III.Yakuniy qism:
Topshiriq: yo’l transport vositasining sabablarini klaster usulida aniqlaymiz
Mavzu xulosalanib, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
33-mavzu: Kitob bizning do‘stimiz.
I.Kirish qismi:
Sinf soati mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosi, hayotni o’rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali ularning qalbi va ongiga kitob o’qishga bo’lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga mehr-muhabbat tuyg`ularini singdirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
S inf soati mashg`ulotning jihozi: Turli kitoblar
Sinf soati mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism. Mashgulot maqsadi bilan tanishtirish.
II. Asosiy qism:
Har ko`ngilning orzusi shul erur obi hayot,
Qadrini bilgan kishiga , shubhasiz ,jondir kitob…
Har murodning boshidur, har muddaoning gavhari,
Har marazlarning shifosi, ya`ni luqmondir kitob….
Ko`zning nuri, dil huzuri, dillarning darmonidur,
Har qorong`u dilga go`yo mohitobondur kitob.
Har kishi yoshlikda qilsa ozgina g`ayrat agar,
Tez zamonda oshno bo`lmog`i osondir kitob.
Hamza Hakimzoda Niyoziyning ``Kitob `` she`rining mazmuni bilan tanishtiriladi va har bir misra alohida tahlil qilinib, mavzu maqsadi yoritib boriladi,
Kitobninng turlari juda ko`p. Rasmlar orqali yoki aynan o`zini ko`rsatib boriladi.
Badiiy kitoblar, Ilmiy kitoblar, o`quv kitoblari , rasmli kitoblar, rasmlarni bo`yash uchun mo`ljallangan kitoblar,lug`at kitoblar va ensiklopediyalar. Bu kitoblarning o`lchamlari ham har xil. Eng mitti kitob Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan kitobdir .U gugurt qutisining ichiga sig`adigan hajmda bo`lgan. Juda katta hajmdagi kitoblar ham mavjud .
Biz maktabda asosan o`quv kitoblaridan foydalanamiz. Ularni darsliklar deb ataymiz. Darsliklar har bir fan uchun alohida –alohida tuzilgan. Lug`at kitoblarining turlari juda ko`p . Imlo lug`atlari bizlarga so`zlarni to`g`ri yozishga o`rgatsa, izohli lug`atlar so`zlarning ma`nosini o`rgatadi. Turli tillardagi so`zlarning tarjimasini o`rgatuvchi lug`atlar bizlarning so`z boyligimizni oshiradi.Badiiy kitoblarning turlari juda kop . Bizlarning yoshimizga mo`ljallangan ertak kitoblari, hikoyalar, topishmoqlar va maqollar kitoblari bizning eng yaqin do`stimiz va maslahatchimiz bo`lib hizmat qiladi.
Kitobni tayyorlash uchun nimalar kerak va ular qanday tayyorlanishini o`rganish uchun biz sizlar bilan bosmaxonaga sayohat qilamiz.
|