• Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20__yil 22-mavzu: Do‘stlik – bebaho ne’mat (2 mart O‘zbekiston BMTga qabul qilingan kun
  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • II.Asosiy qism
  • Sirdaryo viloyati Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi




    Download 15,36 Mb.
    bet26/40
    Sana01.01.2024
    Hajmi15,36 Mb.
    #129281
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
    Bog'liq
    2-sinf soati

    III Yakuniy qism: Bobur asarlarida Vatanga sog`inch tuyg`ulari ifoda etilgan . Hayotining so`nggi damlari vatandan uzoqda – quvg`inlikda o`tgani o`z she`rlarida yaqqol ifoda etilgan . O`zbek xalqining , o`zbek adabiyotining sevimli adiblari asarlari va ishlari davomchilari hamda yurtimizga munosib farzand bo`lish bizning vazifamizdir.

    .


    Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20__yil
    22-mavzu: Do‘stlik – bebaho ne’mat
    (2 mart O‘zbekiston BMTga qabul qilingan kun munosabati bilan )
    I.Kirish:
    Sinf soati mashg`ulotning maqsadi: Mustaqil O‘zbekiston – seni tanidi jahon. O‘zbekiston va BMT, mustaqillik yillarida qo’lga kiritilgan yutuqlar, yosh avlod tarbiyasiga berilayotgan e’tibor.
    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
    Sinf soati mashg`ulotning jihozi:mavzuga oid ko`rgazma.
    Sinf soati mashg`ulotning borishi:
    Tashkiliy qism O`quvchilarni darsga hozirlash; ma`naviyat daqiqasi.
    II.Asosiy qism: Ilyos Muslimning “Do`stlik” she`ri o`qib beriladi va mazmuni ustida ishlanadi.
    Yer yuzidagi amakijonlar, Bizlar urishib , yirtmaymiz yoqa,
    Shunday iltimos bordir sizlarga: O`ynaymiz doim biz musobaqa.
    -Chiqarmang qurol, oqmasin qonlar, Turmushimiz shod o`tadi shunda,
    Kitob, o`yinchoq bering bizlarga Yog`liq patirlar yopilar kunda.
    Bog`larimizda yayraymiz har dam,
    Bilim olamiz, kuylaymiz bardam.
    Dunyoda xalqrlar kun kechirsa tinch,
    Ota- onalar tashvish tortmas hech.
    B izlar bir sinfda o`qiymiz .Hammamiz bir- birimiz bilan ahil- inoq bir oila farzandlaidek bo`lmog`imiz kerak.
    O `rtoq kim, do`st kim buning farqini tushunib olishimiz kerak.O`rtoqlar birga o`ynashadi, birga o`qishadi, birga dam olishadi. Bir –birlariga o`qishda, ishda va boshqa yumushlarda yordam berishadi. Ular do`stlardan qanday farqlanadi?
    Do`stlar ham shunday , faqat chin do`st bitta yoki ikkita bo`ladi. Nima uchun deysizmi? Do`stlar har doim birga bo`lishga harakat qiladilar . Bir –birlarini ko`rmasalar darrov sog`inadilar, nima yesalar ham , nima yangi narsa kiysalar ham, uzoq safarga ketsalar ham iloji boricha bu ishlarni birgalikda amalga oshirishga harakat qiladilar. Do`stlar ayniqsa boshga biror kulfat tushganda bilinadilar. Shunday paytlarda do`stlar bir-birlarini har qanday holatda ham yolg`izlatib qo`ymaydilar.Do`stlik rishtalari yanada mustahkamlanadi.
    Bolalar o`zlarining do`stlari va o`rtoqlari haqida so`zlab berishadi.
    Do`stlik faqat insonlar o`rtasida emas, balki davlatlar o`rtasida ham bo`ladi. Toshkentda tashkil etilgan Baynalminal markazida turli millat vakillari , chet ellik mehmonlar bir oila farzandlaridek yashab, mehnat qilishmoqda. Turli tadbirlar uyushtiriladi, yurtimiz tarixi va tarixiy obidalarini o`rganishadi. Ularning ko`plari o`zbek tilida o`z ona tilida so`zlashgandek so`zlasha oladilar. “Fund forum” jamg`armasi tomonidan tashkil etilgan “Asrlar sadosi” festivali buning yorqin ifodasidir.
    Xalqlar o`rtasidagi do`stlikdan maqsad bitta- u ham bo`lsa, yer yuzida tinchlik- totuvlikni mustahkamlash. Tinchlik bo`lgan yurtda obodlik va farovonlik bo`ladi.

    Download 15,36 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




    Download 15,36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sirdaryo viloyati Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi

    Download 15,36 Mb.