|
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20__yil
|
bet | 10/40 | Sana | 01.01.2024 | Hajmi | 15,36 Mb. | | #129281 |
Bog'liq 2-sinf soatiMaktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20__yil
7-mavzu: Xavfsizlik qoidalarini bilamizmi?
I.Kirish:
Sinf soati mashg`ulotning maqsadi:
O`quvchilarda bugungi murakkab globallashuv davrida butun dunyoga tarqalib solayotgan din niqobidagi ekstremizm va terrorizmning yoshlar hayoti va kelajagiga solayotgan tahdidlari haqida tushunchalar hosil qilib, ularda ogohlik, hushyorlik va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish xislatlarini tarbiyalash.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Sinf soati mashg`ulotning jihozi: AKT vositalari, proektor, tarqatma material,rasmlar, plakatlar.
Sinf soati mashg`ulotning borishi:
Sinf soati mashg`ulotnio`tish joyi: Sinf xonasi.
Mashg`ulotmavzusiningmaqsadvavazifasibilano`quvchilarnitanishtirish. O`quvchilarni 3-4 guruhga bo`lish
II. Asosiy qism
Hozirgi davrda diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm salohiyatining sifat va miqdor jihatidan o’sishi ularni global xavfsizlikka yo’naltirilgan jiddiy tahdidga aylantirdi.
Diniy ekstremizm – jamiyat uchun an’anaviy bo’lgan diniy qadriyatlar va aqidaviy ahkomlarni rad etish va o’z g’oyalarini murosasizlik va zo’rlik bilan targ’ib qilishdir.
Terrorizm yashirin ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadida qo’llaniladi
Terrorizm– muayyan siyosiy maqsadlarda, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish va aholining keng qatlamlarida vahima va qo’rquv uyg’otish uchun zo’ravonlik ishlatish yoki zo’ravonlik ishlatish bilan qo’rqitish.
Musulmon mamlakatlarida odatda terrorchi uyushmalar ommaviy bo’la olmagani uchun aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg’otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar. Shuning uchun aziz o’quvchilar doimo ogoh va hushyor bo’lishimiz va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishimiz lozim.
|
| |