So’z boshi elektr uskunalarini ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarni davlat tilidagi 1 nashri Energoatom nashriyoti tomonidan 1987 yilda nashr etilgan rus tilidagi nusxasi, amaldagi rahbariy




Download 203,19 Kb.
bet10/22
Sana17.02.2024
Hajmi203,19 Kb.
#158104
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
So’z boshi elektr uskunalarini ekspluatasiya qilishda xavfsizlik-fayllar.org

5. TEXNIK TADBIRLAR 
5.1. TEXNIK TADBIRLAR. ELEKTR USKUNALARNI O’CHIRISH.
5.1.1. Ish bajarish uchun ish joyini tayyorlashda kuchlanishni olib tashlash talab qilinsa,
quyida qo’satilgan tartibda texnik tadbirlar bajarilishi kerak;
barcha o’chirilishi kerak bo’lgan uskunalar o’chirilishi, ularning o’z-o’zidan yoki
yanglishish oqibatida yoqilishiga tusqinlik qiluvchi choralarni ko’rish;
uzoqdan boshqariladigan kommutasion apparatlarning kalitlariga, qo’l bilan
boshqariladngan yuritmalarga taqiqlovchi shiorlar osish;
odamlarni elektr toki bilan jarohatlanishdan saqlash maqsadida yega ulash zarur bo’lgan
tok o’tkazuvchi qismlarni yega ulashdan oldin ularda kuchlanish yuqligini tekshirish;
yega ulagichni o’rnatish (yega ulagich pichoqlarini ulash, ko’chma yega ulagichni
o’rnatish);
zarur bo’lgan taqdirda ish joylarini yoki kuchlanish ostida qolgan boshqa tok
o’tkazuvchi qismlarni to’sish va to’siqlarga xavfsizlik shiorlari osish. Maxalliy
sharoitga karab o’chirilgan tok o’tkazuvchi qismlar yega ulashdan oldin yoki keyin,
tusiqlar bilan ajratiladi.



5.1.2. Tok o’tkazuvchi qismlarda ishlashda, kuchlanishni olib tashlash talab qilinsa


quyidagilar uchirilishi zarur;
ish bajarilishi kerak bo’lgan tok o’tkazuvchi qismlar;
odamlar, yuk ko’tarish mashinalari va mexanizmlarni elektr uskunalarining kuchlanish
ostidagi to’siq qo’yilmagan tok o’tkazuvchi qismlariga 3.1 jadvalida qayd qilingandan
kam masofaga yaqiilashishlari mumkin bo’lgan tok o’tkazuvchi qismlar;
Elektr uzatish tarmoqlarini uchirib ishlash mobaynida, ushbu uzatish tarmog’ini ayrim
qismlari,
kuchlanish ostida bo’lgan elektr uzatish tarmogiga 3,1. jadvalining uchinchi
ustunida qayd qilingan masofadan kam masofagacha yaqinlashishlari mumkin bo’lsa,
bu uzatish tarmog’i ham o’chirilishi zarur. Ta’mirlanayotgan elektr uzatish tarmog’i
ustuniga osilgan xavo aloqa tarmog’i ham albatta o’chirilishi zarur.
5.1.3. 1000 V xuchlanshpdan yuqori elektr uskunalarda ish joyiga har tomondan
kuchlanish berish mumkin bo’lgan kommutasion apparatlarni o’chirish yo’li bilan
ko’rinadigan uziqlar hosil qilinishi kerak. Ko’rinadigan uziqlar saqlagichni olib qo’yish,
hamda uzgich va quvvat o’chirgichlari orqali bajariladi (apparat ichiga joylashtirilgan
prujina ta’sirida avtomatik tarzda ulanadigan kommugasion apparatlar bundan
istisnodir).
Kuch transformatorlarining va kuchlanish transformatorlarining ajratilgan qismlarida
ishlangan taqdirda, ulardagi kuchlanish qayta transformasiyasini yuqotish uchun ushbu
transformatorlar 1000 V kuchlanishgacha bo’lgan tomonidan ham o’chirilishi zarur.
5.1.4. Ish joyini tayrlashda qo’l bilan boshqariladigan ajratgich (uzgich) va quvaat
uchirgichlari o’chirilgandan so’ng ularning to’la uchganliklarini sinchiklab ko’rib,
ularda shuntlovchi ulamalar yuqligi tug’risida to’la ishonch hosil qilishi kerak.
5.1.5. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida kommutasion apparatlar-ni
adashtirib ulab yuborish yoki o’z-o’zida yoqilib qolishi orkali iщ joyiga kuchlanish
berib yubormaslikni oldini olish uchun, quyidagi choralar ko’rilishi kerak:
ajrattich, uzgich, kuvvat uchirgichlarning qo’l yuritmalari o’chirilgan holatida osma qulf
bnlan qulflanishi*;
izolyasion tezkor shtangalar bilan boshqariladigan ajratgichlarning doimiy tusiqlari
osma qulf bilan qulflanishi;
yuritmalar uzokdan boshqariladigaya kommutasion apparatlarda, kuchlanish beruvchi
va boshqaruv zanjirlari o’chirilishi, havo bosimi ta’sirida ish-laydigan yuritmalarda esa,
bundan tashqari apparatga kelayotgan havo yuli berkitilishi va zadvijkalar osma qulf
bilan qulflanishi va siqilgan havo chiqarib yuborilishi va bunda havo chiqaradigan
bo’shatgich klapanlari ochiq holda qoldirilishi shart;
yuk og’irligi va prujina ta’sirida bajariladigan yuritmalarda yoqishga t’sir qiladigan
yuklari yoki prujinalari ishlamaydigan holatga o’tkazilishi kerak.
Komplekt taqsimlovchi elektr uskunalari hujralaridagi tortib chiqariladigan
aravachalarning kommutasion apparatlarini adashtirib ulab yuborishni oldini olish
choralari 10.9 va 10.10 bandlarda ko’rsatilganiga muvofiq bajarilishi kerak.
5.1.6. 1000 V kuchlanishgacha bo’lgan elektr uskunalarining ish bajariladigan tok
o’tkazuvchi qismlarida ish bajarilganda kuchlanish berilishi mumkin bo’lgan hamma
tomondan qo’l yuritmasi bilan jizhozlangan kommutasion apparatlar o’chiriladi,
*6-10 kV kuchlanishln, elektr uskunalaridagi bir qutbli ajratgichlarni adashtib ulab
yuborishni oldini olish uchun ajratgich pichoqlariga maxsus dielektrik qalpoqlar
kiyg’izib qo’yish lozim.



sxemalarida saqlagich bo’lsa, saqlagich olib qo’yiladi. Sxemada saqlagich bo’lmagan


kommutasion apparatlarni adashtirib ulab yuborishni oldini olish, shkaf eshiklari va
tutqichlarini qulflash, knopkami yopib qo’yish, kommutasion apparatlarnnng kontaktlari
orasiga izolyasion nakladka (qoplagich) qo’yish kabi choralar orqali amalga
oshiriladi.Uzoqdan boshqariladigan kommutasion apparatlardan kuchlanishi olib
tashlashda uni o’lovchi elektr g’altagi o’chirib qo’yiliish zarur.Apparatlarnnng
konstruktiv tuzilishi va xususiyati yul qo’yadigan bo’lsa, yuqorida ko’rsatilgan choralar
ish bajariladigan jihozlarga yoki kommutasion apparatlarga ulangan shinalarni bo’shatib
ajratish yoki simlarni bushatib, olib tashlash bilan almashtirilishi mumkin.
5.1.7. Ish joyini tayyorlashda shinalarni bo’shatib ajratishni, kabellar va simlarni
bo’shatib olib tashlashni, navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimlari nazoratida elektr
xavfsizligi bo’yicha III gruppaga ega bo’lgan ta’mirlash xodimi bajarishi mumkin.
Ish joyiga yaqin va unga tegib ketish ehtimoli bo’lgan tok o’tkazuvchi qismlardan
kuchlanish olib tashlanishi yoki ular to’siqlar bilan to’sib qo’yilishi zarur.
5.1.8. 1000 V kuchlanishgacha bo’lgan uchgan-uchmaganligini ko’z bilan ko’rnb
bo’lmaydigan kontaktlari yopiq kommutasion apparatlarni (tortib chiqaril-maydigan
turdagi avtomatlar, paketli uchirgichlar, yopiq 0
G
4 kV rubil’niklar va hokazolar)
o’chiriltan holatini apparatlardan chiqqan qisqichlarida yoki us-kunaga chiqib boradigan
shinalar, simlarda yoki ushbu apparatlar orqali ulanadigan uskunaning qisqichlarida
kuchlanishni bor-yuqligini tekshirish yuli bilan aniqlash zarur.

Download 203,19 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Download 203,19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



So’z boshi elektr uskunalarini ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarni davlat tilidagi 1 nashri Energoatom nashriyoti tomonidan 1987 yilda nashr etilgan rus tilidagi nusxasi, amaldagi rahbariy

Download 203,19 Kb.