|
Topshiriq: “O`z huquqingizni bilasizmi? ” mavzusidagi og’zaki jurnal sahifalari quyidagicha nomlanishi mumkin
|
bet | 33/40 | Sana | 01.01.2024 | Hajmi | 15,36 Mb. | | #129281 |
Bog'liq 2-sinf soatiTopshiriq: “O`z huquqingizni bilasizmi? ” mavzusidagi og’zaki jurnal sahifalari quyidagicha nomlanishi mumkin:
Sahifa. Huquq (tavsifnomasi).
Sahifa. Bilim olish huquqi (yoshlar hayoti va faoliyati haqida).
Sahifa. Barkamol avlod uchun keng imkoniyatlar.(dalillar bilan)
Sahifa. Vatan bizga ishonadi (kelajakda amalga oshirmoqchi bo’lgan ishlar).
Guruhlar tomonidan tayyorlangan chiqishlar va namoyish etishlar yuqorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Guruhlarning chiqishlari ketma-ketlik bilan bir-biriga bog`langan holda amalga oshiriladi, iloji boricha guruhlarning namoyishida barcha guruh a’zolarining ishtiroki ta’minlanishi maqsadga mufoviq bo’ladi.
Guruhlar namoyishidan so`ng, o`qituvchi o`quvchilar bilan birgalikda guruhlar tomonidan namoyish etilgan sahifalarning ijobiy va salbiy tomonlarini muhokama qiladilar, ushbu mashg’ulot ularni nimalarga o’rgatgani va ular nimalarni bilib olishgani bilan qiziqadi. O`qituvchi kerakli tavsiyalar va tushunchalar beradi, so`ngra mashg`ulotni yakunlaydi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20__yil
29-mavzu: Ogohlantiruvchi belgilar (Yo’l harakat qoidalari)
I.Kirish:
Sinf soati mashg`ulotning maqsadi : tansport vositalari va ularning turlari haqida ma’lumot berish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Sinf soati mashg`ulotning jihozi:Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta,DVD.
Sinf soati mashg`ulot borishi:
|
| |