Ekstremizmning eng xavfli shakli terrorizmdir




Download 1,83 Mb.
bet4/18
Sana24.01.2024
Hajmi1,83 Mb.
#144414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Kurs ishi Sardor Muzaffarov

Ekstremizmning eng xavfli shakli terrorizmdir
Terrorizm — davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari hamda xalqaro tashkilotlarning qarorlar qabul qilish jarayonida aholini qo‘rqitish yoki qonunga xilof boshqa harakatlar bilan bog‘liq zo‘ravonlik orqali ta’sir ko‘rsatish mafkurasi va amaliyoti. Ya’ni terrorchilar hech narsa bilan chegaralanmagan vahshiyliklar, masalan, aholi to‘plangan joyda portlash sodir etish, ommaviy qatl qilish kabi usullar orqali siyosiy hokimiyatga intiladi. Ular hozirda ayniqsa diniy niqobdan keng foydalanmoqda. Masalan, “Al-Qoida”, ISHID kabi islom dinini niqob qilib olgan terrorchi tashkilotlar bugun dunyoning eng katta ekstremistik va terroristik xavfiga aylandi. Bu xavfni bilmaydigan yoki oxirigacha tushunib yetmayotgan kishilar, ayniqsa, yoshlar terrorchilar changaliga tushmoqda. Ekstremistik g‘oyalarning yoyilishida internet va boshqa zamonaviy axborot vositalari ham ma’lum salbiy rol o‘ynamoqda.

Yaqin Sharqdagi notinch holat, u yerdan o‘n minglab qochoqlarning Yevropaga intilishi butun dunyoda terrorizm xavfini keskin oshirdi. Eng xavflisi, zamonaviy kishilarga yot bo‘lgan qo‘rqinch va xavotir holati butun dunyoni qamrab olmoqda. Tabiiy resurslar muammosi va biosferaning ifloslanishi. Yer yuzidagi hayotga tahdid qilayotgan xavflardan yana biri insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq. Inson ishlab chiqarish faoliyatining Yer biosferasiga salbiy ta’siri kun sayin oshib bormoqda. Keyingi yillarda sayyoramizni quyoshning radioaktiv nurlaridan himoya qilib turgan ozon qatlami buzilmoqda. Oqibatda odamlarning saraton kasalligiga yo‘liqishi, hayvon va o‘simliklarning kasallanishi xavfi oshmoqda. Atmosferaga is gazining ko‘plab chiqarilishi global iqlim o‘zgarishi jarayonini boshlab berdi.


Natijada sayyoramizda o‘rtacha harorat yil sayin oshib bormoqda. Kelajakda qutb muzliklari, Grenlandiya va Antarktida muz qatlamining erishi, dunyo okeani sathining ko‘tarilishi, qirg‘oq bo‘yidagi yuzlab shaharlarni, keng hosildor yerlarni suv bosishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda hal qilinishi lozim bo‘lgan shunday eng katta muammo bu — Orol dengizi masalasi. So‘nggi 40 yil mobaynida Orol dengizi havzasi keskin qisqardi, suv hajmi kamaydi, uning minerallashuvi esa o‘nlab marta oshib, dengizni tirik organizmlarning yashashi uchun yaroqsiz holga keltirdi. Bugunga kelib, dengizning 90 foizdan ortiqrog‘i qurib bo‘lgan. Bunday manzara Orolbo‘yi aholisi, ayniqsa, bolalar sog‘lig‘i, millat genofondi, atrof-muhit musaffoligiga jiddiy zarar yetkazmoqda. So‘nggi davrda yer yuzi aholisining katta qismi to‘plangan shaharlarda inson o‘tmishdagiga nisbatan ancha katta axborot ta’siriga uchramoqda. Natijada asab-psixologik, saraton va yurak-qon tomir kasalliklari ko‘payib bormoqda. Yuz yillar davomida shakllangan turmush tarzidagi o‘zgarishlar, jumladan, zamonaviy qulayliklar natijasida harakatning kamayishi ham inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.


Zaharli gazlar — insoniyatning global muammosi

Albatta, yuqoridagilar insoniyat hal qilishi lozim bo‘lgan muammolarning barchasini qamrab olmaydi. Ulardan ayrimlari, masalan, insoniyatning ma’naviy inqirozi, axloqiy buzilish kabi muammolar juda murakkab bo‘lib, ularning hal qilinishi yer yuzida insoniyatni saqlab qolish va keyingi rivojlanishini ta’minlash uchun favqulodda muhim hisoblanadi. Shu qatori insoniyat oldida jamiyat va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni tiklash, ekologik, texnologik va ijtimoiy jarayonlarni uyg‘unlashtirish, ijtimoiy tanglikni bartaraf qilish va oxir-oqibat insoniyat sivilizatsiyasini saqlab qolishdek olamshumul murakkab vazifa turibdi. Bu muammolarni hal qilish insoniyatdan avvalo hamkorlik va hamjihatlikni talab qiladi.


Madaniy sohada globallashuv jarayoni ziddiyatli natijalarga ham olib kelmoqda. Bir tomondan, madaniy globallashuv jarayonida In- ternet, xalqaro sayyohlik, kinofilmlar, kitoblar va ijodiy mehnatning boshqa mahsulotlari katta rol o‘ynaydi. Boshqa tomondan, ko‘pincha sifati uncha yuqori bo‘lmagan xalqaro madaniy hodisalarning om- malashuvi, milliy madaniyatlarning rivojlanishi uchun xavf sola bosh- ladi. Masalan, hozir «ommaviy madaniyat» deb atalayotgan jarayon shunday salbiy holatlarga ega bo‘lgan hodisalardan biridir.

Jahon iqtisodiy forumi hisobotiga ko‘ra, yaqin bir yilda energiya inqirozi, yashash xarajatlarining o‘sishi, oziq-ovqat taqchilligi, uzoq va o‘rta istiqbolda esa tabiiy ofatlar, iqlim, resurslar inqirozi hamda ular keltirib chiqaradigan ijtimoiy-iqtisodiy tanazzul va beqarorlik jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
XXI asrning navbatdagi o‘n yilligi mutlaqo kutilmagan (ehtimol, mutlaqo kutilgan) hodisalar bilan, favqulodda og‘ir boshlandi. Dastavval 2020 yilgi koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan iqtisodiy inqiroz va uning boshqa ko‘rinishdagi salbiy oqibatlari jahondagi barqarorlikka putur yetkazdi. 2021 yilda vaksinatsiyaning jadallashuvi hamda qamrovining ortib borishi ortidan virus asta-sekin ortga chekinib, pandemiya bilan bog‘liq qat’iy cheklovlar yumshatila boshlandi va, qisqa muddatli turg‘unlikdan so‘ng, dunyo iqtisodiyotining qayta tiklanishi borasidagi prognozlar real voqelikka yaqinlasha bordi. Biroq, 2022 yil fevralida Rossiyaning Ukraina suveren hududiga bostirib kirishi global iqtisodiy tiklanish yo‘lidagi urinishlarni yo‘qqa chiqardi. Ukrainada qariyb bir yildan beri davom etayotgan urush dunyo hamjamiyati oldiga yangidan-yangi muammoli masalalarni ko‘ndalang qo‘yib, mavjudlarini chuqurlashtirib yubordi.
Iqtisodiy tebranish va inqirozlar, siyosiy keskinlik va taloto‘plar, ijtimoiy norozilik va tartibsizliklar, iqlim inqirozlarining jadallashgan oqibatlariga boy bo‘lgan 2022 yil global iqtisodiyot va barqarorlikka qattiq zarba berdi. Bu, o‘z navbatida, kelgusidagi global xavf-xatarlar bilan bog‘liq farazlarda keskin o‘zgarish va siljishlarga sabab bo‘ldi.
Yanvar oyida Jahon iqtisodiy forumi (WEF)ning global xavf-xatarlarga bag‘ishlangan 2023 yilgi (Global Risks 2023) hisoboti e’lon qilindi. Hisobot dunyo bo‘ylab 1200 dan ziyod turli soha — ilm-fan, hukumat, biznes, xalqaro hamjamiyat va fuqarolik jamiyati — vakillaridan iborat ekspertlar tomonidan tayyorlangan bo‘lib, insoniyat bugun va yaqin kelajakda yuzlashishi kutilayotgan xavf-xatarlar — global risklarga bag‘ishlangan. Tadqiqotda global risklar uchta davrda: hozirgi kunda namoyon bo‘layotgan risklar (1), yaqin ikki yilda (2) va yaqin o‘n yilda eng og‘ir oqibatlarga olib kelishi kutilayotgan risklar sifatida baholangan. Namoyon bo‘lish sohasiga ko‘ra ular iqtisodiy, atrof-muhit, geosiyosiy, ijtimoiy hamda texnologik risk toifalari bo‘yicha ajratilgan.

Download 1,83 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 1,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekstremizmning eng xavfli shakli terrorizmdir

Download 1,83 Mb.