali uni erkinlash-
tirishning asosiy yо‘nalishlarini belgilab beradi. Xususiy kapitalga ega
yangi banklar tarmog‘ini rivojlantirish О‘zbekiston bank sektorini
rivojlantirishning ustuvor yо‘nalishlaridan biridir.
Hozirgi vaqtda xususiy banklar soni mamlakatdagi tijorat banklari-
ning umumiy sonining yarmiga yaqinini tashkil etadi. Respublikada
xususiy
banklarning
rivojlanishini
rag‘batlantirish
raqobatning
kuchayishiga, bank xizmatlari sifatining yaxshilanishiga, moliyaviy
resurslarning samarali bozor taqsimlanishiga yordam berdi. Bu, о‘z
navbatida,
mamlakatda
xususiy
tadbirkorlikni
rivojlantirish
va
rag‘batlantirish jarayonlariga ijobiy ta'sir kо‘rsatishi kerak.