|
Siyosatshunoslikka kirish
|
bet | 17/18 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 1,83 Mb. | | #144414 |
Bog'liq Kurs ishi Sardor MuzaffarovGLOSSARIY
Avtokratiya – bir shaxsning cheklanmagan va nazoratsiz hokimiyatiga asoslangan boshqaruv shakli (qadimgi despotik davlatlar va imperiyalar, mutlaq monarxiyalar, fashistik, kommunistik va shu kabi mamlakatlardagi boshqaruv shakli) hisoblanadi.
Agressiya (tajovuzkorlik, bosqinchilik) – davlat tashqi siyosatini amalga oshirish shakllaridan biridir. Agressiya – bir davlatning ikkinchi davlat suvereniteti va hududiy butunligiga qarShi bevosita yoki bilvosita harbiy kuch qo’llanishidir. O’zini mudofaa qilayotgan davlatning harakatlari, shu jumladan hujum operatsiyalari agressiya hisoblanmaydi va xalqaro huquq normalariga muvofiq bo’ladi.
Amaliy geosiyosat – fransiyalik geograf va geosiyosatchi olim Iv Lakost tomonidan ilgari surilgan atama bo’lib, geosiyosiy vositadan foydalanish, asosiy tamoyillarni hisobga olmagan holda, mintaqaviy miqyosdagi mikromuammolarga muvofiq keladigan geosiyosiy fanlardan biridir.
Anklav – hududi boshqa davlat erlari bilan o’rab olingan davlatning hududi yoki hududining bir qismiga aytiladi. Anklavning bir qancha turlari bor. Anneksiya (qo’shib olish) – bir davlatning ikkinchi davlat hududining to’liq yoki bir qismini zo’ravonlik bilan qo’shib olinishi.
Antipod davlatlar – XX asrda antipod (bir-biriga zid) davlatlar: Sharqiy va G’arbiy Germaniya, Shimoliy va Janubiy Koreya, Xitoy va Tayvan kabi davlatlardir. Ularda ikki ijtimoiy-siyosiy sistema hududlarida jahon ijtimoiysiyosiy tajribasi amalga oshirildi. Bu davlatlar kapitalizm va sotsializmning reklama “vitrinalari” bo’lib xizmat qildi. G’arb o’z “vitrinasi” ni turmush darajasiga ko’ra yanada jozibaliroq qilish uchun ko’p miqdorda moddiy mablag’ sarfladi. Hozirgi kunda ham jahon siyosiy xartitasida bunday davlatlar uchrab turadi.
Aralash (Yarim prezidentlik) respublikasi – ham prezidentlik ham parlamentlik respublikasiga xos xususiyatlar uyg’unlashgan holda, ayni paytda ularga umuman xos bo’lmagan yangi jihatlar mavjudligi bilan tavsiflanadigan boshqaruv shaklidir. Chunonchi, bu shakliga hukumat va prezident o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri yuridik aloqaning yo’qligi bilan xarakterlidir.
Aerokratiya – yunoncha so’z bo’lib, “havo vositasidagi hukmronlik” degan tuShuncha kelib chiqadi. Asl mohiyati strategiyaning kuch komponenti bo’lib, strategik bosqinchilikni amalga oshirish maqsadida havo hududlarini egallashni ifoda etadi. Dengizchilikning rivojlantirilishidan farqli o’laroq aviatsiyaning rivojlantirilishi o’zida yangi unsurni keltirib chiqarmasdan,
Glossariy Davlatlarning huquqiy vorisligi - bir davlatga tegishli huquq va majburiyatlarning boshqasiga o’tishidir
Genotsid – irqiy, milliy va diniy mansubligiga ko’ra aholining ayrim guruhlarini ommaviy tarzda yo’q qilish yoki ta’qib etishiga aytiladi.
Geografik determinizm – an’anaviy geosiyosatning sotsial darvinizm bilan bir qatorda turadigan asoslaridan biri. Bu nazariya, odatda, xalqaro munosabatlarda tabiiy-geografik omillarning rolini haddan tashqarii oshirib yuboradi.
Geografik omil – an’anaviy geosiyosatning asoslaridanbiri. Hozirgi dunyoning harbiy-siyosiy makonida geografikomilning roli ancha pasaydi. Bu omil endilikda yadro zarbasidan yoki transmilliy terrorchilikdan himoya qila olmaydi.
Geoiqtisodiyot – davlat va blokning o’z iqtisodiy qudratiga ishonib amalga oshiradigan geosiyosati. Tashqi siyosat maqsadlariga jahon miqyosida va mintaqaviy ustunlikka asosan iqtisodiy yo’l bilan erishish.
Geosiyosat – ko’p o’lchamli kommunikatsiya makonida turli-tuman davlatlar va davlatlararo birlashmalarning ta’sir doiralarini bo’lish va qayta bo’lib olish qonuniyatlari haqidagi fan
Geosiyosiy doktrina – konkret xalqaro vaziyatda davlatning tashqi siyosat
Geosiyosiy dualizm – siyosiy geografiyaning asosiy tamoyili bo’lib, u quruqlik va suv o’rtasidagi raqobat tarixiy jarayonni xarakatga keltiruvchi omil ekanligini ifodalaydi.
Geosiyosiy kesim - tarixning aniq bir vaqtida, siyosiy jarayonlarning umumiy dinamikasini hisobga olmagan holda strategik poytaxt (strategik qutb) bilan chekka hududlar o’rtasida ro’y beradigan munosabatlar yig’indisini ifoda etuvchi tushuncha.
Geosiyosiy kuch – davlatlar yoki harbiy-siyosiy bloklarning harbiy, demografik, moddiy, hududiy va ma’naviy zahiralarining umumlashgan birligi..
Geosiyosiy ekspansiya – davlat yoki blok (harbiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy) ta’sir doirasining kengaytirilishi.
Geostrategiya – geosiyosiy tahlilning harbiy jihati.. Delimitatsiya (latincha delimitatio – aniqlash) – davlatlar o’rtasidagi chegaralarning umumiy yo’nalishi (davlat chegaralari)ni muzokaralar yo’li bilan aniqlash.
|
| |