|
-modda. Sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘g‘risidagi qarori
|
bet | 8/10 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 27,28 Kb. | | #239767 |
Bog'liq SST-2S 02-21 Бекмуродов Бобур солик мамурчилиги55-modda. Sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘g‘risidagi qarori
Sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘g‘risidagi qarori quyidagi hollarda qabul qilinadi:
to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlanmaganda;
sud to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror qabul qilguniga qadar kreditorlarning bildirilgan talablari qanoatlantirilganda;
soxta to‘lovga qobiliyatsizlik aniqlanganda.
Sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qabul qilinishi mumkin.
Qarzdorda yetarli hajmda likvid mol-mulk mavjudligidan dalolat beruvchi dalillar mavjud bo‘lgan taqdirda sud qarzdorning iltimosnomasiga ko‘ra to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishni keyinga qoldirishga, qarzdorga kreditorlarning talablarini sud tomonidan belgilangan muddatda qanoatlantirishni taklif etishga haqli, bu muddat o‘ttiz kundan oshmasligi kerak.
56-modda. Qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilish oqibatlari
Sud tomonidan qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilinishi qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza qabul qilinganligi va (yoki) kuzatuv tartib-taomili joriy etilganligi oqibati bo‘lgan barcha cheklovlarning amal qilishi tugatilishi uchun asos bo‘ladi.
57-modda. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish asoslari
Sud to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni quyidagi hollarda tugatadi:
sud sanatsiyasi tartib-taomili jarayonida qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanganda;
tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonida qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanganda;
kelishuv bitimi tuzilganda;
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi barcha kreditorlar bildirilgan talablaridan voz kechganda;
kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlarning barcha talablari har qanday to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili jarayonida qanoatlantirilganda.
Sud qonunga muvofiq boshqa hollarda ham to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni tugatish haqida sud ajrimi chiqarilgan sanadan e’tiboran sud boshqaruvchisi davlat soliq xizmati organini ushbu ajrim to‘g‘risida uch ish kuni ichida yozma shaklda xabardor qiladi.
|
| |