2 4 -§ . X I X A S R N IN G IK K IN C H I Y A R M I -
X X A S R B O S H L A R ID A Q O R A Q A L P O Q L A R M A D A N IY A T I
Tinch hayot izlab bir jo y
dan ikkinchi joyga asrlar
davomida ko‘chib yurgan mehnatsevar qoraqalpoq
xalqi moddiy madaniy at yodgorliklarini to ‘liq saqlab
qolish imkoniyatiga ega bo‘lmagan.
Xalq iste’dodini namoyon etuvchi boy og‘zaki she’riy ijodiyotning janr-
lari ancha ko‘p b o ‘lgan.
Ular orasida maqollar, hikmatlar, laparlar, nasihat
qo‘shiqlarda ifoda etilgan «otalar so‘zi» alohida ajralib turar edi.
Qoraqalpoq
xalq og‘zaki ijodida kulgi qahramoni bo‘lgan 0 ‘m irbek laqqi obrazi orqa
li razillik, yomonlik, yovuzlik, zolimlik kabi salbiy illatlar hajv y o ‘li
bilan
fosh etilib, mehnatsevarlik, ezgulik, qahramonlik ulug‘langan. Qoraqalpoq
xalqining og‘zaki ijodi chuqur mazmunga egaligi va xalqchilligi bilan ajralib
turadi. Xalq m a’naviy madaniyatining yuksak
darajasi ajdodlardan avlod-
larga yetkaziladigan xalq dostonlarida, termalarida, shuningdek, musiqali
o ‘lanlarda saqlanib qolgan.
Xalq orasida qoraqalpoq folklorining doston y o ‘llari mashhur edi.
Doston
qahramonlik haqida she’riy asarlar b o ‘lib, ularda xalq baxt-saodati va faro-
vonligi uchun kurashgan mard botirlam ing buyuk jasoratlari madh etilgan.
Ancha mashhur bo ‘lgan dostonlar orasida esa qoraqalpoqlarning ozodlik va
mustaqillik uchun fidoyilarcha kurashi tasvirlangan «Qirqqiz» dostoni alohi
da ajralib turadi. Dostonda Sarkub hukmdori Ol-
loyor o‘z qizi Guloyimga Muyeli degan hosildor
yerlam i tortiq qilgani haqida aytiladi. Bu joy da
Guloyim va uning
qirq kanizagi mustahkam bir
qal’a barpo etishadi. Dushmanlar Sarkub yerlari-
ga hujum qilib, Guloyimning otasini o ‘ldirishadi.
Sarkub mulklari talanadi, sarkubliklaming ko‘pi
asir olinib hay dab ketiladi. Guloyim va uning
kanizaklari dushmanga
qarshi kurashga kirisha-
di, qoraqalpoqlami asirlikdan ozod qiladi va ona
yurtga ozodlikni qaytaradi. Bu ishda Guloyimga
uning oshig‘i xorazmlik bahodir Arslon yordam
beradi. Dostonning bosh g ‘oyasi — yuksak va-
tanparvarlik hissi va ona-Vatanga, xalqqa fido
yilarcha muhabbatdir. «Qirqqiz» dostoni bugun-
gi kunda xalq og‘zaki
ijodining durdonalaridan
Qoraqalpoq baxshisi
biri sanaladi.