|
Maktab MMIBDO‘______________________ _______________________ sana_____ _____ 20__yil
|
bet | 5/40 | Sana | 01.01.2024 | Hajmi | 15,36 Mb. | | #129281 |
Bog'liq 2-sinf soatiMaktab MMIBDO‘______________________ _______________________ sana_____ _____ 20__yil
Sana
2 -mavzu: Odobli bola-elga manzur.
M ashg’ulotning maqsadi: O`quvchilarga ezgu fazilatlar haqida ma`lumot berish,ajdodlarimizning ibratli fikrlari bilan tanishtirish;o`quvchilarni atrofdagilarga yaxshilik va faqat yaxshilik qilishga o`rgatish. O'quvchilarda ezgu fazilatlarni kamol toptirish.
Kompetentsiya: TK-1:xalq maqollari, muqaddas kitoblardagi ibratli so‘zlarni aniq va tushunarli bayon qila oladi;kattalar bilan so‘rashishda odob-axloq bilan muloqotga kirisha oladi
TK-2: odobli bo‘lishga shaxsiy namuna ko‘rsatadi; haqorat va turli yomon so‘zlardan, yomon odatlardan saqlana oladi.
Kun shiori: Odobing - ahloqing
O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik, amaliy.
Asosiy qism:
Aziz o'quvchi! Umrimiz davomida biz juda ko'p insonlardan yaxshilik ko'ramiz. Ota-onamiz, yaqinlarimiz, ustozlarimiz bizga faqat yaxshilikni tilaydilar. Inson o'ziga qilingan yaxshiliklarga albatta yaxshilik bilan javob qaytarishi kerak.
Ammo yomonlik qilganlarga qay tarzda javob qaytarish kerak? Yomonlikka yaxshilik bilan javob berish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Agar sizga kimdir yomonlik qilsa, har qancha qiyin bo'lsa-da, unga albatta yaxshilik bilan javob qaytaring. Shunda u qilgan ishidan pushaymon bo'ladi, uyalganidan ikkinchi marotaba yomonlikka qo'l urmaydi.
«Temur tuzuklari»da shunday so'zlar bor: «Menga hasad qilib, o'ldirishga qasd qilgan kishilarga shunchalik sovg'a-in'omlar berib, muruvvat-u ehson ko'rsatdimki, bu yaxshiliklami ko'rib, xijolat teriga g'arq bo'ldilar». Bundan ko'rinib turibdiki, bobomiz Amir Temur o'ziga dushmanlik qilgan kishilarga ham yaxshilik qilib, ularni to'g'ri yo'lga boshlaganlar. Allomalarning quyidagi so'zlarini hamisha yodda tutishimiz darkor:
Dunyoda topayin desang omonlik,
Birovga zarracha qilma yomonlk!
Yakunlovchi qism;
O’quvchilarga quyidagi savollarni berib,ularni javoblari baholanadi.
1. Yaxshilik deganda nimani tushunasiz ?
2. Nima uchun allomalar yomonlikka yaxshilik bilan javob qaytarish kerakligmi uqtiradilar ?
3. «Yaxshilik» hikoyasini o'qib, mazmuniga diqqat qiling ?
4. Ra'noning buvisi yaxshilikning foydasi haqida nimalar dedi ?
5. Siz ushbu hikoyadan o'zingizga qanday xulosa chiqarib oldingiz ?
Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi
|
| |