Uzoq istiqbol va potensial oqibatlarga tayyor turish




Download 1,83 Mb.
bet7/18
Sana24.01.2024
Hajmi1,83 Mb.
#144414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Kurs ishi Sardor Muzaffarov

Uzoq istiqbol va potensial oqibatlarga tayyor turish
Yaqin o‘n yillikda insoniyat uchun eng jiddiy xavf tug‘diruvchi risklar orasida atrof-muhit, iqlim o‘zgarishi va tabiiy resurslar bilan bog‘liq risklar mutlaq yetakchilik qilgan.
WEF 2030 yilga borib tabiiy resurslar poli-inqirozi sharoitida insoniyat boshdan kechirishi mumkin bo‘lgan to‘rt xil ssenariyni taqdim etgan:
Resurslar masalasida o‘zaro hamkorlik — tabiiy resurslar tanqisligi xavfi;
Resurs cheklovlari — turli xil muammolar xavfi;
Resurslar uchun raqobat — resurs avtarkiyasi xavfi;
Resurs nazorati — resurslar urushi xavfi.

Tabiiy resurslar inqirozi geoiqtisodiy qarama-qarshiliklar, davlatlararo ziddiyatlar, muhim ta’minot zanjirlarining uzilishi hamda yashash xarajatlari inqirozini keltirib chiqarishi mumkin.
Mazkur ssenariylarning har qaysisi o‘z afzalligiga ega bo‘lish bilan bir qatorda, ularning har qaysisida dunyo hamjamiyati atrof-muhit masalasida va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan muayyan qiyinchiliklarga duch kelishi ehtimoli mavjud.
WEF’ga ko‘ra, har bir riskka qarshi kurash yoki uning oldini olish o‘ziga xos va moslashtirilgan xatti-harakatlarni talab qilishiga qaramay, muayyan tamoyillarga amal qilish barcha turdagi risklarga tayyorlik darajasini oshirish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan, global risklarning potensial oqibatlariga tayyor turishda quyidagi to‘rt tamoyilga amal qilish tavsiya etilgan:
risklarni aniqlash va oldindan ko‘ra bilish qobiliyatini kuchaytirish;
“kelajakdagi” risklarning bugungi qiymatini qayta kalibrlash;
ko‘p tomonlama risklarga tayyorgarlik ko‘rishga investitsiya kiritish;
tayyorgarlik va javob choralari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish.
Hozirgi zamon jamiyatida ijtimoiy va madaniy jarayonlar, shubhasiz, rivojlanishni o‘zida aks ettiradi. XX asrning 50-yillaridan boshlab kishilik jamiyatini rivojlantirishning asosiy manbalari sifatida axborot, yoshlarni bilimlarga yo‘naltirish, real hayotni virtuallashtirish va madaniy hayotning globallashuvi jamiyatning barcha sohalarida (siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, ijtimoiy) yangilanishlarga olib keldi. Hozirgi paytda moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish elementiga axborot texnologiyalarining kiritilishi, dunyo kommunikatsiya tizimining rivojlanishi, yuqori texnologik mahsulotlar salmog‘ining o‘sishi, TMK (Transmilliy korporatsiya)larning salmog‘i jahon savdo iqtisodiyotida belgilovchi rolni bajarishi ijtimoiy-madaniy jarayonlarning globallashuviga olib keldi. Madaniyatlararo geosiyosiy masalalarning dolzarblashuvi, mamlakat ichki va tashqi siyosatida yangi ustuvor yo‘nalishlarni yaratish, madaniyatli sanoatning globallashuvi “postindustrial jamiyat”, “axborotlashgan jamiyat”, “intellektual jamiyat” singari yangi tushunchalarni shakllantirdi va zamonaviy sivilizatsiyaning postindustrial bosqichiga o‘tishi tezlashdi.


Download 1,83 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Download 1,83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uzoq istiqbol va potensial oqibatlarga tayyor turish

Download 1,83 Mb.