|
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi
|
bet | 39/40 | Sana | 01.01.2024 | Hajmi | 15,36 Mb. | | #129281 |
Bog'liq 2-sinf soatiIII. Yakuniy qism: Kitob haqidagi maqollar va topishmoqlardan namunalar beriladi.
Kiyim ustingni bezaydi, kitob- aqlingni.
Oltin yerdan olinar, bilim –kitobdan.
Kitob- ko`zgu, undan olamni ko`rasan.
Qat-qat qatlama , aqling bo`lsa tashlama. “Kitob”
Ogohlikni ko`rdan o`rgan, donolikni –kitobdan.
Hozirgi texnika rivojlangan vaqtda kompyuterlar bizlarning hayotimizga kirib keldi. Ular ham bizning turli ma`lumotlar olishimizda yaqin ko`makchimiz hisoblanadi. Lekin ma`lum muddatda biz ularni yo`qotib qo`yishimiz mumkin, sotib olgan kitoblarimiz esa, doimo bizning kitob javonimizni bezab turadi va istagan vaqtimizda yonimizda hozir bo`ladi .Shuning uchun kitobdan to`g`ri foydalanishimiz, uni asrab –avaylashimiz zarur , chunki ular bizdan keyin ukalarimiz va singillarimiz uchun ham eng yaqin do`st bo`lib xizmat qiladi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20__yil
34-mavzu: Yoz-o’tadi soz.
I.Kirish qismi:
Sinf soati mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarga yozgi ta’tilni mazmunli o`tkazish bo’yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi oromgohlarga yoki cho`milish havzalariga borganda ehtiyot bo`lishlikni uqtirish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash. Sinf soati Mashg`ulotning jihozi: DVD,disk, tarqatma material,rasmlar,plakat.
|
| |