|
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi
|
bet | 21/40 | Sana | 01.01.2024 | Hajmi | 15,36 Mb. | | #129281 |
Bog'liq 2-sinf soatiTashkiliy qism: Mashg`ulot maqsadi bilan tanishtirish. O`zbekiston harbiylari va ularning faoliyati aks etgan videolavha namoyish etiladi.
II.Asosiy qism: Vatan haqidagi qo`shiq bilan mashg`ulot maqsadi bayon etiladi.
O`quvchilar harbiylar kiyimida kirib kelishadi.
Ey, muqaddas gul diyorim, Sen bilan o`tmoqda shodon,
Gulshanim, jonim mening . Har kun, har onim mening,
Men seninng bag`ringda o`sdim, Jon fido bo`lsin senga,
Yo`qdir armonim mening. Ey, O`zbekistonim mening.
-Vatan haqida qanday maqollar bilasiz?
- Ona yurtim, oltin beshigim. -Yurt tinch- sen tinch.
-O`zga yurtda shoh bo`lguncha , oz yurtingda gado bol.
-Begona tuproq- devona tuproq.
- Ona yurting omon bo`lsa, rangu- ro`ying somon bo`lmas.
-Yeridan ayrilgan yetti yil yig`lar, elidan ayrilgan o`lguncha yig`lar.
Hur Vatan farzandlari El- yurtga chin posbonlar,
O `zbegim askarlari. Ko`ksi baland osmonlar.
Kuch-qudrat ahillikda, Ular borki, kirolmas,
Metinday zo`r saflari. Yurtga yovlar, yomonlar!
O`qchi askar: Chegarachi askar:
Bir, ikki ,uch, Sarhadlarda sergakmiz,
Bir, ikki ,uch, Botirmiz, sheryurakmiz.
Tomirlarda toshar kuch. Biz mustahkaa himoya,
Saflar to`lib, askar bo`lib, O`tolmas hatto soya.
Xizmat qilmoq oliy burch.
Tankchi askar: Uchuvchi askar:
Yurar qo`rg`on- tanimiz, Musaffo osmonimiz,
Temir qoplon- tankimiz. Biz uning posbonimiz.
Yelday kezar dala-dasht, Yuksaklarda uchgaymiz,
Cho`lu- o`rmon –tankimiz. Yurt ko`kini quchgaymiz.
Mardlar elga qalqondir, Armiya zo`r maktabdir,
Kuchi qaynar vulqondir. Mardlar yurtga madaddir.
Ular borki , zamon tinch, Shu bois el xotirjam,
Hayot dorilomondir. Mustaqillik abaddir.
|
| |