ta’limotida to‘g‘ri o‘lchash, ya’ni xaridor haqini urib qolmaslik (buni hozirda ham
«tarozidan urib qolish» deyiladi) masalalariga juda qattiq qaralgan.
Bu borada
xalqimiz manaviyatiga singdirilgan «xaridorning haqi etti pushtingga uradi»,
«tarozidan urib qoluvchining joyi do‘zahning eng to‘rida bo‘ladi», «xaridor haqiga
xiyonat qiluvchi ollohning birinchi dushmanlaridandir» kabi iboralar bu
ta’limotning isbotidir.
Tarixiy yozishmalarda davlatlar orasida urushlarning kelib chiqishlarida
ba’zan o‘lchashlardagi kelishmovchilik ham sabab bo‘lganligi kabi ma’lumotlar
ham keltirilgan.
Garchand, o‘lchashlar
nazariyasining, bundagi yondoshuvlarning turli
davlatlardagi rivojlanishi turlicha uslub va usullarda, muayyan ma’noda
stixiyali
tarzda bo‘lgan bo‘lsada, barcha hollarda quyidagi umumiylik prinsiplari saqlanib
qolgan:
- o‘lchovning o‘z xossalarini uzoq muddat saqlab qolishi;
- o‘lchov qiymatining takrooriy o‘lchashlarda o‘zgarmasligi;
- o‘lchanayotgan kattalikning turli qiymatlarini xosil qilish imkoniyatini
mavjud bo‘lishi.
Bu davrdagi o‘lchashlarning asosiy kamchiligi sifatida o‘lchov birliklarining
o‘zaro mutanosibligi bo‘lmaganligi hamda asosiy kattaliklarning
birliklarini bir-
biriga bog‘liq emasligini ko‘rsatish mumkin.