• (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan). I.Kirish
  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • II Asosiy qism: O`qituvchi: O`qituvchi
  • Sirdaryo viloyati Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi




    Download 15,36 Mb.
    bet13/40
    Sana01.01.2024
    Hajmi15,36 Mb.
    #129281
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
    Bog'liq
    2-sinf soati

    III.Yakuniy qism: O`quvchilar fikrlarini xulosalab, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.


    Maktab MMIBDO‘______________________ ______________________ sana_____ ____ 20__yil
    10-mavzu: O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i
    (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan).
    I.Kirish:
    Sinf soati mashg`ulotning maqsadi:
    O`zbekiston Respublikasining bayrog`i haqidagi ma`lumotlarni kengaytirish. Uni tasvirlashda nimalarga ahamiyat berish kerakligini o`rgatish.
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
    Sinf soati mashg`ulotning jihozi: plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i, tarqatma materiallar.
    II Asosiy qism: O`qituvchi: O`qituvchi: Bayroq biror millat yoki davlatning belgisidir. Eng muhimi, davlatning mustaqilligini va xalqaro hurmatga egaligini bildiruvchi bayroq- davlat bayrog`idir.
    O`zbekiston Davlat bayrog`i 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan . Davlat bayrog`i hamma uchun muqaddas va uni e`zozlab asraymiz. Bayroqlar odatda gazlama parchasidan tikiladi. Bo`yi enidan uzunroq bo`lib, ranglari va naqshlari ham turlicha bo`ladi. Bizning ajdodlarimiz qadim zamonlardan boshlab , o`zlarining bayroqlariga ega bo`lganlar va uni behurmat qilishga hech kimga yo`l qo`ymaganlar. Chunki bayroqni behurmat qilish , uning xalqini behurmat qilish bilan barobar bo`lgan.Shuning uchun turli xalqaro musobaqalarda davlat bayroqlari olib kiriladi,o`pib, ko`zga surtiladi va g`olib bo`lganlar sharafiga yuqori ko`tariladi.
    O`quvchilar bayroqning turli ranglariga ta`rif berishadi.
    Har bir bola o`zi ta`rif berayotgan rangida kiyinib chiqadi.
    Men moviy rang bo`laman yurt osmonining bir parchasi.Bu- olamda tinchlik bo`lsin deganimdir. Yana men tip- tiniq suvgayam o`xshayman. Hayotimiz suvdek tiniq bo`lsin.
    Men qizil rangman. Tomirlarimizda jo`sh urib oqayotgan qonimiz rangi. Bu rang bizni jo`shqin mehnatga yashashga va kurashishga o`rgatadi.
    Oq rang .O`zim ham oq, ko`nglim ham oq, hatto niyatlarim ham oq.Shuning uchun bayroqdan o`rin oldim va xalqimni musobaqalarga “Oq yo`l ”deb kuzatdimki, ular zafar bilan qaytib keldilar.
    Yashil rang nima degani? Yashillik yasharish, yashnatish va ertangi kunga ishonish deganidir. Yurtimizni bezab turgan bog`larimiz , o`rmonlarimiz timsolidir.
    Uch –to`rt kunlik oyni eslatuvchi oymoma kishilarga to`kinlik ramzi sifatida aks ettirilgan.
    On ikki yulduz o`n ikki oyni,o`n ikki burjni bildiradi . Yulduzlar bilan baravar harakatlanib, fasllar o`zgarishini kuzatamiz. O`n ikki yulduz O`zbekistonning o`n ikki viloyatiga ham ishoradir.
    O `qituvchi: Mana davlatimiz bayrog`ining ranglari haqida tinglab oldik . Sizlar bilan boshqa qardosh davlatlarning bayroqlari bilan ham tanishib olamiz.Bu bizlarga nima uchun kerakligini bilasizmi? Davlatlar aro turli muzokaralar, sport musobaqalari ,tadbirlar tashkil etilganda hamma o`z davlati bayrog`i bilan qatnashadi. Yurtimizda ish olib borayotgan turli davlatlar elchixonalari darvozalari yuqorisida shu davlat bayrog`i hilpirab turadi.



    Download 15,36 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




    Download 15,36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sirdaryo viloyati Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi

    Download 15,36 Mb.