Ko’rsatilgan formula bilan elektr maydoni kuchlanganligi 10 kV/m bo’lganda turish
vaqti 180 minut, kuchlanganligi 15 kV/m bo’lganda esa 80 minutni tashkil qiladi.
Ushbu
band talablari, xodimlarga elektr razryadi
ta’siri bo’lishi mumkinligi batamom
bartaraf qilingan hollarda kuchlidir.
6.3. Ish kuni ichida ishchilarning elektr maydonida bo’lish vaqtini bir marotaba yoki
bo’lib-bo’lib ishlatish mumkin. Ish vaktining qolgan paytida
himoya vositalaridan
foydalanishlari yoki elektr maydoni kuchlanganligi 5 kV/m dan kam bo’lgan maydonda
buliщlari kerak.
6.4. Elektr maydoni kuchlanganligi, hamda uning ta’sir maydoni va uni ekranlash
chegarasi o’lchash natijalari bilan belgilanadi. Barcha hollardagi ish-larn bajarishda
odamlar bo’lishi mumkin bo’lgan maydonni hamma joyida o’lchayotgan
xodim
ta’siridan tashqaridagi joyda aniq o’lchanadigan elektr maydo-nining kuchlanganligi
o’lchanishi shart.
Uskunalar va konstruksiyalarga ko’tarilmasdan bajariladigan ishlarda kuchlanganlikni
o’lchaщ quyidagicha amalga oshirilishi shart:
himoya vositalari yo’q paytida — er yuzidan 1,8 metr balandlikda;
umumiy himoya vositalari ishlatilganda er yuzidan 0,5; 1,0 va 1,8 metr balandlikda
o’lchanishi zarur.
Uskunalar va konstruksiyalarga ko’tarilib bajariladigan (himoya
vositalarini bor-
yo’qligidan qat’iy nazar) ishlarda o’lchash ish joyining sathidan 0,5; 1,0 va 1,8 m
balandlikda va yega ulangan tok o’tkazuvchi uskunalar qismidan 0,5 m uzoqlikdagi
masofada o’lchanishi shart.
6.5. Nazorat qilinayotgan maydonda bo’lish vaqti maydon kuchlanganligining eng
yuqori bo’lgan qiymatini hisobga olib belgilanadi.
6.6. Himoya vositalari sifatida quyidagilarni ishlatish mumkin: mustahkam o’rnatilgan
ko’chma va ko’chirma ekranlash uskunalari; mashina va mexanizmlarga o’rnatilib,
olinuvchi ekranlash uskunalari; ekranlaщ komplektlari.
Ekranlash uskunalari GOST 12.4 154-85 talablarini qoniqtirishi shart.
Yega ulangan avtomashina kabinalari va kuzovlarida, mexanizmlar, kuchirma ustaxona
va laboratoriyalarda
shuningdek temirbetondan, yoki metall sinchli temirbeton bilan
yopilgan gishtdan ishlangan imoratlarda, elektr maydoni bo’lmagan tunuka tomlari yega
ulangan imoratlarda ishlanganda u yega himoya vositalarinn qo’llash talab qilinmaydi.
6.7. Ko’chma va ko’chirma ekranlash uskunalari o’rnatilgan joylarida yega ulanadigan
kurilmalarga yoki ularga ulangan metall konstruksiyalarga yo’g’onligi kamida 10 mm
2
bo’lgan yumshoq, mis sim orqali yega ulanishi shart.
Mashina va mexanizmlarga o’rnatilgan olinuvchan ekranlash uskunalari ularga galvanik
ulangan bo’lishi shart,
Mashina va mexanizmlar yega ulangan taqdirda ularga o’rnatilgan olinuvchan ekranlash
uskunalarintg qo’shimcha yega ulash talab qilinmaydi,
Alohida shaxsiy ekran komplektlarini yega ulash maxsus tagcharmli tok o’tkazuvchi
maxsus oyoq kiyimida bajarilishi kerak. Izolyasion asos ustida (buyalgan metall,
izolyator, yogoch tushalma va boshkalarda) turib ishlanganda yoki yega ulangan
konsgruksiyalarni ochiq qo’l bilan (qo’lqopsiz) tegish kerak bo’lgan ishlarda, ekranlash
kiyimlari qo’shimcha qalinligi 10 mm
2
yumshoq maxsus mis sim bilan yega ulash
uskunalariga yoki ushbu uskunalarga ulangan metall konstruksiyalarga ulanishi shart.
6.8. 1000 V kuchlanishgacha kuchlanish osgida bo’lgan tok o’tkazuvchi qismlarga tegib
ketish mumkin bo’lgan hamda elektr uskunalarini sinash paytida (yuqori
kuchlanish
osgida sinov o’tkazayotgan xodimning faqat o’zi uchun) va elektr kavsharlash ishlarida
ekranlash komplektlarni ishlatish man qilinadi. Bunday hollarda ishlattan ishchilarni
ekranlash uskunalarini qo’llab himoya qilish shart,
6.9. O’chirib qo’yilgan tok o’tkazuvchi qismlarning uchastkalarida ishlanganda
kuchlanish ta’sirida paydo bo’ladigan potensialni olib tashlash uchun ushbu uskuna
yega ulanishi zarur. O’chirib qo’yilgan, lekin yega ulanmagan tok o’tkazuvchi
qismlarga
himoya
vositalarisiz
tegish
man
qilinadi.
SHuningdek
yerdan
izolyasiyalangan holda qolishi mumkin bo’lgan ta’mirlash moslamalari va jihozldri ham
yega ulanishi shart.
6.10. Elektr maydonn ta’sir doirasida turgan g’ildiraklari
siqilgan havo yordamida
ishlaydigan mashina va mexanizmlar yega ulangan bo’lishi shart.
Ushbu transport vositalarini elektr maydoni ta’sir doirasida harakat qilganda kuchlanish
ta’sirida paydo bo’ladigan potensialni olish uchun uning
shassisiga yoki kuzoviga yega
tegab turuvchi zanjir ulangan bo’lishi zarur,
6.11. Elektr maydoni ta’sir doirasida mashina va mexanizmlarga yoqilg’i va maylash
materiallarini quyish man qilinadi.
6.12. Elektr maydoni ta’sir doirasidagi uskuna va konstruksiyalarga ko’tarnlish kerak
bo’lib qolganda, elektr maydoni kuchlanganligi va ish jarayonining
muddatidan qatiy
nazar himoya vositalaridan foydalanish shart,
Teleskopik minora va gidroko’targichda ko’tarilganda uning ko’tarma kajavasi ekran
bilan ta’minlanipsh kerak yoki ekranlash komplektidan foydalanish zarur.
6.13. Ekranlash maydonida, ochiq taqsimlovchi uskunaning konstruksiyalari ichida
shuningdek
gaz relesiga, kuch transformatorlaridagi yog’ sathini ko’rsatuvchi relega
narvon orqali ko’tarilishda elektr maydonining ta’siriga qarshi himoya vositalari
ishlatilishi shart emas
6.14. Ochiq. taqsimlovchi elektr uskunalarini ko’zdan kechirishga va ish joyiga
borishda, xodim ushbu maqsadlar uchun ishlab chiqilgan yunalish yuli bo’yicha yurishi
kerak.