|
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi
|
bet | 20/40 | Sana | 01.01.2024 | Hajmi | 15,36 Mb. | | #129281 |
Bog'liq 2-sinf soatiIII Yakuniy qism: O`qituvchi : Demak bolalar Yangi yil yer yuzining turli yerlarida turlicha nishonlanar ekan . O`zbekistonda biz aslida yangi yilni 21- martda nishonlaymiz . Shu kundan boshlab dehqonlarimiz yerga baraka urug`larini sepa boshlaydilar. 21 – Mart tengkunlik ya`ni, kun va tunning tenglashishi bilan ifodalanadi. Yangi yil hisobi bo`yicha esa 31- dekabrdan 1- yanvarga o`tar kechasi yangi yil kutib olinadi va taqvim bo`yicha yangi yil hisobi boshlanadi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20__y
17-mavzu: Vatanparvar ajdodlarimiz (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).
I.Kirish:
Sinf soati mashg`ulotning maqsadi: To’maris, SHiroq, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur jasoratlari. O‘quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‘zlarining ham shaxsiy burchlari va mas’uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lish, Milliy armiyamiz haqida ma’lumotlarga ega bo`lish, Vatan muammolarini o‘zinikidek qabul qilish, Vatan yukini o‘z elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‘lib ulg‘ayish xislatlarini tarbiyalash
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Sinf soati mashg`ulotning jihozi: DVD, disk, tarqatma material, rasmlar, plakat.
Sinf soati mashg`ulotning borish:
|
| |