187
6.5. Masofaviy ta’limda MOODLE texnologiyasidan foydalanish
MOODLE tizimining yaratilishi.
MOODLE – Web muhitida о‘qitish va on-line rеjimdagi о‘qitishni
tashkil qiluvchi webga yо‘naltirilgan dasturiy majmua hisoblanadi.
MOODLE –inglizcha sо‘zlarning abbrеviaturasi bо‘lib
Modular
Object Oriented Dynamic Learning Environment - modulli ob’еktga
yо‘naltirilgan dinamik о‘qitish muhiti (рус."Мудл"; "Моодус"-Модуль-
ная объектно- ориентированная динамическая обучающая среда) deb
tarjima qilinadi. GNU GPL litsenziyasi bо‘yicha erkin foydalanish
mumkin bо‘lgan web (webga yо‘naltirilgan) ilova hisoblanadi. MOODLE
tizimi “Ijtimoiy konstruktsionizm pedagogikasi” asos qilib olingan.
Tizim asosan о‘qituvchi (lar) va talaba(lar) о‘rtasida о‘zaro (bilim
olish) munosabatini tashkillashtirishga yо‘natirilgan. MOODLE avtori –
Martin Dougiamas.
О‘quv jarayonini qо‘llab quvvatlash maqsadida informatsion
texnolo-giyalardan foydalanish fikri 1999 yili -Curtin University (Avstrali-
ya) – universitetida WebCT kommertsiyaviy platformasini amaliyotda
qо‘l-lagandan sо‘ng paydo bо‘lgan.
MOODLE tizimining ishlab
chiqilishining asosiy maqsadi WebCT va BlackBoard platformasidan
tekin foydalanish emas, balki о‘qitish jarayonida о‘qituvchilarning
imkoniyatlarini kengay-tirish.
Lekin, MOODLE tizimi shunchali omadli kechdiki, о‘ylangandan
ham kо‘proq yutuqlarga sababchi bо‘lib, umumjahon birlashmasining
ishonchini qozondi. Bu tekin tarqatiluvchi programmali majmua о‘zining
funktsional
imkoniyatlariga, soddaligi va qulayligi sababli uning qо‘llanili-
shi bu dastur bilan faoliyat olib borayotganlar orasida, deyarli barcha
talablarni qondirish bilan tanildi.
MOODLE tizimi masofali о‘quv jarayonida keng qamrovli
imkoniyat-lar va о‘quv jarayonida qо‘l keladigan о‘quv
materiallarining
keng kо‘-lamda yoritilishi, bilim saviyasini tekshirish va boshqaruvida
ishlash imkonini yaratadi. Hozirgi vaqtda MOODLE tizimi jahonning yirik
universitetlarida qо‘llab kelinmoqda.
188
MOODLE tizimida taxminan 2 mln nafar faoliyat olib boruvchilar
qayd etilgan, 200 ta davlatda 70 tildagi 46 ming о‘quv
portallari va
300 nafar programmist-ishlab chiqaruvchilar faoliyat olib bormoqda.
MOODLE tizimining taqdim etilishi kodlari ayon qilingan bо‘lib,
(http://www.opensource.org/docs/definition_plain.html) GPL litsenziyasi
ostida (http://www.gnu.org/copyleft/gpl.html) saytlarida.
MOODLE modifikatsiyasiz Unix, Linux, FreeBSD, Windows, Mac
OS X, Netware va boshqa PHP ni qо‘llab quvvatlovchi operatsion
tizimlarda ishlaydi. MOODLE PHP dasturlash
tilida yozilgan, SQL-
ma’lumotlar bazasi asosida ishlaydi
(MySQL, PostgreSQL, Microsoft SQL Server va boshq.). MOODLE
dasturini о‘rnatish murakkab emas va bu dasturni о‘rnatishda “obnovlenie”
va “perexod” talab qilinmaydi. MOODLE sо‘nggi versiyasi SDO MOOD-
LE
ni
mijozlarning
umumjahon
birlashmasi-ning
http://www.moodle.org
. saytidan kо‘chirib olish mumkun.
Ta’lim (о‘qish)ni boshqarish tizimi – о‘quv faoliyatini boshqarish
tizimining asosi (inglizcha Learning Managment System - LMS) bо‘lib,
umumiy kirish huquqini ta’minlaydigan о‘quv on-line materiallarni
shakllantirish, boshqarish va tarqatish uchun qо‘llaniladi.
Kurs yaratuvchisi uchun vizual о‘quv muhitida ta’lim berish ketma-
ketligi asosida materiallar osonlik bilan yaratiladi. Tizim
tarkibiga turli
kо‘rinishdagi individual materiallar, kichik guruhlarda ishlash uchun
loyihalar va barcha talabalar uchun mazmundor hamda kommunikativ
komponentalarga asoslangan о‘quv elementlari kiradi.
Bu bepul tarqatiladigan dasturiy majmua о‘zining
funktsional im-
koniyatlari, о‘rganishdagi soddaligi va ishlatishdagi qulayligi bilan
elektron о‘qitish tizimlaridan foydalanuvchilarning kо‘pgina talablari-ni
qanoatlantiradi.
Tizimni yaratishda PHP, MySQL, AJAX,
JavaScript, HTML, CSS,
XML jQuery kabi qator ochiq kodli dasturiy vositalardan foydalanilgan.
Uni ishlatish uchun ma’lumotlar omborini boshqarish dasturi (MySQL
yoki PostgreSQL), PHP protsessori, Web-xizmati (Apache yoki
IIS) dasturlari sozlangan server (MB saqlanadi) zarur.