|
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi
|
bet | 11/40 | Sana | 01.01.2024 | Hajmi | 15,36 Mb. | | #129281 |
Bog'liq 2-sinf soatiIII. Yakuniy qism.
Uyga vazifa yo’l belgilarini nomini yod olish.
O`quvchilarni rag`batlantirish.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20__yil
8-mavzu: Ona tilim- jonu dilim (O`z.Res.”Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan kun munosabati bilan)
I.Kirish:
Sinf soati mashg`ulotning maqsadi:
Davlat tili o`zbek tilining uzoq va boy tarixi haqida ma`lumot berish; Ona tilimizga bo`lgan hurmat e`tiborini oshirish; Mustaqillik yillarida ona tilimizning rivojlanishi uchun qilinayotgan ishlar borasida dunyoqarashini kengaytirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Sinf soatimashgulotning jihozi: Ona tili haqidagi donolarning so`zlari yozilgan ko`rgazma, devoriy gazeta.
II.Asosiy qism:
Avvaldan tayyorlangan dastur asosida bu mavzuni o`quvchilar yoritib berishadi.
O`quvchi:
Har so`zida ilohiylik bor, Allasiga duo qo`shilgan,
Haq Allohdan bir vahiylik bor, Lafzlariga shifo qo`shilgan, Bag`rikenglik, zo`r saxiylik bor, Ezgu talab- nido qo`shilgan,
Imonimsan o`zbek tilim, o`zbek tilim. Senda hayot- senda baxt yo`lim!
O`zbek tilim, o`zbek tilim.
1989 yil 21 – oktabr—o`zbek tiliga davlat maqomi berildi.
Q zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4- moddasida “ O`zbekiston Respublikasida davlat tili – O`zbek tilidir” deb belgilab qo`yilgan.
Qonga kirgan sut bilan, Oyijonim birgina,
O`zbek tilim, o`z tilim, Ko`zlarimga nurgina,
Ardoqlayman yurt bilan Oyijonim o`rgatgan,
O`zbek tilim ,o`z tilim. O`zbek tilim ,o`z tilim
Kunlar alla tingladim, Burro-burro so`zlayman,
Tunlar alla tingladi. Kelajagim ko`zlayman,
O`zligimni angladim, Istiqbolim, iqbolim,
O `zbek tilim ,o`z tilim O`zbek tilim ,o`z tilim
Safo Ochil.
-Til haqida qanday maqol,hikmatli so`zlar bilasiz?
So`z qadrini bilmagan, o`z qadrini bilmaydi.
Oshning ta`mi tuz bilan ,
Odamning qadri so`z bilan.
So`z ing qaytar yerdan o`zing ham qoch.
Tilga e`tiborsiz – elga e`tiborsiz.
Har bir millatning o`zi tushunadigan tili uning ona tilisi hisoblanadi va bu til unga bir umr xizmat qiladi, atrofdagilar bilan muomala vazifasini o`taydi. Yurtimizda turli millat vakillari tinch va ahil yashab kelmoqdalar. Ular o`zbek tiliga , milliy an`analariga hurmat yuzasidan ularni o`rganib kelishmoqda.
Faqat biz ulardan to`g`ri va o`rinli foydalanishimiz kerakligini unutmasligimiz kerak.Bir birimiz bilan so`zlashganda qo`pollik qilmasdan , baqirmasdan so`zlashishimiz, so`zlarni to`liq talaffuz qilishimiz kerakligini yodimizda tutaylik . Har bir so`z o`z ma`nosiga ega.Agar ularni buzib aytsak, fikrimizni to`liq ifoda eta olmasligimiz , yoki suhbatdoshimiz bizni tushunmay qolishi mumkin.
Maktab MMIBDO‘______________________ ___________________________ sana______ _______ 20__yil
|
| |