• «To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida»gi O‘RQ-763-sonli qonunining mohiyati. Tayyorladi
  • To‘lovga qobiliyatsizlik sohasini tartibga solish To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish muddati Xulosa
  • Soliqlar va soliqqa tortish




    Download 27,28 Kb.
    bet1/10
    Sana17.05.2024
    Hajmi27,28 Kb.
    #239767
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    SST-2S 02-21 Бекмуродов Бобур солик мамурчилиги


    TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

    SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH”


    fakulteti

    Soliq ma’murchiligi asoslari” fanidan



    MUSTAQIL ISH

    Mavzu: Soliq qarzini bartaraf etishda O‘zbekiston Respublikasining
    «To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida»gi O‘RQ-763-sonli qonunining mohiyati.
    Tayyorladi: 4-kurs (SST-2S 02-21)
    BEKMURADOV B.X
    Qabul qildi:

    Toshkent-2024

    Reja:

    1. Qonunning maqsadi

    2. To`lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi asosiy tushunchalar

    3. To‘lovga qobiliyatsizlik sohasini tartibga solish

    4. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish muddati

    5. Xulosa

    6. Foydalanilgan elektron manbalar



    1. Qonunning maqsadi

    O‘zbekiston Respublikasining "To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida"gi Qonuni loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.


    Qayd etilishicha, to‘lovga qobiliyatsizlik – iqtisodiy sud tomonidan e'tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligi.
    To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritish jarayoni boshlangan sanadan e'tiboran vujudga keladigan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar ushbu Qonunning maqsadlari uchun, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa joriy to‘lovlar hisoblanadi.
    Kreditorlarning joriy to‘lovlari bo‘yicha talablari kreditorlar talablari reyestrida aks ettirilmaydi.
    To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish yuritish paytida kreditorlarning joriy to‘lovlari bo‘yicha talablarini qondirish O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqqan iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.

    Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarishga qodir emasligi:


    agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida uch yuz baravarini, qarzdor shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonaga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh ming baravarini, qarzdor fuqaroga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining kamida ikki yuz baravarini, yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan esa bazaviy hisoblash miqdorining kamida yuz baravarini tashkil etsa, qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari hisoblanadi.

    To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.


    To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish ushbu Qonun 5-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lganda iqtisodiy sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

    Pul majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan qarzdorni to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga qarzdor va kreditor ega.


    Qarzdor va kreditor to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizada qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashga yoxud tugatishga doir taomillarni qo‘llash zarurligini ko‘rsatishi lozim.
    Majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganligi munosabati bilan qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqiga qarzdor, davlat soliq xizmati organlari, shuningdek ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) pul majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oldida qarzi bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha davlat organi va uning hududiy organlari ega.
    Ushbu Qonunning 5-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lganda, qarzdor to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqli.
    Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarzdor yuridik shaxs qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining qarori yoxud qarzdor mol-mulkining egasi tomonidan vakil qilingan organning qarori asosida to‘lovga qobiliyatsizlik haqida ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qiladi.


    Download 27,28 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 27,28 Kb.