Yaqin ikki yillik
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yashash xarajatlari inqirozi qisqa muddat — 2025 yilgacha bo‘lgan davrda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi va eng tahlikali global risklar dastlabki o‘ntaligidagi yetakchiligini saqlab qoladi. Yaqin ikki yillikda eng og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin, deya baholangan risklar orasida asosiy o‘rinni atrof-muhit bilan bog‘liq risklar hamda ijtimoiy risklar egallagan.
Qisqa muddat — yaqin 2 yilda eng og‘ir oqibatlarga olib kelishi kutilayotgan risklar reytingi
|
1.
|
|
Yashash xarajatlari inqirozi
|
2.
|
|
Tabiiy ofatlar va ekstremal ob-havo
|
3.
|
|
Geoiqtisodiy qarama-qarshilik
|
4.
|
|
Iqlim o‘zgarishini yumshatish bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlik
|
5.
|
|
Ijtimoiy hamjihatlikka putur yetishi va jamiyatning turli qutblarga ajralishi
|
6.
|
|
Atrof-muhitga keng miqyosda zarar yetkazish bilan bog‘liq hodisalar
|
7.
|
|
Iqlim o‘zgarishlariga moslashish bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlik
|
8.
|
|
Keng tarqalgan kiberjinoyatchilik va kiber xatarlar
|
9.
|
|
Tabiiy resurslar inqirozi
|
10.
|
|
Keng ko‘lamli istalmagan migratsiya
|
“Iqlim o‘zgarishini yumshatish bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlik” qisqa muddatli davrda eng tahlikali risklar qatorida e’tirof etilgan. Qolaversa, unga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlar tadqiqotning 70 foiz respondentlari tomonidan “samarasiz” yoki “yuqori darajada samarasiz” deb baholangan. WEF’ning qayd etishicha, bu mazkur risk keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga tayyor emasligimizni ko‘rsatadi. Toshqinlar, issiq havo oqimlari, qurg‘oqchilik va boshqa ko‘rinishdagi ekstremal ob-havo bilan bog‘liq hodisalarning tez-tez takrorlanishi va talafot darajasi ortishi natijasida bundan tobora ko‘proq insonlar jabr ko‘rishi mumkin. Iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va ularga moslashish borasidagi sa’y-harakatlarning samarasizligi yoki ortga surilishi tabiiy ofatlar riskining dolzarbligini yanada oshiradi.
Jahondagi geosiyosiy keskinliklar va iqtisodiy bosimlar iqlim o‘zgarishini yumshatishga qaratilgan harakatlarga to‘sqinlik qilmoqda va ularning samaradorligini pasaytirmoqda. Ayrim hollarda esa iqlim o‘zgarishini yumshatishda ortga qadam tashlash holatlari kuzatilmoqda. WEF’ga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi 2022 yilda yoqilg‘i qazib olish sohasida yangi infratuzilma obyektlarini qurish va mavjudlarini kengaytirish hamda ta’minot uchun kamida 50 milliard yevro mablag‘ sarfladi, ayrim mamlakatlar esa ko‘mir elektr stansiyalarini qayta ishga tushirdi.
WEF’ning qayd etishicha, “Ijtimoiy hamjihatlikka putur yetishi va jamiyatning turli qutblarga ajralishi” riskining tahlikalilik darajasi so‘nggi yillarda ortib bormoqda. Qolaversa, uning chuqurlashishiga boshqa bir qator qisqa va uzoq muddatli potensial risklar, jumladan, qarz inqirozi va mamlakatdagi beqarorlik, yashash xarajatlari inqirozi va inflyatsiya, uzoq davom etgan iqtisodiy tanazzul va iqlim migratsiyasi kuchli ta’sir ko‘rsatgan.
“Ijtimoiy hamjihatlikka putur yetishi” sabab-oqibat zanjirida.
Bevosita hukumatning xatti-harakatlari, inson taraqqiyoti va ijtimoiy harakatchanlikdagi bo‘shliqlar sabab fuqarolarning umidsizlikka tushishi 2022 yilda tez-tez norozilik namoyishlarida va tartibsizliklarda o‘zini namoyon qildi. Xususan, yanvar-oktabr oylarida 2021 yil davomida yuz berganidan ko‘ra ko‘proq norozilik namoyishlari kuzatilgan.
Jamiyatdagi qutblanish ijtimoiy ishonchga putur yetkazadi, ayrim hollarda mafkuraviy bo‘linishdan ko‘ra ko‘proq siyosiy elita ichidagi hokimiyat kurashini aks ettiradi. Bu oxir oqibat tahdid kampaniyalari va siyosiy zo‘ravonlik, jinoyatchilik, zo‘ravonlik namoyishlari va hatto fuqarolar urushining avj olishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, jamiyatdagi ijtimoiy va siyosiy qutblanish global risklarni hal qilish uchun muammolarni jamoaviy hal qilish imkoniyatini pasaytirishi ehtimoli mavjud.
Dastlabki o‘ntalikda iqtisodiy risklar sanab o‘tilmagan, shunga qaramay, hukumat hamda biznes vakillari qarz inqirozi, narxlarni barqarorlashtirish bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlik va iqtisodiy tanazzul xavfini qayd etishgan.
|