• Nazorat lokusi” nazariyasi tushunchasi fanga kim tomonidan kiritilgan
  • BOB. SOTSIAL USTANOVKA 1. Sotsial ustanovka tushunchasi
  • Ustanovka inglizcha «Set» so‘zidan olingan bo‘lib
  • 2. Sotsial ustanovkalarni o‘rganishdagi uch bosqich
  • 3. Attityud tushunchasining mohiyati va attityudning vazifalari
  • XI.4. Ustanovkalarning to‘rt bosqichli tizimi
  • Sotsiallashuv jarayonida shaxs faoliyatini yo‘naltirib turadigan va real




    Download 3,89 Mb.
    bet108/143
    Sana13.05.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #229196
    TuriУчебник
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   143
    Bog'liq
    Darslik tayyor 2024

    Sotsiallashuv jarayonida shaxs faoliyatini yo‘naltirib turadigan va real

    vaziyatlarga nisbatan turg‘un, barqaror motivlar majmuiga ega bo‘lishlik shaxsning deb ataladi?

    1. Yo‘nalganligi

    2. Mas’uliyati

    3. Qiziqishlari

    4. Dunyoqarashi

    1. Nazorat lokusi” nazariyasi tushunchasi fanga kim tomonidan kiritilgan?

    1. J.Rotter

    2. F.G.Giddings

    3. E.Fromm

    4. A.Antonov

    10 anglangan motivlardan bo‘lib, ular shaxsni atrofida ro‘y berayotgan
    barcha hodisalar, olamlar, ularning o‘zaro munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to‘plash, ularni o‘rganishga imkon beruvchi omildir.

    1. Qiziqishlar

    2. Dunyoqarash

    3. Maqsadlar

    4. E’tiqod




    1. BOB. SOTSIAL USTANOVKA

    1. 1. Sotsial ustanovka tushunchasi

    Psixologiya fanida shaxsning xulq-atvori va faoliyatga qaratilgan anglanilmagan mayllari orasidagi bog‘liqlik muayyan darajada tadqiq etilgani ustanovka borasidagi muammolarga tegishlidir. Ustanovka inglizcha «Set» so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘rsatma berish, anglanilmagan mayllar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish ma’nolarida qo‘llanib kelinadi. Ustanovkalar dunyoni bilishning samarali usulidir. Bizda biror-bir voqea-hodisa yoki shaxsga nisbatan ma’lum bir munosabat mavjud bo‘lsa, bu munosabat bizning his-tuyg‘ularimiz va harakatlarimizda ifodalanishi bizning ustanovkalarimiz bilan bog‘liqdir.
    Masalan, bizda biror-bir millat yoki xalqqa tegishli bo‘lgan ma’lumotlar asosida ularni dangasa, tajovuzkor degan tasavvur mavjud bo‘lsa, o‘sha xalqning istalgan vakilini ko‘rganimizda unga nisbatan bizda salbiy his-tuyg‘u paydo bo‘ladi va bu harakatlarimizda ham aks etadi. Ba’zi jamoa, guruh va oilalarda ustanovkaga asoslanish, ishonish ba’zi noxush oqibatlarga olib keladi.
    Demak, ustanovka - insonning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda his-tuyg‘ularini namoyon qilishi yoki o‘zi bilmagan holda harakat qilishidir, desak bo‘ladimi? Bu savolga ustanovkalar haqidagi ilmiy ma’lumotlarni bilish asosida javob berishga harakat qilamiz.
    Bir qarashda «ustanovka» va «sotsial ustanovka» tushunchasi bir-biriga juda yaqin va o‘xshash. Ayniqsa, shaxs, faoliyat, yo‘nalish, tayyorgarlik, munosabat tushunchalari ikkala tushuncha uchun ham birday ahamiyat kasb etadi, qolaversa, bularni bir-biridan ajratgan holda ta’riflash ham juda mushkul.
    Lekin fanda aniqlik va har bir sohaning ilmiy yo‘nalishi nuqtai nazaridan, shuningdek, ustanovka muammosining umumiy psixologiyadagi va sotsial psixologiyada tutgan o‘rni va o‘ziga xos vazifalarini belgilash maqsadida «ustanovka» va «sotsial ustanovka» tushunchalari shartli ravishda qabul qilingan. Balki, bu ustanovka muammosini yanada chuqurroq, yanada mukammalroq o‘rganishga xizmat qiladi.
    Ustanovka shaxsning o‘zi anglab yetmagan muayyan ruhiy holati yoki maylidir. Bunday holatda shaxs biron-bir ehtiyojni qondirish mumkin bo‘lgan ma’lum faoliyatga nisbatan ruhan tayyor turadi. Avtoritar tafakkur, milliy stereotip, etnik rasm-rusumlar ham ustanovkaga misoldir. Ba’zi hollarda shaxs uchun anglanilmagan ustanovka o‘z pozitsiyasini aniq namoyish qilishda e’tiqod sifatida gavdalanadi, anglanilmagan omillar tariqasida aks etadi.
    Ustanovka - insonning o‘zi bilmagan holda yon-atrofidagi insonlar va voqelikni baholashi va ularga nisbatan munosabat bildirishidir.
    Ustanovka - bu faoliyatga mustaqil tayyorlikdir.
    Ustanovka - insonning ichki o‘ziga xos tuyg‘ularini namoyon etishga ruhan tayyorlik holatidir.
    Ustanovka uzoq vaqt davomida shakllanadi va u insonning qadr-qimmati bilan uzviy bog‘liqdir. «Moyillik», «yo‘nalganlik», «tayyorlik» kabi mazmunni anglatuvchi, bir-biriga o‘xshovchi «ustanovka» va «sotsial ustanovka» tushunchalarini bir-biridan farqlash lozimligi ko‘pchilik olimlar tomonidan qayd etilgan. ;’’

    Sof psixologik ma’noda yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi va o‘zgartiruvchi sotsial psixologik mexanizm - bu sotsial ustanovkalardir.
    Bu - shaxsning atrof muhitida sodir bo‘layotgan sotsial hodisalami, ob’yektlarni, sotsial guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan munosabatlar o‘rnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida odamdagi dunyoqarashni ham o‘zgartirishga aloqador kategoriyadir.

    1. 2. Sotsial ustanovkalarni o‘rganishdagi uch bosqich

    Sotsial psixologiyada sotsial ustanovkalarning o‘rganilishi uch bosqichli jarayonni boshidan kechirgan. Birinchi bosqich - XX asrning boshlariga tegishli bo‘lib, bu davrda fanga sotsial ustanovka tushunchasi kiritildi hamda olimlar sotsial ustanovkalarning mazmunini tushunish uchun nazariy va eksperimental tadqiqotlarni boshlab yuborishdi.
    Bir-biriga ma’nodosh bolgan ustanovka va attityud, bir vaqtning o‘zida hambir xil, ham boshqa-boshqa xil ma’no va tushunchalarni anglatishi olimlarni bir qancha chalkashliklarga olib kelgan edi.
    Lekin amerikalik sotsiologlar U.Tomas va F.Znanetskiylarning «Polshalik dehqon Yevropa va Amerikada» deb nomlangan taniqli asari nashr (1918-1920-yillar) qilingandan boshlab, attityud kategoriyasiga sotsial psixologiyaning asosiy komponenti va shaxsning tavsifi
    sifatida qaray boshlandi.
    Asarda Amerikaga muhoji bo‘lib borgan polshalik dehqonlarning psixologiyasi va xulq-atvoridagi o‘zgarishlar jamiyatda yuz berayotgan voqea- hodisalarga nisbatan ularning munosabatiga bog‘liq ekanligiga oid mulohazalar berilgan edi. Aynan mana shunday munosabatlar sotsial ustanovkalar deb nomlandi. 1935-yilga kelib faqat Amerika adabiyotlarining o‘zidagina sotsial ustanovkalarning
    20 ga yaqin ta’riflari vujudga kelgan edi.
    Sotsial ustanovkalami o‘rganishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar Birinchi Jahon urushi yillarida ham jadallik bilan rivojlandi. Chunki, «psixologik urush», ya’ni dushman tomonidagilarga psixologik ta’sir ko‘rsatish uchun olib boriladigan targ‘ibot va tashviqot ishlari aynan sotsial ustanovka va uni o‘zgartirish bilan bog‘liq edi.
    Bunda dushmanga nisbatan qarama-qarshi tomondan ko‘rsatilayotgan psixologik ta’sirlar dushmanning sotsial ustanovkalarini boshqacha yo‘nalishda shakllantirish, takomillashtirish va o‘zgartirishga qaratilgan edi.
    Demak, urush jarayonida insonning sotsial ustanovkalaridan raqiblarni yengish maqsadida psixologik qurol sifatida foydalanilgan.
    Hozirgi kunda ham terroristik guruh a’zolari o‘zlarining qabih rejalarini amalga oshirish yo‘lida yoshlarning ongini zaharlashda ularning sotsial ustanovkalaridan foydalanayotganligini hisobga olsak, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ham bu muammoning chuqur o‘rganilishi lozimligi ayon bo‘ladi.
    Sotsial ustanovkaning o‘rganilishida ikkinchi bosqich 1939-1950-yillarni o‘z ichiga oladi.
    Ikkinchi Jahon urushi boshlarida va u tugagandan so‘ng ham sotsial ustanovkalarni o‘rganish borasidagi tadqiqotlar deyarli o‘tkazilmagan. Faqat 1950- yillarning oxirlaridan boshlab bu ishlar yana rivojlanib ketgan.
    Sotsial ustanovkaning o‘rganilishida uchinchi bosqich 1960-yildan hozirgacha davom etib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib, sotsial psixologiyaning ko‘pgina amaliy (masalan, reklama bilan bog‘liq) sohalari insonning sotsial ustanovkalarini o‘rganish bilan qiziqmoqdalar. Sotsial ustanovkalar to‘g‘risidagi ilmiy bilimlarning bunday qo‘llanishi tadqiqotning uchinchi bosqichini tashkil etmoqda.
    D.N.Uznadze ham ustanovka va sotsial ustanovka (attityud)ni bir-biridan ajratish lozimligini ta’kidlaydi.
    Ustanovka umumpsixologik jihatdan qaralib, ongning ma’lum bir reaksiyaga bo‘lgan tayyorligi, ongsiz fenomen deb ta’kidlanadi.
    Sotsial ustanovka esa, shaxs tomonidan sotsial ob’yektlarning mazmun- mohiyatini psixologik boshdan kechirishni bildiradi.


    1. 3. Attityud tushunchasining mohiyati va attityudning vazifalari

    Keyinchalik G‘arb va AQSH olimlari tomonidan sotsial ustanovka tushunchasi «Attitude» - «attityud» so‘zi bilan ifodalanib, sotsial psixologiya va sotsiologiya fanlarining ilmiy kategoriyasi sifatida kiritilgan. 1935-yilda G.Ollport «Ehtimol attityud tushunchasi, hozirgi zamon Amerika sotsial psixologiyasi uchun eng zarur va xarakterli tushunchadir», deb ta’kidlagan edi.
    «Attitude» atamasi o‘zbek tiliga tarjima qilinganda «yaroqlilik» yoki «moslik» degan ma’noni bildiradi. «Attitude» so‘ziga yana bir ta’rif quyidagicha: «individ tomonidan sotsial ob’yektning qimmatini, mazmun-mohiyatini, ma’nosini psixologik his qilish»dir. «Attitude» ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan quyidagicha tushunilgan:
    ongning ma’lum bir holati;
    reaksiyaga tayyorlikni aks ettiruvchi holat;
    inson tomonidan maxsus tashkil etilgan holat;
    avvalgi tajribaga asoslanuvchi holat;
    xulq-atvorga dinamik ta’sir ko‘rsatuvchi holat.
    U.Tomas, F.Znanetskiy, G.Ollport, M.Smit, D.Kats va boshqalar attityudni shaxsning guruh a’zosi sifatidagi xulq-atvori mexanizmlarini o‘rganuvchi ob’yekt sifatida qaraganlar. Demak, sotsial psixologiyada birinchi bo‘lib «attityud» tushunchasi «individning sotsial maqsadi va mohiyatiga nisbatan psixologik tayyorgarligi sifatida yoki ayrim sotsial sifatlarni anglashga nisbatan namoyon bo‘luvchi individning ongli holati» sifatida talqin qilingan va bu talqin qator eksperimental tadqiqotlar asosida mustahkamlangan.
    G.Ollport attityudga shaxsning harakatga tayyorgarlik jarayoni sifatida qarab, u xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi yakunlangan manba ekanligini e’tirof etadi va bunday ta’rif, sotsial psixologiyada shaxsning yo‘nalishini o‘rganish uchun juda muhimdir.
    Xuddi shunday mulohazani E.Bogardusning «Attityud - bu atrof-muhitdagi ayrim omillarga mos yoki qarama-qarshi harakat qilish an’anasidir», degan fikri bilan ham izohlash mumkin.
    Attityudning aniq psixologik tuzilmasini asoslashga oid yangicha qarash I.Aytsen va M.Fishbaynlar tomonidan taklif qilingan «Komponentlilik» nazariyasi bilan bogMiqdir.
    Ular murakkab ustanovka tushunchasini faqat affektiv baholash komponenti doirasida kognitiv, affektiv va konativ komponentlari bilan chegaralashni tavsiya etadilar va buni g‘arb sotsial psixologiyasidagi ustanovka muammosining 4 jihati: harakat, maqsadli ob’yekt, bajarish konteksti jarayoni va bajarilish vaqti asosida
    talqin qilinishi bilan ham ifodalash mumkin.

    XI.4. Ustanovkalarning to‘rt bosqichli tizimi
    Rus olimi V.A.Yadov o‘zining dispozitsion konsepsiyasini yaratib, unda ustanovkalami to‘rt bosqich va to‘rt tizimli sifatida tasavvur qilgan:

    1. elementar ustanovkalar (set) - oddiy, elementar ehtiyojlar asosida ko‘pincha ongsiz tarzda hosil bo‘ladigan ustanovkalar. Ularni o‘zgartirish uchun moddiy shart- sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini o‘zgartirish kifoya. D.N.Uznadze fikricha, bunday ustanovkalar eng sodda vaziyatlarda, oilaviy muhitning oddiy shart- sharoitlarida shakllanadi.

    2. sotsial ustanovkalar (attitud) - sotsial vaziyatlar ta’sirida sotsial ob’yektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar. Ularni o‘zgartirish uchun sotsial shart-sharoitlar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari tizimini o‘zgartirish kerak.

    Kichik guruhlarda kechadigan muloqot bilan bog‘liq shaxs ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyat kechinmalari kiritiladi. Bu yerda shaxs faoliyati bilan bog‘liq sotsial ob’yekt tabiatiga nisbatan ma’lum munosabatlarning tarkib topish jarayoni yotadi.
    V) bazaviy sotsial ustanovkalar – ular shaxsning umumiy yo‘nalishini belgilaydi va ularni o‘zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o‘zgartirish demakdir.
    Sotsial ustanovka manbai sifatida sotsial faollikka nisbatan shaxsning umumiy qiziqishlar yo‘nalishini o‘z ichiga oladi. Bunda shaxs o‘z ehtiyojlarini qondirish bilan birga aniq faoliyat turiga nisbatan faollikni ham namoyon qilishi ko‘zga tashlanadi.
    G) Qadriyatlar tizimi - ular avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli sifatida jamiyatda qadr-qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan, sahih hadislar shunday qadriyatlardir, biz ularni tanqidsiz, muhokamalarsiz qabul qilamiz, chunki ular ham ilohiy, ham eng buyuk insonlar tomondan yaratilgan va avloddan avlodga o‘z qadrini yo‘qotmay kelayotgan qadriyatlardir.
    Sotsial ustnovkalarni o‘zgartirishning eng sodda va qulay yo‘li - bu ayni vaziyatlar va ulardagi ta’sirlarni qaytarishdir. Bu qaytarish qayd qilingan obraz sifatida inson ongida uzoq muddatli xotirada saqlanadi va vaziyat paydo bo‘lganda, ob’yektivlashadi, ya’ni o‘z kuchini va mavjudligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham agar chet el tajribasiga murojaat qiladigan bo‘lsak, u yerda biror g‘oyani ongga singdirish uchun bir odam yoki biror guruh o‘z siyosiy, mafkuraviy yoki boshqa qarashlarini bir xil so‘zlar va iboralar, harakatlar bilan qaytaraveradi va shu yo‘l bilan ko‘pchilikning ma’qullashiga erishadi. Ayniqsa, saylov oldi tadbirlarida ana shu usul keng qo‘llaniladi. Shulardan kelib chiqib, sotsial ustanovkalarni o‘zgartirishning usullari va psixologik vositalari orqali ham dunyoqarashni o‘zgartirishga erishish mumkin.

    Download 3,89 Mb.
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   143




    Download 3,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sotsiallashuv jarayonida shaxs faoliyatini yo‘naltirib turadigan va real

    Download 3,89 Mb.