|
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi
|
bet | 24/40 | Sana | 01.01.2024 | Hajmi | 15,36 Mb. | | #129281 |
Bog'liq 2-sinf soatiIII.Yakuniy qism:
Uyga vazifa Transport turlari haqida bilimlarini oshirib kelish.
O`quvchilarni rag`batlantirish.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20__yil
20-mavzu: Buyuk ajdodlarimiz (Alisher Navoiy tavallud kuni oldidan)
I.Kirish:
Sinf soati mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bo’lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg'u’larini singdirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Sinf soati mashg`ulotning jihozi: Alisher Navoiy hayoti ijodini aks ettiruvchi lavhalar. Asarlaridan namunalar.
Sinf soati mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: Mashg`ulot maqsadi bilan tanishtirish.
II.Asosiy qism: O`qituvchi:
Jahonki, muqaddas neni ko`ribdi, Shu buyuk o`g`lingni ardoqlab dildan
Bariga onasan, ey qodir hayot. Xalqim, ta`zim etsang arzigay tamom.
Asrlar qa`ridan boqib turibdi, Uning nomi bilan birga bitilgan
Nurli bu yuzlarga nuroniy bir zot. Dunyo daftariga o`zbek degan nom.
Aziz bolalar , bu misralar orqali kimni yodga olyapmiz? Bobomiz Alisher Navoiyni
“Navoiy va bulbul ”hikoyasini bolalar sahna ko`rinishida ijro etishadi va Navoiy taxallusi qanday qo`yilgani eslatiladi.
Alisher Navoiyning ulug`ligi yozib qoldirgan asarlarida, betakror obidalarida oz aksini topgan .Turli sohadagi iste`dodli kishilarga o`z shaxsiy jamg`armasidan homiylik qilib, o`nlab san`at asarlarini yaratishga o`z hissasini qo`shgan. Shulardan biri odamlarning uzog`ini yaqin qilayotgan qo`shni Afg`oniston viloyatidagi Saripul ko`prigidir .Ko`prik bunyodkori bilan teng umr ko`rib, 5 asrdan beri odamlarga xizmat qilib kelmoqda.Alisher Navoiy qay manzilda yashab ijod qilmasin, adabiyotga, el-yurt obodligi yo`lida xayrli va savobli ishlarga o`z hissasini qo`shgan. Uning oqil va donoligiga Husayn Boyqaro va butun saroy ahli lol qolgan “Non isi ” hikoyasi o`qib beriladi.
Har bir insonning bolaligidan mehr qo`ygan jonivori bo`ladi. Ularga shunchalik bog`lanib qolishadiki, undan ayrilib qolish juda og`ir bo`ladi.
|
| |