• 51-modda. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari
  • 52-modda. Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qaror
  • To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish muddati




    Download 27,28 Kb.
    bet5/10
    Sana17.05.2024
    Hajmi27,28 Kb.
    #239767
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    SST-2S 02-21 Бекмуродов Бобур солик мамурчилиги

    To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish muddati
    To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish sud majlisida qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish alohida hollarda bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

    51-modda. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari
    To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha sud quyidagi sud hujjatlaridan birini qabul qiladi:
    qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi qaror;
    qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘g‘risidagi qaror;
    sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish va uning muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ajrim;
    tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish va uning muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ajrim;
    to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish haqida ajrim;
    to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrim;
    kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrim.
    To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud hujjatlari, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, darhol ijro etilishi lozim. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud hujjatining ko‘chirma nusxasi sud tomonidan darhol qarzdorning turgan joyidagi (yashash joyidagi) davlat ijrochisiga yuboriladi.
    52-modda. Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qaror
    To‘lovga qobiliyatsizlikka oid tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etish, kelishuv bitimini tasdiqlash yoki to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritishni tugatish uchun asoslar mavjud bo‘lmaganda sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qarori ushbu Qonunning 5-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlangan hollarda qabul qilinadi.
    Sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qarorida qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash, tugatish boshqaruvchisini tayinlash va unga haq to‘lash haqidagi ko‘rsatma aks ettirilishi kerak.
    Sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qarori ustidan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etuvchi har qanday shaxslar, shu jumladan kreditorlarning biri tomonidan, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquqlari va majburiyatlari haqida sud qaror qabul qilgan shaxslar tomonidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
    Sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risidagi qarorida qarzdorning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganligi ko‘rsatiladi.

    Download 27,28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 27,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish muddati

    Download 27,28 Kb.