|
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi
|
bet | 29/40 | Sana | 01.01.2024 | Hajmi | 15,36 Mb. | | #129281 |
Bog'liq 2-sinf soatiIII Yakuniy qism: Demak, men oilada farzand sifatida o`z vaqtida ota-onamga uy ishlarida yordam berishim, ularga hurmat ko`rsatishim va salomatligi haqida qayg`urishim kerkligini yana bir bor bilib oldim, degan xulosa bilan mashg`ulot yakunlanadi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20__yil
25-mavzu: “Transportda yurish qoidalari”
I.Kirish:
Sinf soati mashg`ulotning maqsadi : tansport vositalari va ularning turlari haqida ma’lumot berish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Sinf soati mashg`ulotning jihozi:Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta,DVD.
Sinf soati mashg`ulot borishi:
II.Asosiy qism:
O’qituvchi:
Bolalar! Ko'cha deb ikki chetiga turli binolar qurilgan, odamlar, avtomobillar va boshqa transport vositalari harakat qilishi uchun mo'ljallangan joyga aytiladi.
Bunday ko'chalar juda ko‘p. Bu ko'chalarni adashtirib yubormaslik uchun ularning harqaysisiga nom berilgan.
Ko'chaning transport va piyodalar qatnaydigan qismi yo'l deyiladi.
M ana bu bizning ko'cha. Yo‘lning qatnov qismidan avtomobillar yurmoqda, trolleybus va tramvaylar harakatlanmoqda. Yo'lkalar piyodalar bilan gavjum. Ular chorrahadagi piyodalar uchun ajratilgan o'tish joylaridan o'tmoqdalar.
Ko'chadagi harakat xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus qoidalarga rioya qilish zarur. Transport haydovchilari va piyodalar bu qoidalarni bilishlari kerak.
Aziz kichik do'stim! Bu qoidalarni Sen ham juda yaxshi bilishing va ularga rioya qilishing zarur.
Agar yo‘l chetida piyodalar yurishi uchun mo'ljallangan yo'lka bo'lsa, ular faqat shu yo'lka bo'ylab yurishlari kerak.
Piyodalar yo'lning chetidan, transport harakatiga qarama-qarshi yo'nalishda yurishlari kerak. Shunda ular ro'paralaridan kelayotgan mashinalarni doimo ko‘rib turadilar.
|
| |