Naryadning birinchi beti
Elektr uskunalarida ishlash uchun
Korxona _____________________________________________________
Bo’linma_____________________________________________________
NARYAD-IJOZAT №___
Ish rahbari______________________ ijozat etuvchi ______________________
Ishboshi________________________ Kuzatuvchi ____________________________
Brigada a’zolari_________________________________________________________
__________________________________________________________________
bilan
quyidagi ish topshiriladi___________________________________________________
Ish boshlansin sana__________________ vaqti__________________
Ish tamomlansin sana_________________ vaqti__________________
1 Jadval
ISH JOYINI TAYYORLASH CHORALARI
O’chirish ishlarini bajarish va yega
ulagichlarni o’rnatish lozim elektr
uskunalar nomi
Nima o’chirilishi va qayega yega ulagich
o’rnatish kerak
1
2
______________________________________________________________________
______________________________________________________________________
Alohida
ko’rsatmalar___________________________________________________
__________________________________________________________________
Naryad berdi sana _______________________vaqt____________________________
imzo______________________________ familiya ___________________________
Naryad muddati uzaytirildi: sana __________________ vaqtgacha ____________
imzo______________ familya ________________sana_________ vaqti________
2-jadval
ISH JOYINI TAYYORLASHGA RUXSAT VA ISHLASHGA IJOZAT
Ish joyini tayyorlashga ruxsat va
ishlashga ijozat berdi (lavozimi,
familyasi yoki imzosi)
Ruxsat berilgan
sana va vaqti
Ish joyini tayyorlashga ruxsat
va ishlashga ijozat olgan
shaxsning imzosi
1
2
3
______________________________________________________________________
Naryadning ikkinchi beti
Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida qoldi______________________________
______________________________________________________________________
Ijozat etuvchi_________________________ Ish rahbari______________________
(imzo)
(ishboshi yoki kuzatuvchi) imzo
3-jadval
KUNDALIK ISHLASHGA IJOZAT VA UNING TUGASHI
Brigadaga yo’riqnoma berildi va tayyorlangan ish joyida
ishlashga ruxsat etildi
Ish tugadi, brigadaish
joyidan chiqarildi
Ish joyini
nomi
Sana, vaqti
imzolar
Sana, vaqti
Ishboshi
(kuzatuvchi)
ning imzosi
Ijozat
etuvchi
Ishboshi
(kuzatuvchi)
1
2
3
4
5
6
______________________________________________________________________
______________________________________________________________________
______________________________________________________________________
4-Jadval
BRIGADA TARKIBIDA O’ZGARISH
Brigada tarkibida
kiritildi (familyasi,
ismi, gruppasi)
Brigada tarkibidan
chiqarildi (familyasi,
ismi, gruppasi)
Sana, vaqti
Ruxsat berdi (imzo)
1
2
3
4
______________________________________________________________________
______________________________________________________________________
______________________________________________________________________
Ish to’liq tugallandi, brigada ish joyidan chiqarildi, brigada o’rnatgan yega ulagichlar
olindi _____________________________________________________
(lavozimi)
____________________________________________________ga xabar berildi.
(familyasi)
Sana____________________________ vaqti________________________________
Ishboshi_______________________________________________________________
(kuzatuvchi)
(imzo)
Ish rahbari____________________________________________________________
(imzo)
NARYAD-IJOZAT TO’LDIRISH HAQIDA KO’RSATMA
1. Naryaddagi yozuvlar aniq bo’lishi kerak. Naryadni qalam bilan to’ldirish va
tekistlarni tuzatishlar kiritish man qilinadi.
2. Naryadlarni tartib raqami bilan belgilashni korxona rahbariyati o’rnatadi
3. Sana yozilayotganda avval kun, keyin oy va so’ngida yilning oxirgi ikki soni
ko’rsatiladi, masalan, 02.11.94.
4. Naryadda ko’rsatilayotgan shaxsning familyasidan tashqari uning ismi-sharifi va
elektr xavfsizligi bo’yicha gruppasi yoziladi.
5. Naryadda elektr uskunalarning, ulamalarning, jihozlarning dispetcherlik nomi
(belgisi) ko’rsatiladi.
6. Agar naryadni to’ldirishda jadvaldagi bo’sh qatorlarga va tekstga yozish uchun
joy etishmasa, yozuvni davom ettirish uchun naryad beruvchining imzosi bilan
unga qo’shimcha naryad blanka biriktiladi. Bunda naryadning
asosiy blankidagi
jadvalning oxiriga “Qo’shimcha naryadga qaralsin” degan yozuv yozilishi kerak.
NARYADNI BIRINCHI BETI
7. “Bo’lim” deb ko’rsatilgan qatorga elektr uskunada ish olib borish lozim bo’lgan
korxonaning bo’limi (sex, xizmat, tuman, uchastka) ko’rsatiladi.
8. Ish rahbari tayinlanmay bajariladigan ishlarda “Ish rahbari” degan qatorga
“Tayinlanmaydi” deb yozib qo’yiladi.
9. “Ijozat etuvchi” degan qatorda tezkor-ta’mirlash xodimlaridan yoki ishboshi
tarafidan ijozat etuvchi huquqini o’rindoshlik yo’li bilan bajarishga
ta’mirlashxodimlaridan tayinlangan shaxsning familyasi ko’rsatiladi.
Elektr uskunalarida ijozat etuvchi vazifasini navbatchi bajaradigan bo’lsa “Ijozat
etuvchi” degan qatorga familyasi ko’rsatilmasdan “Navbatchi” deb yozib qo’yish
zarur.
10. “Brigada a’zolari” degan qatorda brigada a’zolarning hammasi qayd qilinishi
zarur.
Agar ish avtomobil, mexanizmlar, o’zi yurar kranlarni qo’llab bajariladigan
bo’lsa, unda brigada a’zolaridan kim haydovchi, kranchi, yuk iluvchi ekani
ko’rsatilishi zarur (masalan, Akbarov N.T.
II gruppa, TV-26 teleminora
haydovchisi. Karimov M.R., II gruppa, AK-51 kran kranchisi, Saidov R.A., I
gruppa yuk iluvchi). Brigada a’zolarining familyasi bosh kelishikda yozilishi
mumkin.
11. “bilan quyidagi ish topshiriladi” degan qatorda:
- elektrostansiya, podstansiyalarning elektr uskunalarida va kabel tarmoqlarida ish
bajariladigan joydan elektr uskunaning nomi va uning ulamalari hamda
ishningmazmuniko’rsatiladi,
masalan:
Podstansiya
“YUlduz”, 110 kV
kuchlanishli ochiq taqsimlovchi uskuna, I va II shinalar tizmasi orasidagi
o’chirgich, o’chirgich izolyatorlarini almashtirish. Qoidaning 4.11.3. bandiga
asosan bajariladigan ishlarda faqat elektr
uskuna nomi va ish mazmuni
ko’rsatilishi mumkin;
- havo elektr uzatish tarmoqlarida ushbu tarmoqning nomi va ish bajarilishikerak
bo’lgan uchastka chegarasi (ustunlar tartib raqami ko’rsatilib, qaysi ustunlar
oralig’idagi simlarda ishlash, masalan: oxirgi ustun bilan ochiq taqsimlovchi
elektr uskunasi portali orasidagi simda va sh.o’.) hamda ishning mazmuni
ko’rsatiladi, masalan, 500 kV kuchlanishli G’UZOR-QORAKO’L havo elektr
uzatish tarmog’i, 120-150 ustunlar, simlarni tortish. Ko’p zanjirli havo elektr
uzatish tarmoqlarida qo’shimcha zanjirning nomi, fazama-faza ta’mirlashda esa,
ustunlarda fazalarning joylashishi ko’rsatilishi zarur.
12. “Ish boshlansin” va “Ish tamomlansin” qatorlarida ushbu naryad bo’yicha
ishni
boshlash va tugatish sanasi hamda vaqti ko’rsatiladi.
13. Elektrostansiyalar, podstansiyalar elektr uskunalarida va kabel elektr uzatish
tarmoqlarida ish bajarilganda, 1 jadval kataklarida quyidagilar ko’rsatiladi:
1 katakda-kommutasion apparatlar bilan operasiya qilishni va yega ulagich
o’rnatilishi zarur bo’lgan elektr uskunalarining nomlari;
2 katakda-operasiya bajarilishi zarur bo’lgan kommutasion apparatlar, ulamalar,
jihozlar, uskunalar nomlari (belgilari) va yega ulagich o’rnatilishi zarur bo’lgan
joylar.
Ikkilamchi zanjirlarda, rele himoyasi, avtomatika, telemexanika aloqa
qurilmalarida o’chirilgan joylarni 1 jadvalda ko’rsatish talab qilinmaydi.
Taqsimlovchi qurilmadan ularni ekspluatatsiya qilmaydigan xodim tomonidan
o’chirilib va yerga ulagich o’rnatiladigan havo elektr uzatish tarmog’i
va kabel
elektr uzatish tarmog’i (masalan: elektrostansiya va podstansiya novbatchisi)
uchun 1 jadvalkataklariquyidagicha to’ldiriladi:
1. katakda elektr uzatish tarmog’I o’chirilishi zarur bo’lgan elektrostansiya yoki
podstansiya nomi:
2. katakda elektrostansiya yoki podstansiya nomiga moslangan elektr uzatish
tarmog’ining nomi (belgisi).
14. Havo elektr uzatish tarmoqlarida ish bajarilganda 1 jadval kataklarida quyidagilar
ko’rsatiladi:
1 jadvalga – naryadning “Quyidagi ish topshiriladi” degan qatoriga yozilgan
elektr uzatish tarmog’ining, zanjirining, simlarining
nomi, hamda
ta’mirlanayotgan elektr uzatish tarmog’I yoki zanjirdagi ta’mirlash bilan bog’liq
o’chirilishi va yerga ulagich o’rnatilishi zarur bo’lgan boshqa elektr uzatish
tarmog’ining nomi (masalan, ta’mirlanayotgan elektr uzatish tarmog’I kesib
o’tgan yoki uning yaqinidan o’tgan elektr uzatish tarmog’I, ko’pzanjirli havo
elektr uzatish tarmog’ining boshqa zanjirlari va hokazolar);
2 katakda tezkor-ta’mirlash xodimlaridan tayinlangan ishlashga ijozat etuvchi
tomonidan o’chiriladigan va yerga ulagich o’rnatiladigan havo elektr uzatish
tarmoqlari uchun – taqsimlovchi qurilmadagi va havo elektr uzatish tarmog’ining
o’zidagi kommutatsion apparatlarlarining nomi va yerga ulagich o’rnatilishi zarur
bo’lgan ustunnitartib raqami. Shu bilan birga ushbu katakda 5.6.2., 5.6.6., 5.6.8.,
5.6.10. bandlaroga asosan ish joyida ishboshi simlar
va trosslarga yerga ulagich
o’rnatishi shart bo’lgan ustunlarning tartib raqamlari yoki ustunlar oralig’I
ko’rsatilishi kerak.
Agar naryad berish paytida yerga ulagich o’rnatilishi lozim bo’lgan joyni
aniqlash mumkin bo’lmasa yoki bajariladigan ish yerga ulagichni bir joydan
ikkinchi joyga ko’chirib bajarishni talab qilsa, ushbu katakda “ish joylarida yerga
ulagich o’rnatilsin” deb yozilishi zarur.
2 katakda shuningdek ishboshi tomonidan ta’mirlanayotgan havo elektr uzatish
tarmog’i bilan kesishgan yoki uning yaqinidan o’tgan havo elektr uzatish
tarmog’iga o’rnatilishi kerak bo’lgan yerga ulagich joyi ham ko’rsatilishi kerak.
Agar ushbu havo elektr uzatish tarmog’I boshqa korxona tomonidan
ekspluatatsiya qilinsa, naryadning “Alohida ko’rsatmalar” degan qatoriga boshqa
korxona xodimlari tomonidan o’rnatiladigan yerga ulagichni tekshirish zarurligi
ko’rsatilishi kerak.
15. 1 jadvalga bevositaish joyini tayyorlash uchun kerak bo’lgan kommutatsion
apparatlar bilan bog’liq bajariladigan operatsiyalar kiritilishi zarur. Ish joyini
tayyorlash jarayonida sxemaga o’zgartirishlar kiritish bilan bog’liq bo’lgan qayta
ulashlar (taqsimlovchi uskunalarda bir ulamani o’chirib, boshqa shinalar
tizmasiga o’tkazish, tarmoq uchastkasini bir manba’dan ikkinchi manba’ga
o’tkazish va hokazolar) jadvalga yozilmaydi.
16. Tezkor-ta’mirlashxodimlaridan tayinlangan ishlashga ijozat etuvchiga,
naryad
berish paytida oldindan tayyorlangan ish joyiga brigadani qo’yish topshirilgan
hollarda 1 jadvalning 2 katagiga naryad beruvchi ish joyini tayyorlash uchun
zarur bo’lgan o’chirilishi va yerga ulagich qo’yilishi kerak bo’lgan
operatsiyalarni yozib, ushbu operatsiyalardan qaysilarni bajarib qo’yilganini
ko’rsatib qo’yishi kerak.
Ish joyini tayyorlash talab qilinmaydigan ishlarda 1 jadval kataklariga “Talab
qilinmaydi” deb yozib qo’yiladi.
17. “Alohida ko’rsatmalar” qatoriga quyidagilar yoziladi:
ishlarning xavfsizligini ta’minlovchi qo’shimcha choralar (to’siqlar o’rnatish, ish
bajarilayotgan xonalarda vodorod yo’qligini tekshirish, yong’inga qarshi
xavfsizlik choralari va hokazolar);
ish rahbarini uzluksiz rahbarligida bajariladigan ishning bosqichlari yoki alohida
operatsiyalari (4.1.5. band);
agar naryad kuzatuvchi nomiga rasmiylashtirilsa brigadaga boshchilik qiluvchi,
javobgar shaxs (4.1.10. band);
ish rahbariga yoki ishboshiga (kuzatuvchiga) brigadani bir ish joyidan boshqa ish
joyiga ko’chirishga va ish joyiga qayta ijozat etishga ruxsat berish (4.8.1., 4.9.3.
bandlar);
elektr uskunalarini hammasini yoki ayrim qismini (ayrim kommtatsion
apparatlarni) navbatchidan ko’rsatma yoki ruxsat olmasdan turib yoqishga ruxsat
berish (4.10.3. band);
Yerga ulagichni vaqtinchalik olishga ruxsat berish (5.5.5. band);
Ishboshiga kommutatsion apparatlarlar bilan operatsiya qilishga ruxsat berish
(18.2. band);
Kran bilan yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirishda ishni xavfsiz bajarishi
uchun javobgar shaxs tayinlash (10.1. band);
Boshqa korxonalarning havo elektr uzatish tarmoqlariga qo’yilgan yerga
ulagichlarni tekshirish zarurligi to’g’risidako’rsatma (ushbu ilovaning 14 bandi);
Naryad beruvchining xohishiga ko’ra, ushbu qatorga ishni xavfsiz bajarish bilan
bog’liq bo’lgan qo’shimcha tadbirlarni ham yozishga ruxsat etiladi.
18. “Naryad berdi” va “Naryad muddati uzaytirildi” degan qatorlarga naryad beruvchi
unga imzo qo’ygan vaqtini va sanasini ko’rsatilishi zarur.
Naryad beruvchi va uni muddatini uzaytiruvchi shaxslar imzo chekishdan
tashqari o’zlarining familyalarini ham ko’rsatishlari zarur.
19. 2 jadval ish joyini tayyorlashga ruxsat olishda va birinchi bor
ishlashga ijozat
olishda to’ldiriladi.
1 katakda ish joyini tayyorlovchi va ishlashga ijozat etuvchi shaxslar ish joyini
tayyorlashga va ishlashga ijozat etishga ruxsat bergan shaxslarning lavozimlari va
familyalarini ko’rsatadilar. Agar ruxsat shaxsan berilsa 1 katakda ruxsat beruvchi
imzo chekib, o’zlavozimini yozib qo’yishi shart.
2 katakda ruxsat berilgan vaqt va sana ko’rsatiladi.
3 katakda ish joyinitayyorlashga va ishlashga ijozat etishga ruxsat olgan shaxslar
imzo qo’yishlari kerak. ish joyi bir nechta xodimlar yoki harxil sex ishchilari
tayyorlashsa, 3 katakka ish joyinitayyorlagan barcha shaxslar imzo qo’yishlari
shart.
Agar ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat etishga ruxsat harxil vaqtda
so’raladidigan bo’lsa, 2 jadvalni ikki qatori: birinchi qatori ish joyini tayyorlashda
ruxsat uchun, ikkinchisi esa ishlashga ijozat etishga ruxsat uchun to’ldiriladi.
NARYADNING IKKINCHI BETI
20. Elektrostansiya, podstansiya elektr uskunalarida va kabel elektr uzatish
tarmoqlarida ish olib borilganda “Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida
quyidagilar qoldi” degan qatoriga ishlashga ijozat etuvchi shaxs ta’mirlanayotgan
va ish joyi yaqindagi qo’shni ulamalarning (yoki qo’shni ulamalarning
jihozlarini) kuchlanish ostida qolgan tok o’tkazuvchi qismlarini ko’rsatishi zarur.
Havo elektr uzatish tarmoqlarida ish olib borilganda ushbu qatorlarga naryad
beruvchi “Alohida ko’rsatmalar” qatorida ko’rsatgan tok o’tkazuvchi qismlar,
zaruriyat tug’ilganda esa boshqa tok o’tkazuvchi qismlarni ham yozib qo’yadi.
Ishlashga ijozat etuvchi va ish rahbari (agar ish rahbari tayinlanmagan bo’lsa
ishboshi yoki kuzatuvchi) “Ish joyi tayyorlandi. Kuchlanish ostida quyidagilar
qoldi” degan qatorostida faqat birinchi bor ishlashga ijozat etishda imzo
chekadilar.
21. 3 jadvalda har kungi ishlashga ijozat etish va tugallash, shu jumladan brigadani bir
ish joyidan ikkinchi ish joyiga ko’chirish rasmiylashtirilasdi.
Agar ishboshi, ijozat etuvchi vazifasini o’rindoshlik yoli bilan bajarsa, hamda
ishboshiga brigadani qaytaishga qo’yilishida ularning ishlariga
ijozat etish uchun
ruxsat berilgan bo’lsa, u ijozat etayotgan paytida jadvalining 3 va 4 kataklariga
imzo chekadi.
Agar ish rahbariga brigadani qayta ishga qo’yilishida ularning ishlashlariga ijozat
etish uchun ruxsat berilgan bo’lsa, u ijozat etayotgan paytida jadvalining 3
katagiga imzo chekadi.
Ish kunining tugashi munosabati bilan bo’lgan ishni tamomlashniishboshi
(kuzatuvchi) 5 va 6 kataklarni to’ldirish bilan rasmiylashtiradi.
22. 4 jadvalda avtomobil haydovchisi yoki mexanizm mashinistini va kranchini
brigada tarkibiga kiritish yoki undan chiqarishda qo’shimchayana unga
briktirilgan avtomobil, mexanizm va o’zi yurar kranning turi ham ko’rsatilishi
kerak. 4 katakka brigada tarkibini o’zgartirishga ruxsat bergan xodim imzo
chekadi. Agar ruxsat telefon yoki radio orqali berilsa ishboshi 4 katakda shu
xodim familyasini ko’rsatishi zarur.
23. Ish to’liq tamom qilingandan so’ng ishboshi (kuzatuvchi) va ish rahbari naryadni
ushbu ishlarni rasmiylashtirish uchun mo’ljallangan qatoriga ishni tamom bo’lgan
vaqti va sanasini ko’rsatib imzo qo’yadilar. Agar ish rahbari tayinlanmagan bo’lsa
“Ish rahbari” degan qatorga hech qanday imzo qo’yilmaydi.
Agar ishni to’liq tamom bo’lganligini naryadda rasmiylashtirish vaqtida navbatchi
yoki tezkor-ta’mirlash xodimlaridan tayinlangan ishlashga ijozat etuvchi yoki
novbatchiyo’q bo’lsa yoki ishboshi o’rindoshli yo’li bilan ijozat etuvchi vazifasini
ham bajarsa, ishboshi yoki kuzatuvchi ushbu rasmiylashtirishni faqat o’zining
naryad nusxasida bajaradi va ishni to’liq tamom bo’lganligi to’g’risidagi xabarni
olgangan xodimning lavozimini va familyasini ko’rsatib, xabar qilingan vaqtni va
sanasini yozib qo’yishi shart.
Agar brigada yerga ulagich o’rnatilmagan bo’lsa, u holda “brigada o’rnatgan yerga
ulagichlar olindi” degan so’zlar ish to’la tugallanganligi to’g’risidagi xabardan
o’chirib tashlanishi shart.
ELEKTR USKUNALARINI
EKSPLUTASIYA QILISHDA
XAVFSIZLIK TEXNIKASI
QOIDALARI
http://fayllar.org