|
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi
|
bet | 16/40 | Sana | 01.01.2024 | Hajmi | 15,36 Mb. | | #129281 |
Bog'liq 2-sinf soatiIII Yakuniy qism :
Maktab oshxonasi, sport zali , kutubxona va faollar zalidagi jihozlar bilan tanishib chiqilgach, maktab hovlisidagi gullar, daraxtlarni parvarishlash ,stendlar va xatto ariqchalar, ularni ozoda tutish, hamda ehtiyotlash har bir o`quvchining vazifasi ekani uqtiriladi.
Dars yakunida o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20__yil
13-mavzu: Baxtimiz qomusi
(8 dekabr – Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun munosabati bilan).
I.Kirish:
Sinf soati mashg`ulotning maqsadi:
O`quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish, ularni o’rganish va amal qilish tuyg’ularini tarbiyalash hamda ular ongiga “jinoyat jazosiz qolmaydi, har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortiladi” degan qoidani singdirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Sinf soati mashg`ulotning jihozi:DVD,disk,plakatlar
Sinf soati mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
II.Asosiy qismi:
“Ozbekiston – buyuk kelajak sari ” videofilmidan lavha namoyish etiladi va mashg`ulot mazmuni yoritib boriladi.
O`qituvchi : O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 – dekabrda
Qabul qilingan bo`lib, V1 bo`lim, 26 bob va 128ta moddadan iborat.
Oldindan tayyorlangan o`quvchilar Konstitutsiyaning ba` zi moddalarini aytib berishadi.
Baxtimiz qomusi porlar quyoshdek,
To abad sen birla mehnatkash xalqim.
Mehnatda toblangan bu qadoq qollar,
Mustaqillik nashidasin etsin tarannum.
|
| |