• Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • II.Asosiy qism
  • Sirdaryo viloyati Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi




    Download 15,36 Mb.
    bet19/40
    Sana01.01.2024
    Hajmi15,36 Mb.
    #129281
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
    Bog'liq
    2-sinf soati

    III.Yakuniy qism:

    • Uyga vazifa yo’l belgilarini nomini yod olish.

    O`quvchilarni rag`batlantirish.


    Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20__yil


    16-mavzu: “Biz yangi yilni kutib olamiz” (Yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan).
    I.Kirish:
    Sinf soati mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarda yangi yil bayramida ezgu orzular bilan yangi yilga qadam qo’yish, maktabning odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etish, yangi yilda tashkil etilgan bayram tadbirlarida namunali ishtirok etish xislatlarini tarbiyalash hamda o’quvchilar ongiga yangi yilda inson qalbi ham qor kabi oppoq bo`lishi lozimligini singdirish.
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
    Sinf soati mashg`ulotning jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,yasatilgan archa,qorbobo,qorg`iz maketlari(sinfdagi o`quvchilardan birini qorbobo va qorg`iz qilib tayyorlash ham mumkin )
    Sinf soati mashg`ulotning borishi:
    II.Asosiy qism: Xonaga birin -ketin musiqa sadolari ostida yapon, shotland, koreys , hind va o`zbek bolalari kirib keladilar.
    Yapon:Bizda yangi yil kechasida 108 marta qo`ng`iroqlar chalinadi . Chunki Yaponiyada 100 va 8 raqamlari baxtli hisoblangan . Yangi yil quyosh chiqishi bilan kutib olinadi.
    Shotland:Shotlandiyada Yangi yilda istagan kishi istagan xonadoniga kirib mehmon bo`lishi mumkin. Mehmon kelishi shu xonadonga baxt keltiradi degan ma`noni bildiradi.
    Koreyalik: Bizda Yangi yilda ommaviy sayl boshlanadi va qizlar o`rtasida balandlikka sakrash musobaqalari o`tkaziladi.
    Hind: Hindistonda dag`al odamlar ham eng shirinso`z, nazokatli, mayin bo`lib, bir- birlari bilan xushmuomala bo`lishadi. Bu- yil bo`yi baxt hamroh bo`ladi , deganidir.
    O`zbek: O`zbekistonda ham yangi yil xursandchilik bilan kutib olinadi. Yangi yil kirib kelishiga yaqin dasturxon turli noz- he`matlarga to`ldiriladi va hamma dasturxon atrofida yig`ilib, bir- birlariga yaxshi tilaklar bildiradilar.
    Hamma joyda Qorbobo bolalarga shirinliklar , o`yinchoqlar va turli sovg`alar ulashadi. Rossiyada bu bayram ayniqsa bolalar uchun taassurotga boy bo`ladi.Ulkan archa atrofiga yig`ilgan bolalar ertak qahramonlari bilan birgalikda yovuzlikka qarshi kurashib , yaxshilik doimo g`alaba qozonishini isbotlab beradilar
    Yangi yilda , yangi xilda, Har yurakda orzu katta,
    Yuraklarning ovozi. U pokiza ,beg`ubor.
    Qaynab chiqar, yayrab chiqar , Eng mustahkam , eng muhtasham ,
    T ilaklarning eng sozi. Poydevordir- poydevor.
    Qorparchalari ” raqsi ijro etiladi .



    Download 15,36 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




    Download 15,36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sirdaryo viloyati Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi

    Download 15,36 Mb.