• To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish
  • Soliqlar va soliqqa tortish




    Download 27,28 Kb.
    bet3/10
    Sana17.05.2024
    Hajmi27,28 Kb.
    #239767
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    SST-2S 02-21 Бекмуродов Бобур солик мамурчилиги

    soliqlar va yig‘imlar — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va (yoki) davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar;
    3. To‘lovga qobiliyatsizlik sohasini tartibga solish
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi vakolatlari
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
    to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarida pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar yuzasidan majburiyatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining kreditor tariqasidagi talablarini taqdim etishning yagona tartibini tasdiqlaydi;
    sud boshqaruvchilari sifatida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning attestatsiyadan o‘tishi tartibini, ularga nisbatan malaka va kasbga oid talablarni hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritish tartibini tasdiqlaydi;
    sud boshqaruvchilarining faoliyati to‘g‘risidagi tartibni tasdiqlaydi;
    sanatsiya fondini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibini belgilaydi;
    mol-mulkni realizatsiya qilish tartibini belgilaydi;


    To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish
    Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani qabul qilish haqidagi masalani yoki to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish yoxud qaytarish to‘g‘risidagi masalani sudya ariza tushgan paytdan e’tiboran besh kundan kechiktirmay hal etadi.
    Sudya qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi va ushbu Qonun talablariga rioya etgan holda berilgan arizani o‘z ish yurituviga qabul qiladi.
    Sudya qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani ish yurituviga qabul qilar ekan, kuzatuv tartib-taomilini joriy etish va muvaqqat boshqaruvchini tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.
    Sudning to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ajrimi sud tomonidan davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga, qarzdor joylashgan erdagi (yashash joyidagi) davlat ijrochisiga yuboriladi. Qarzdor yuridik shaxsning o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ajrimning ko‘chirma nusxasini o‘z vakolatxonalari va filiallari joylashgan erdagi shunday shaxslarga (organlarga) yuborish majburiyati uning zimmasiga yuklatiladi.
    Agar ushbu Qonun 37-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan shart buzilgan bo‘lsa, sudya qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani qabul qilishni rad etadi.
    Agar qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza ushbu Qonunning 39 — 45-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmasa, sudya arizani qaytaradi. Ariza bilan murojaat etish qarzdorning rahbari uchun majburiy bo‘lgan va arizaga ushbu Qonunning 40-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan hollarda bunday ariza sud tomonidan qabul qilinadi, yetishmayotgan hujjatlar esa to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida talab qilib olinadi.


    Download 27,28 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 27,28 Kb.