|
Щзбекистон республикаси олий
|
bet | 45/58 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 1,9 Mb. | | #144341 |
Bog'liq Щзбекистон республикаси олий15.2. Issiqlik almashinuvchi
Bug’ pufakchali qaynash jarayoni o’rinli bo’lishini ta’minlash maqsadida, maxsus tajribada aniqlangan empirik formulalaridan foydalanib, Issiqlik uzatish koeffitsenti α hisoblanadi.
Masalan, suv bug’ining bosimi 0,1÷0,3 MPa oralig’ida bo’lganda Issiqlik uzatish koeffitsentini
(15.2)
deb qabul qilish mumkin.
Suv bug’idagi q Issiqlik miqdori boshqa muhitga uzatilganda u soviydi, natijada kondensatsiya xodasasi ustuvor bo’ladi. Bu holat suv bug’ining temperaturasiga kichik bo’lganda (Tb>Tn.a) sodir bo’ladi. Kondensatsiya ikki xil - tomchisimon va pardasimon bo’ladi. Suv bug’ining suyuqlikka aylanish jarayonidagi Issiqlik almashinuvida Issiqlik uzatish koeffitsienti αq5000 Vt/m2.K atrofida bo’ladi. Idish devorining yuqorisidan pastki qismi tomon kondensat (hosil bo’lgan suv) qalinligi ortib boradi. Ammo pardasimon kondensatsiya o’rinli bo’lganda idish devorining yuqori qismida Issiqlik uzatilishi yaxshi bo’lsa, pastki qismida yomonlashadi. Pardasimon qatlamda Issiqlik almashinuvi jadallashish o’rniga sikin-asta susayadi, chunki parda qalinlashib boradi.
Kondensatning laminar oqib tushish jarayonidagi mahalliy Issiqlik uzatish koeffitsientini V1 Nusselьt konvektiv Issiqlik almashinuvchi uchun quyidagicha ifodalagan:
(15.3)
Bunda r - bug’ hosil bo’lish issiqligi kJ/kg,
μ - molekulyar massa,
λ - Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti;
ρ - kondensat zichligi;
x - devor balandligi;
Ttb - to’yingan bug’ temperaturasi;
Td - devor temperaturasi;
d - kondensat sarfi.
Tik devor uchun:
(15.4)
Bunda - Issiqlik uzatish koeffitsientining o’rtacha qiymati,
N - devor balandligi;
αx - elementar masofa.
Nazorat uchun savollar:
Pufakchaning ichki radiusi formulasini yozib bering.
Issiqlik uzatish koeffitsientining formulasi nimadan iborat?
Kondensat jarayonida o’tayotgan Issiqlik qanday aniqlanadi?
Kondensat sarfining formulasini yozib bering.
Qaynash jarayoni nimadan iborat?
Vertikal trubada kondensatsiya jarayoni?
Gorizontal trubada kondensatsiya jarayoni?
Kondensatsiya jarayonida Issiqlik qanday beriladi?
Kondensatsiya sirtida temperaturalar qanday o’zgaradi?
Kondensatsiya jarayonida Issiqlik berish koeffitsienti nechaga teng?
|
| |