|
-modda. To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish
|
bet | 7/10 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 27,28 Kb. | | #239767 |
Bog'liq SST-2S 02-21 Бекмуродов Бобур солик мамурчилиги54-modda. To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish
To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni haqidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi shart.
To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplash, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qarzdorning mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi. Qarzdorda e’lon qilish xarajatlarining o‘rnini qoplash uchun yetarli mol-mulk mavjud bo‘lmasa, xarajatlarning o‘rnini qoplash kreditorlar yig‘ilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar qarzdorning kreditorlari soni ellik nafardan ortiq bo‘lsa yoki ularning sonini aniqlash mumkin bo‘lmasa, qarzdorga nisbatan qo‘llaniladigan har bir to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili boshlanishi haqidagi ma’lumotlar ham ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi shart.
Kreditorlar yig‘ilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining qarori asosida e’lon qilinishi shart bo‘lgan ma’lumotlar boshqa ommaviy axborot vositalarida ham e’lon qilinishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni haqida e’lon qilingan ma’lumotlarda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud bo‘lgan taqdirda);
sud hujjatini qabul qilgan sudning nomi, shu sud hujjati qabul qilingan sana va joriy qilingan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomilining nomi, shuningdek to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishning tartib raqami;
tayinlangan sud boshqaruvchisining familiyasi, ismi, otasining ismi va uning pochta manzili, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lgan taqdirda);
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish bo‘yicha keyingi sud majlisining sud tomonidan belgilangan sanasi;
qarzdorning qarzini to‘lash istagini bildirgan shaxslarning sud boshqaruvchiga murojaat qilishi mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumot;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa axborot.
|
| |