|
-mavzu: Piyodalar va ularning tashkiliy jamlanmasida harakatlanish. (Yo‘l harakati qoidalari)
I.Kirish
|
bet | 12/40 | Sana | 01.01.2024 | Hajmi | 15,36 Mb. | | #129281 |
Bog'liq 2-sinf soati9-mavzu: Piyodalar va ularning tashkiliy jamlanmasida harakatlanish. (Yo‘l harakati qoidalari)
I.Kirish:
Sinf soati mashg`ulotning maqsadi : o’quvchularga ko’cha harakati qoidalari haqida
tushuncha berish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Sinf soati mashg`ulot jihozi: yo’l harakati qoidalariga oid plakatlar.
Sinf soati mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism:
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi.
II.Asosiy qism:
«Piyoda – umring bo‘lsin ziyoda!» Bunday so‘zlar bitilgan shiorlarni siz YPX maskanlarida, shahrimiz ko‘chalarida ko‘p ko‘rgansiz, chunki piyoda ham yo‘l harakati ishtirokchilaridan biri bo‘lib, unga ham boshqa yo‘l harakati ishtirokchilari, transport vositasi haydovchisi, yo‘lovchi kabi intizom va ulkan mas’uliyat yuklangan. Haydovchi boshqarayotgan transport vositasining yuqori darajali
xavf-hatar manbai ekanligini piyodalar yaxshi anglaydilar. Ko‘pchilik piyodalar yo‘lning qatnov qismidan o‘tishda ehtiyotsizlik yoki sabrsizliklari oqibatida o‘z xatti-harakatlarini chuqur o‘ylamasdan amalga oshiradilar.
Agar trotuar piyodalar yo‘lkasi yoki yo‘l yoqasi bo‘lmasa yoxud ulardan yurishning imkoni bo‘lmasa, piyodalar velosiped yo‘lkasidan yoki qatnov qismining chetidan, ajratuvchi bo‘lagi bor yo‘llarda qatnov qismining o‘ng chetidan bir qator bo‘lib yurishlari mumkin.
Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi yo‘lning qatnov qismida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarshi yo‘nalishda yurishlari kerak. Piyodalar yo‘lning qatnov qismini piyodalar o‘tish joylaridan shuningdek, yer osti va yer usti o‘tish joylaridan, ular bo‘lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo‘l yoqasi bo‘ylab kesib o‘tishlari kerak.
|
| |