|
Soliqlar va soliqqa tortish
|
bet | 10/10 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 27,28 Kb. | | #239767 |
Bog'liq SST-2S 02-21 Бекмуродов Бобур солик мамурчилиги5.Xulosa
To‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelgan g‘ayriqonuniy harakatlar deganda qarzdorga yoki kreditorlarga zarar yetkazgan mansabdor shaxslarning yoki qarzdor mol-mulki egasining yoxud kreditorlarning yoki boshqa shaxslarning qasddan qilgan harakatlari bilan bog‘liq qoidabuzarliklar tushuniladi.
G‘ayriqonuniy harakatlar jumlasiga quyidagilar ham kiradi:
qarzdor mol-mulkining yoki majburiyatlarining hammasini yoxud bir qismini yashirish;
qarzdorning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq hisobga olishga oid har qanday hujjatini yashirish, yo‘q qilish, buzib ko‘rsatish, soxtalashtirish;
mol-mulkni (shu jumladan pul mablag‘larini) yashirish maqsadida boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berib yuborish;
buxgalteriya hujjatlariga zarur yozuvni kiritmaslik;
qarzdorning kreditga olingan va haqi to‘lanmagan mol-mulkining hammasini yoki bir qismini sotish, yo‘q qilish, garov sifatida kiritish;
mansabdor shaxslarning yoki qarzdor mol-mulki egasining shaxsiy manfaatlarini yoxud uchinchi shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligini oshirish;
aylanma mablag‘larni qaytarmay boshqa maqsadlarga ishlatish;
kreditorlarga zarar yetkazish maqsadida qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelish;
kreditorning talablarini boshqa kreditorlarning zarar ko‘rishi hisobiga afzalroq qanoatlantirish, shunday qanoatlantirishga rozilik berish;
qarzdorning pul majburiyatlarini va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlarini bajarishdan qochish maqsadida qasddan o‘zini o‘zi tugatish.
6. Foydalanilgan elektron manbalar
1. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-463-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 1, 5-modda) 1-moddasi;
2. https://lex.uz/docs/-5957612
3. O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-446-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 510-modda) 17-moddasi;
4. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 12.04.2022 yildagi O‘RQ-763-son
|
| |