|
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi
|
bet | 9/40 | Sana | 01.01.2024 | Hajmi | 15,36 Mb. | | #129281 |
Bog'liq 2-sinf soatiIII. Yakuniy qism: Oqituvchi o`quvchilariga minnatdorchilik bildirib, tadbirga yakun yasaydi.
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20__yil
6-mavzu: Ona tabiatni asraylik
Mashg’ulotning maqsadi:
O`quvchilarga tabiat mo`jizalari, suv bebaho ne’mat ekanligi haqida tushuncha berish. Tabiatga mehr berish ruhida tarbiyalash, suvni tejab sarflashga o`rgatish. O`quvchilarning tabiat haqida, ichimlik suvi va daryo suvlarini farqlash malakalarini rivojlantirish. Vatanga, tabiatga muhabbat tuyg`ularini mustahkamlash
Kompetensiya — TK-1:doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashadi; TK-2:jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish hissini oshiradi
Kun shiori: Biz ona-tabiatimizni asraymiz
m etod: Suhbat, tushuntirish, tarmoqlash
„Ha-yo`q“ o`yini, „Aqliy hujum“ metodi.
Tashkiliy qism
O`quvchilarni tayyorlash ,navbatchi axboroti.
Vatan, yilimiz, fasl haqida suhbat
Asosiy qism:
„Aqliy hujm“ metodi. „Tabiat mo`jizalari.
Suv –hayot manbai“ so’zlariining mazmuni.
O`qituvchi: Bizning vatanimiz qayer?
O`quvchilar: O`zbekiston.
Savol-javoblar:O`qituvchi: bolajonlar
mana bu qushni qayerlarda
ko`rganmiz? Tabiat deganda nimani tushunasiz?
Atrofimizdagi tabiat biz nafas oladigan havo,
biz ichadigan suv, toza kiyim – bosh,
yeguliklarning tozaligi
bu bizning sog`lig`imiz garovi.
TABIAT MO'JIZALARI.
Bizni o'rab turgan tevarak olam tabiat deb ataladi. Tabiatni asrash bizning burchimizdir.Mehribon tabiatBolalar, ona tabiat bizga qanchalik mehribon
ekanligini bilasizmi?Bahorda u gullarga burkanadi, atrof ko'm-ko'k bo'lib
yashnaydi. Yozda so'lim bog'lar va tog' yonbag'irlarida maza qilib dam olamiz. Kuzda shirin-shakar meva va sabzavotlarni yeb, kuchga to'lamiz. Qishda qorbo'ron o'ynab chiniqamiz.Suv, o'simlik va daraxtlar haqiqiy tabiat
mo'jizalaridir. Ular biz nafas olayotgan havoni tozalab, salqin qilib beradi. Shovqin va mikroblarni yutib, inson va jonivorlar salomatligini himoya qiladi.)
Toza suv chanqoqni qondiradi, barcha jonzotlarga hayot bag'ishlaydi.
So'nggi yillarda sayyoramizda toza suv miqdori kamayib bormoqda. Unutmang, suvni tejab sarflash barchamizning burchimiz.
Mashg’ulotni yakunlash:
1. Qanday tabiat mo'jizalarini bilasiz?
2. Suv, o'simlik va daraxtlar insonlarga qanday
foyda keltiradi?3. Nima uchun suvni tejash zarur?
4. ”Suv” haqida she’r ayting
Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
|
| |