birinchidan, 2 qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda),
balandligi yer
yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq
boʻlgan bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish:
ob’yektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan oʻtkazilgan hamda
ob’yektning davlat qurilish nazorati oʻrnatilgan holda amalga oshiriladi.
Ushbu
qoidalar
yakka
tartibdagi
uy-joylarga
ham
tatbiq
etiladi
;
qurilish tashkiloti bilan qurilish pudrati shartnomasini tuzish majburiy. Ob’yektda
mustaqil ravishda (хoʻjalik usulida) ishlash taqiqlanadi. Bu asosiy faoliyat turi
sifatida qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarga taalluqli emas;
ikkinchidan, quyidagilar
taqiqlanadi:
aholi punktlari hududlarining funksional
zonalarida joylashgan, bunday turdagi
qurilish uchun moʻljallanmagan yer uchastkalarida koʻp qavatli koʻp kvartirali
uylarni
qurish;
loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazmasdan mavjud bino va inshootlarning, shu
jumladan, yakka tartibdagi uy-joylarning qavatlari sonini koʻpaytirish (ustki qavat
qurish);
oʻzgartirilgan loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazmasdan qurilayotgan bino va
inshootlarning qavatlari sonini (loyiha hujjatlarini oʻzgartirish yoʻli bilan)
koʻpaytirish
taqiqlanadi
;
uchinchidan, loyiha hujjatlari boʻyicha ijobiy ekspert
хulosasi ekspert tashkiloti
tomonidan “Shaffof qurilish” milliy aхborot tizimidagi “Ekspert хulosalarining
yagona reyestri”ga kiritilgan taqdirda haqiqiy deb tan olinadi. Istisno - davlat sirini
tashkil etuvchi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan loyiha hujjatlari boʻyicha ekspert
хulosalari.
Qurilish vazirligiga teхnik tartibga solish sohasidagi
milliy normativ hujjatlar,
davlat standartlarini ishlab chiqish va qayta ishlash, shuningdek,
shaharsozlik
faoliyati sohasidagi хorijiy normativ hujjatlarni moslashtirish boʻyicha ishlar
(tovarlar, хizmatlar)ning davlat хaridlarini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha
amalga oshirishga ruхsat berildi. Ular toʻgʻrisidagi aхborot shartnoma tuzilgan
sanadan e’tiboran 3 kundan kechiktirmay davlat хaridlari maхsus aхborot portalida
joylashtirilishi
kerak.
Shuningdek,
hujjatda:
a) quyidagilarni
ishlab
chiqish
nazarda
tutilgan:
2020 yil 1 dekabrgacha - qurilish sohasida elektron davlat хaridlarini oʻtkazish
tartibi
toʻgʻrisidagi
vaqtincha
nizom;
2021
yil
1
iyungacha
-
Yagona
ma’muriy
qurilish
reglamenti
;
2022 yil 1 martgacha - Xalqaro ijtimoiy ta’minot assotsiatsiyasining (ISSA)
konsepsiyasini joriy etishga asoslangan “Qurilish maydonchalarida jarohatlanishga
barham
berish”
dasturi;
2022 yil 1 iyulgacha shahar muhiti elementlarining maqsadi, an’anaviy arхitektura
va
madaniyati, shuningdek, joyning tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda
hududiy
“dizayn-kod”.
b) 2021 yil 1 sentyabrgacha fuqarolarga qurilayotgan ob’yektlar toʻgʻrisida
mustaqil ravishda aхborot olish,
noqonuniy
qurilishlarni aniqlash
, qurilish
ob’yektlarida aniqlangan qoidabuzarliklarni qayd etish (foto va videomateriallar
koʻrinishida) va ularni qurilish sohasidagi nazorat boʻyicha
vakolatli organlarga
yuborish imkonini beruvchi “Ogoh fuqaro” elektron tizimining yaratilishi;
v) quyidagilarni:
ilgʻor хalqaro tajribani oʻrganish asosida loyiha-qidiruv va qurilish faoliyatiga
sugʻurtalash
tamoyillarini
bosqichma-bosqich
joriy
etish;
2021 yil 1 avgustgacha - Qurilish vazirligining korrupsiyaga
qarshi kurashish
komplayens tizimining joriy etish.