|
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi
|
bet | 30/40 | Sana | 01.01.2024 | Hajmi | 15,36 Mb. | | #129281 |
Bog'liq 2-sinf soatiIII.Yakuniy qism:
Uyga vazifa yo’l belgilarini nomini yod olish.
O`quvchilarni rag`batlantirish.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20__yil
26-mavzu: Milliy an’analarimiz – g‘ururimiz ( 21 mart – Navro‘z do‘stlik bayrami munosabati bilan)
I.Kirish:
Sinf soati mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizga hurmat tuyg’ularini kuchaytirish orqali ular ongiga mehr-oqibat, insoniylik, milliyligini yo`qotmaslik, boy, asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolish xislatlarini tarbiyalash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Sinf soati mashg`ulotning jihozi:o`yin turlariga mos barcha jihozlar, bayroqchalar, rag`bat kartochkalar
Sinf soati mashg`ulotning borishi:
T ashkiliy qism : Navro`z tantanalari aks etgan videolavhalar namoyish etiladi va mashg`ulot maqsadi bilan tanishtiriladi.
II.Asosiy qism: Qadimda bolalar erta tongdan tepaliklarga chiqib, boychehcaklar terib kelib, momolariga berishgan. Momolari esa , omonliq- somonliq , deb uni ko`zlariga surtishgan . Bolalar esa, quvona –quvona “Boychechak” qo`shig`ini kuylashgan.
Boychehcagim bo`ylandi,
Qozon to`la ayrondir.
Ayroningdan bermasang
Qozon –tovog`ing vayrondir.
Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak,
Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.
Navroz kunlaridagi shodiyonalik, tabiatda yuz beradigan uyg`onish , go`zal manzaralarning jonli va yorqin manzarasi xalq qo`shiqlarida kuylangan.
Navro`z bayramida yurtimizga qo`shiqlar, alyorlar, yor-yorlar yarashadi.
Uloq- Navro`zning eng qiziqarli udumlaridan hisoblangan. Chavandoz yigitlarimiz albatta uloq chopganlar. Uloqda g`olib bo`lganlar o`zlarining o`ljalarini muhtojlarga bo`lib berganlar va xalqning olqishiga sazovor bo`lganlar.
Navro`z marosimlari - “Sust xotin”, “Choy momo” yomg`irning mo`l bo`lishiga ,dalada hosil to`lib – toshishiga qaratilgan.
Sust xotin, suzma xotin. Yomg`ir yog`dir, mo`l bo`lsin,
Ko`lankasi maydon xotin. Yer-u jahon ko`l bolsin…
Deya qo`shiq kuylab har bir xonadonga kirib chiqqanlar .
Navro`z taomlari- halim, sumalak, ko`katlardan tayyorlangan somsa, chuchvara va varaqilar xalqimiz dasturxonini bezab kelgan.
Qariyalar va bemorlarni yo`qlash, ularga e`tibor, mehr ko`rsatish, xalqparvar kishilarning doimiy vazifasiga aylangan. Yurtboshimiz tomonidan tashkil etilgan “Milliy bog`” bu kun o`zgacha tarovatga ega bo`ladi. Yurtimizda faoliyat ko`rsatayotgan chet ellik fuqarolar, mehmonlar Navro`z tantanalarini zo`r qiziqish bilan kuzatadilar va biz bilan birga nishonlaydilar.
|
| |