Soliqlar va soliqqa tortish




Download 27,28 Kb.
bet9/10
Sana17.05.2024
Hajmi27,28 Kb.
#239767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SST-2S 02-21 Бекмуродов Бобур солик мамурчилиги

58-modda. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni to‘xtatib turish
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha to‘xtatib turilishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni to‘xtatib turish sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan ariza va shikoyatlarni, shuningdek kreditorlarning talablari miqdori, tarkibi va ularni qanoatlantirish navbatiga doir kelishmovchiliklarni sud tomonidan ko‘rib chiqishga monelik qilmaydi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish to‘xtatib turilgan taqdirda sud ushbu Qonunning 51-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan sud hujjatlarini qabul qilishga haqli emas.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritishni to‘xtatib turish sudning ushbu Qonunda nazarda tutilgan ajrimlarni chiqarishi uchun, shuningdek sud boshqaruvchisi va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirishi uchun monelik qilmaydi.
Korxonaning rahbariga yoki muassislariga (ishtirokchilariga) yoxud mulkdoriga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga va (yoki) jismoniy shaxsga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelgan harakatlari (harakatsizligi) uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan taqdirda, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni yuritish qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan sud qarori qabul qilinguniga qadar to‘xtatib turiladi.
61-modda. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishdagi kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra chiqarilgan sud ajrimlarni qayta ko‘rish bo‘yicha ish yuritish
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda arizalar, shikoyatlar (iltimosnomalar) va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra chiqarilgan sud ajrimi O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan tartibda, ushbu moddada nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda qayta ko‘rilishi lozim.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishdagi kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra chiqarilgan sud ajrimi chiqarilgan paytdan e’tiboran o‘n kun o‘tgach qonuniy kuchga kiradi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishdagi kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqishda ishtirok etgan shaxslar apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Sudning ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risidagi ajrimiga apellatsiya shikoyati sud tomonidan ajrim chiqarilgan paytdan e’tiboran o‘n kun ichida beriladi va u sudga kelib tushgan paytdan e’tiboran o‘n kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.



Download 27,28 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 27,28 Kb.