• Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
  • Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar
  • Sirdaryo viloyati Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi




    Download 15,36 Mb.
    bet32/40
    Sana01.01.2024
    Hajmi15,36 Mb.
    #129281
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
    Bog'liq
    2-sinf soati

    III. Yakuniy qism: O Amir Temur bobomizning yoshligiga oid hikoyalarni o`qib kelish.


    Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20__yil
    28-mavzu: Qonunlar nima uchun kerak?
    Kun shiori: “Huquqiy savodxonlik-davr talabi ”
    Sinf soati maqsad: O`quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish, ularni o’rganish va amal qilish tuyg’ularini tarbiyalash hamda ular ongiga “jinoyat jazosiz qolmaydi, har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortiladi” degan qoidani singdirish.
    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi risolasi, tarqatma materiallar.
    Doskada: “ O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini,ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar” .
    O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasi.

    O`qituvchi: Konstitutsiya baxtimiz qomusi


    O`zbekiston xalqi:
    Inson huquqlariga va davlat suvereniteti g`oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon ,qilib hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak ma’suliyatni anglagan holda,o`zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda respublika fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib’ insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishini ko`zlab ,fuqarolar tinchligini va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida o`zining muxtor vakillari siymosida O`zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi.
    O`zbekiston Respublika Konstitutsiya o`n ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis birinchi sessiyasida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan va Konstitutsiya 6 ta bo`lim,26 ta bob,128 ta moddadan iborat. Konstitutsiya lotincha “constitutio” so`zining tarjimasi “nizom qoidalar” degan ma’nolarni anglatadi.
    Har bir inson o`z huquq va burchlarini bilishi lozim.
    Insonning eng oliy huquqi tinch yashash huquqidir.

    Download 15,36 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




    Download 15,36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sirdaryo viloyati Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi

    Download 15,36 Mb.