kabel yerga yotqizilgan bo’lsa — uni yerdagi joylashishini chizmada ko’rsatilgan
holatlari bilan solishtirib aniqlanadi. Buning uchun, oldindan kabel to’plamidagi hamma
kabel ko’zga ko’rinadigan qilib ko’ndalangiga tekshirish xandagi qaziladi.
13.3.3. Kabelni shikastlangan joyi ko’rinmaydigan
barcha holatlarda, yasama ramkasi
bo’lgan kabel qidiruvchi apparatni qo’llash kerak.
13.3.4. Kabelni kesishdan yoki ulovchi muftani ochishdan
oldin maxsus moslama
yordamida unda kuchlanish yo’qligini tekshirish kerak. Yerosti yo’llari, kollektorlar,
quduqlar va bosqa kabel inshootlarida moslamani qo’llash
uni uzoqdan boshqarilishi
imkoni bo’lgandagina ruxsat etiladi. Moslama kabelni zirxi va qobig’ini to tok
o’tkazuvchi fazalarigacha teshib yoki kesib
bir-biriga qisqa tutashtirib, uni yerga
ulanishini ta’minlashi zarur.
13.3.5. Kabel tekshiruvchi moslamani yerga ulash uchun 0,5
metr chuqurlikda yerga
suqilgan yerga ulagichdan yoki kabel zirxidan foydalanish mumkin. Yerga ulagichni
kabel zirxiga halqasimon qisqich ostidagi zirx tozalangan bulishi kerak.
Agar kabel zirxi zanglagan bo’lsa, u holda yerga ulagichni
kabelning metall qobigiga
ulashga ruxsat etiladi.