• I.Kirish
  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
  • II.Asosiy qism
  • Sirdaryo viloyati Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi




    Download 15,36 Mb.
    bet37/40
    Sana01.01.2024
    Hajmi15,36 Mb.
    #129281
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
    Bog'liq
    2-sinf soati

    III Yakuniy qism: Keksaga ko`mak ber, suyangan tog`ing,
    Buni tushunasan qarigan chog`ing.
    O`z yaqinlarimiz, tanish –birodarlarimizni uylariga borib yo`qlash vazifasi topshiriladi va dars yakunlanadi.


    Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20__yil


    32-mavzu: Yo‘l-transport xodisalari va ularning kelib chiqish sabablari. (Yo‘l harakati qoidalari)


    I.Kirish:
    Sinf soati mashg`ulotning maqsadi:O’quvchilarga yo’l transport hodisalarining sabablari haqida tushuncha berish.
    Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
    Sinf soati mashg`ulotning jihozi:Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta,DVD.
    Sinf soati mashg`ulot borishi:
    Tashkiliy qism
    O’qituvchi:
    II.Asosiy qism:
    O’qituvchi:
    Tez harakatlanib ketayotgan avtomobilni taqqa to‘xtatib bo‘lmasligini hamma yaxshi biladi, lekin harakat ishtirokchilari ayrim hollarda o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri hisobga ololmaydilar. Yo‘llarda sodir
    bo‘layotgan deyarli barcha falokatlarning sababi aynan shunda. Bunga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida avtomobilni yaratgan inson yo‘llarda harakatlanish qoidalarini ham o‘ylab topdi. Avvallari yo‘llarda harakatlanish ishtirokchilari hisoblangan otliqlar, izvoshchilar, keyinroq piyoda va haydovchilar bir-birlariga xavf tug‘dirmaslik maqsadida ana shu qoidalarga muvofiq harakat qilganlar. Vaqt o‘tishi bilan bu qoidalar takomillashib, to‘ldirib borilgan. Qoidalar tarixiga nazar solsak, ular asosan piyodalarning manfaatlarini o‘ylab, izvoshchi va mashina haydovchilarining piyodalarga yetkazishi mumkin bo‘lgan shikastlanishlardan himoya qilish maqsadida joriy etilgan. Avtomobillarnig paydo bo‘lishi bilan yo‘llarda harakatlanish qoidalari hayotiy zaruratga aylandi va nihoyat, 1893-yil 14-avgustda
    Fransiyada, 1896-yilda Angliya va boshqa davlatlarda bu qoidalar joriy qilindi Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida yo‘llarda transport vositalarining o‘ng taraflama harakatlanishi tartibi joriy etilgan. Shu bois, harakat vaqtida piyodalarning ham, haydovchilarning ham o‘ng tomondan harakatlanishiga odatlanib qolganmiz. Biroq harakatning o‘ng tomonlama prinsipini tashkil qilish va joriy etish uchun anchagina vaqt hamda kuch talab etilgan. Endilikda qoidaga aylangan bu odat bizga uzoq vaqtlardan yetib kelgan. Endi siz o’ylab ko’ring, agar biz yo’l harakat qoidalariga amal qilmasak, yo’llardan o’tish vaqtida yo’l belgilari ko’rsatilgan joylardan yurmasak,mashina boshqarayot vaqtimizda spirtli ichimliklar ichib olsak, nafaqat o’z hayotimizni, balki yaqinlarimiz va atrofimizdagi insonlarning hayotlarini xavf ostiga qo’yishimizga olib keladi. Doimo xushyor bo’lsak, bu umrimizga foyda ekanligini unutmasligimiz lozimdir.

    Download 15,36 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




    Download 15,36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sirdaryo viloyati Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi

    Download 15,36 Mb.