|
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi
|
bet | 1/40 | Sana | 01.01.2024 | Hajmi | 15,36 Mb. | | #129281 |
Bog'liq 2-sinf soati
Sirdaryo viloyati
Boyovut tumani xalq ta’limi
bo‘limi tasarrufidagi
32-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
2 - sinf rahbari
Karimova Go’zalning
2022-2023 o‘quv yili uchun
Tushuntirish xati
Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim.
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 208-yil 5-sentyabrdagi PQ-3931-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’Iim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-iyuldagi 422-son qarorida belgilandi. 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab 1-11-sinflarda haftaning juma kunidagi birinchi darsni sinf rahbarlari va tegishli mutahasisslar tomonidan “Sinf soati” sifatida o‘tilishi yo‘lga qo‘yildi. Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi.
Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 41 sonli buyrug`i asosida tashkil etildi.
Mazkur dastur va metodik qo’llanmayuqorida nomlari keltirilgan ta’limga oid huquqiy va me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning uzluksizligi va izchilligiga, zamonaviy metodologiyalarga asoslangan.
|
| |