Sirdaryo viloyati Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi




Download 15,36 Mb.
bet36/40
Sana01.01.2024
Hajmi15,36 Mb.
#129281
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
2-sinf soati

Tashkiliy qism: O`quvchilarni mashg`ulot maqsadi bilan tanishtirish.
II.Asosiy qism:
Bu gul zamin sahrosida chechak ungan,
Har go`shasi oqibat-u baxtga to`lgan.
Yoshlarining umidlari osmoncha bor,
Ulug`lari duosi-la tinchlik yor.
Inson uchun ona diyoridan muqaddas maskan bo`lmasa kerak.Uning obodligi va tinchligi dillarimizga huzur va xotirjamlik bag`ishlaydi. Yurt Mustaqilligi uchun jonini fido qilgan vatandoshlarimiz xalqimiz xotirasida abadiy yashaydi. Ularning fidoyiliklari tillardan-tillarga o`tib, avlodlarga vatanni sevishga o`rnak bo`ladi. Shunday ekan, o`tmish ajdodlarimizning jasoratlari , hamda dorilomon kunlarimiz gashtini surayotgan vatandoshlarimiz haqida suhbatlashamiz.
Bu yorug` kunlarimiz uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz ruhini shod etish, mo`tabar keksalarimiz duolarini olish, tinch va osoyishta zamonning qadriga yetish va shukronalik tuyg`ularini his etish bizga katta quvvat bag`ishlaydi , yangidan –yangi bunyodkorlik ishlariga chorlaydi.
Bu muqaddas dargoh har doim ziyoratchilar bilan gavjum. Ular bu yerga shunchalik tomosha yoki sayr uchun emas, balki o`zbek o`g`lonlari, bobolari xotirasini yod olish uchun keladilar. Motamsaro ona haykali hamisha anvoyi gullarga burkangan.Urushning beshavqat girdobida qolgan o`zbek yigitlari kimningdir o`g`li, kimningdir jigarporasi , kimningdir otasi, shu yurtning farzandidir.har birining ortidan qanchadan- qancha qondoshlari yig`lab qolgan. Urushda farzandlarini, jigarlarini yo`qotgan motamsaro onalarimiz qancha.Payg`ambarimiz(s.a.v) shunday marhamat qilganlar: “Allohdan xotirjamlik so`rab ko`p duo qilinglar.” Tinchlikning, ne`matlarimizning borligida qadriga yetish, oqil insonlarning vazifasidir . Bugungi kunda nuroniy yoshlarga yetgan onaxon va bobolarimizni yo`qlab, qadrlash, ularning ko`nglini olish bizing farzandlik burchimizdir. Ularning duolari, muhabbatlariga erishish biz uchun sharafdir.Ularning duolari bizlarni ulug`likka chorlaydi.

Download 15,36 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Download 15,36 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sirdaryo viloyati Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi

Download 15,36 Mb.