dan 11 tasi halok boTdi, 8 tasi yaralandi. Sha-
harda harbiylar bilan qo‘zg‘olonchilar o‘rtasida
ro ‘y bergan ayovsiz otishmalar natijasida na-
faqat qo‘zg‘olonchilar, balki k o ‘plab tinch aholi
vakillari ham halok boTdi.
Q o‘zg‘olon
boshlanganligi
to ‘g‘risidagi
xabar olinishi bilan podsho hukumati zudlik bi
lan chora ko‘rishga va uni bostirishga harakat
qildi. Q o‘zg‘olon Andijonda, ayniqsa, ruslar
yashaydigan Yangi shaharda vahima uyg‘otdi.
Mustamlakachi amaldorlardan tortib to oddiy
fuqarolargacha sarosimaga tushib, uylariga ber-
kinib oldilar. Hatto tumanboshi polkovnik Kon-
shevskiy ham ko ‘chaga chiqmay, o‘z uyidan telefon orqali harbiy kuchlami
chaqirdi. Harbiy kuchlar uch soat ichida Andijonga yetib kelib, Yangi sha
harda duch kelgan mahalliy aholini o‘qqa tutdilar. Buning natijasida umuman
qo‘zg‘olonga aloqasi boTmagan yuzlab odamlar mustamlakachilar o ‘qidan
nobud boTdi.
m
O'zingizni sinang!
M uham m ad Ali eshon — ...
1898-yil 17-mayda ...
Hibsdagi Dukchi eshon
Andijondagi 1898-yil qo‘zg‘olonidan keyin podsho
Nikolay
II
Turkiston general-gubematori general-
leytenant A. Vrevskiyni lavozimidan chetlatib, uning
vazifasini vaqtinchalik Sirdaiyo viloyati harbiy gubernatori N. Korolkov zim-
masiga yukladi. U mustamlakachilik siyosatini o ‘ta qattiqqoTlik bilan amalga
oshirish borasida nafaqat oTkada, balki imperiya hukmron doiralari orasida
ham tanilgan edi. Uning zimmasiga qo‘zg‘olonchilami batamom y o ‘q qilishga
qaratilgan jazo ekspeditsiyasiga shaxsan rahbarlik qilish ham topshirildi. N.
Korolkov 1898-yil 20-may kuni qo‘zg‘olon k o ‘tarilishining oldi olinmagan-
ligi uchun Farg‘ona viloyat harbiy gubernatori va bir qancha amaldorlami
lavozimidan bo ‘shatdi. Mustamlakachi hukumat qo‘zg‘olonni batamom bos-
tirish uchun unda ishtirok etganlami shafqatsiz jazoladi. Qo‘zg‘olon bos-
tirilgach, ikki m ing kishi hibsga olindi. Xalq ko ‘z o‘ngida qo‘zg‘olonchilar
namoyishkorona jazolandi. Dukchi eshon va uning yaqin safdoshlari osib
oTdirildi. Manbalarga ko ‘ra jam i 380 kishi oTim jazosiga mahkum qilindi.