|
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi
|
bet | 17/40 | Sana | 01.01.2024 | Hajmi | 15,36 Mb. | | #129281 |
Bog'liq 2-sinf soatiIII Yakuniy qism: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilishdan asosiy maqsad, O`zbekiston fuqarolarining barcha huquq va burchlarini qonun asosida himoya qilishdan iborat. Kimki shu qonun –qoidalarni buzib, yurtimiz tinchligiga rahna solmoqchi bo`lsa jazoga tortiladi. Shuning uchun biz Konstitutsiyada belgilab qo`yilgan huquq va majburiyatlarimizdan to`g`ri foydalanishimiz kerak.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20__yil
14-mavzu: O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi
(10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan).
I.Kirish:
Sinf soati mashg`ulotning maqsadi:
O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi, mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini singdirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Sinf soati mashg`ulotning jihozi: Abdulla Oripov va Mutavakil Burxonov suratlari va ularning asarlaridan namunalar.
Tashkiliy qism:
Mashg`ulot maqsadi bilan tanishtirish. O`zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylash.
II.Asosiy qism:
O`qituvchi : Bolalar bugun biz sizlar bilan O`zbekiston Respublikasi madhiyasi mualliflari bilan chuqurroq tanishamiz. “Madhiya”so`zi – Madh so`zidan kelib chiqqan bo`lib, maqtov, ulug`lash sharaf ma`nolarini bildiradi.Har bir davlatning madhiyasida o`z xalqi, yurti va milliy boyliklarimi madh etilgan. Madhiyamiz matni O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oropov qalamiga mansub bo`lib, shoir unda yurtimizning go`zalligi va boyliklarini juda zo`r ta`riflagan.
Sizlar bilan bugun Abdulla Oripov va Mutal Burhonov hayoti va ijodi bilan tanishamiz.A. Oripov 1941 yilda Qashqadaryoda tug`ilgan. O`rta maktabni a`lo baholarga tugatib, Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetiga o`qishga kirdi. Oliygohni muvaffaqiyat bilan tugatib, Yozuvchilar yuyshmasida mehnat faoliyatini boshladi.Yillar davomida shoirning bir qancha she`riy to`plamlari bosilib chiqa boshladi . Bu to`plamlar xalqimizni Vatanga, insonlarga mehr- muhabbatli bo`lishga, tabiatni sevish va ardoqlashga, imonli va vijdonli kishilarni ulug`lashga o`rgatdi. Hozirgi kunda Abdulla Oripov Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti hamda, “O`zbekiston Qahramoni” degan yuksak unvon egasidir.
Men nechun sevaman O`zbekistonni,
Tuprog`in ko`zimga aylab to`tiyo.
Nechun Vatan deya ona xalqimni
Muqaddas atayman , atayman tanho. Deb boshlangan she`rlari har bir o`zbek farzandining qalbidan mehr va faxr ila joy olgan. Mutal Burxonov-musiqa, qo`shiqqa qiziqish uyg`onganda 5-6 yoshli bola eda.Otasi va amakisini yo`qlab musiqachi do`stlari tez-tez ularning uylariga yig`ilib turishardi.Hovlilarida tonggacha musiqa ,kuy- qo`shiq yangrab turardi. Kichkinagina Mutalning bu qiziqishini ko`rgan amakisi uni “kichkina sozanda ” deb , unga tanbur sovg`a qilibdi.Tanburdan chiqayotgan navolar shunchaki qiziqish emas, balki uning doimiy mashg`ulotiga aylanib qoldi. Yillar o`tib “Ozbekiston xalq artisti” unvoniga ega bo`lish va har tong o`zbek xalqini tantanavor bir qo`shiq bilan uyg`otish ulkan baxt edi.O`zbekiston madhiyasi dunyodagi eng yoqimli madhiyalar safidan o`rin egalladi. Bu muvaffaqiyatga erishishning sababi o`zbek xalqi ohanglarini yaxshi bilganidan va chuqur musiqavriy bilimga ega bo`lganligidan edi. Davlat madhiyasi Mutal Burxonovni yashashga, kurashga, el-u –yurt manfaati uchun xizmat qilishga undadi.
|
| |