Tadqiqot usullari:
Ilmiy manbalarni qayta ishlash, tahlil qilish;
O‘rganilayotgan muammo bo‘yicha ilmiy adabiyotlar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini tahlil qilish.
O'rganish ob'ekti - dunyoning global muammolari
O'rganish mavzusi- insoniyatning global muammolarini tahlil qilish va hal qilish
Kurs ishining predmeti: Global siyosiy muammolarni hal etish yo’llarini belgilash.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishiga kirish , xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Globallashuv (globus — Yer shari) deganda umumjahon iqtisodiy, siyosiy va madaniy integratsiyalashuv va unifikatsiyalashuv jarayoni tushuniladi. Globallashuv obyektiv va tizimli jarayon bo‘lib, jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olmoqda. Iqtisodning globallashuvi natijasida iqtisodiy yuksalish va inqirozlar umumjahon miqyosida global xarakterga ega bo‘lib bormoqda. Zamonaviy axborot tizimlari moliya kapitaliga juda tez harakatlanish, moliya bozoriga esa to‘xtovsiz faoliyat yuritish imkonini yaratdi.
Globallashuv g’arblashuvmi?
Madaniy sohada globallashuv jarayoni ziddiyatli natijalarga ham olib kelmoqda. Bir tomondan, madaniy globallashuv jarayonida Internet, xalqaro sayyohlik, kinofilmlar, kitoblar va ijodiy mehnatning boshqa mahsulotlari katta rol o‘ynaydi. Boshqa tomondan, ko‘pincha sifati uncha yuqori bo‘lmagan xalqaro madaniy hodisalarning ommalashuvi, milliy madaniyatlarning rivojlanishi uchun xavf sola boshladi. Masalan, hozir “ommaviy madaniyat” deb atalayotgan jarayon shunday salbiy holatlarga ega bo‘lgan hodisalardan biridir.
Globallashuv — bir xil baholanishi mumkin bo‘lmagan o‘ta murakkab jarayon. Bu jarayonda har bir xalq o‘z o‘rnini egallash, o‘zligini saqlab qolishga intilmoqda. Osiyo va Afrikadagi an’anaviy sivilizatsiyalarning g‘arblashuv jarayoni juda murakkab kechmoqda. Bu jamiyatlarda G‘arbning qadriyatlar tizimi, uning an’anaviy jamiyatlar ma’naviy-axloqiy asoslariga zid bo‘lgan me’yorlarni so‘zsiz va to‘liq qabul qilishning yaqin asrlar ichida iloji yo‘qdek tuyuladi. Aksincha, Xitoy va Hindiston singari mamlakatlarning jahon iqtisodiyoti, siyosatidagi rolining ortib borishi bu jamiyatlar ma’naviy-axloqiy qadriyatlarining ham jahon maydoniga chiqishiga olib kelishi, bu esa G‘arb jamiyatida tobora chuqurlashib borayotgan ma’naviy inqiroz holatidan chiqib olish imkonini berishi mumkin.
|