So’z boshi elektr uskunalarini ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarni davlat tilidagi 1 nashri Energoatom nashriyoti tomonidan 1987 yilda nashr etilgan rus tilidagi nusxasi, amaldagi rahbariy




Download 203,19 Kb.
bet12/22
Sana17.02.2024
Hajmi203,19 Kb.
#158104
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
So’z boshi elektr uskunalarini ekspluatasiya qilishda xavfsizlik-fayllar.org

KUCHLANISH YO’QLIGINI TEKSHIRISH 
5.3.1. Kuchlanish yo’qligini kuchlanishi ko’rsatuvchi asbob yordamida tekshiriladi. Uni
ishlatish oldidan ishga yaroqligini tekshirishga mo’ljallangan maxsus asbob yordamida
yoki yaqin orada avvaldan kuchlanish ostida bo’lgan tok o’tkazuvchi qismga
yakinlashtirib tekshirib olinadi.



1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida kuchlanish ko’rsatuvchi asbobdan


dielektrik qo’lqop kiyib foydalanish kerak.
35 kV va uidan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida kuchlaiish yuqligini izolyasion
shtanga bilan uni tok o’tkazuvchi qismga bir necha marta tekkizib tekshirish mumkin.
Kuchlanish yo’qligi uchqun chiqish va chirsillash alomatini yo’qligidan hisoblanadi. Bir
zanjirli 330 kV va undan yuqri kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish
yo’qlign koronasiya alomati ovozi chiqib tojlanishni yo’qligidir.
5.3.2. Elektrostansiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida kuchlanish yo’qligini
1000 V kuchlanishdan yuqorisida IV gruppaga ega bo’lgan va 1000 V kuchlanishgacha
bo’lgan uskunalarida III gruppaga ega bo’lgan bitta navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash
xodimi tomonidan tekshirishga ruxsat etaladi.
Elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yo’qligini ikki ishchi bajarishi shart: 1000 V
kuchlanishdan yuqori elektr uzatish tarmoklarida IV va III gruppali; 1000 V
kuchlanishgacha bo’lgan elektr uzatish tarmoklarida III gruppali bo’lishlari zarur.
5.3.3. Kuchlanish yo’qligini sxemaga solishtirib joynda tekshirish quyidagi hollarda
ruxsat etiladi:
ochiq taqsimlovchi elektr uskunalarida, tashqarida o’rnatiladigan komplekt taq-
simlovchi elektr uskunalar va komplekt transformator punktlarida, shuningdek elektr
uzatish tarmoqlarida tuman, yomg’ir, qor yog’ayotgan taqdirda maxsus kuchlanishni
ko’rsatuvchi asbob yo’q bo’lgan hollarda;
330 kV va undan yuqori kuchlanishli ochiq taqsimlovchi elektr uskunalari va ikki
zanjirli 330 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoklarida;
Havo va kabel elektr tarmoqlarining kirimlarida kuchlanish yo’qligini sxemaga qarab
joyida tekshirilgan taqdirda, buni tarmoqning boshqaruvi kimning ixtiyorida bo’lsa,
o’sha navbatchi tasdiqlaydi,
Havo elektr tarmog’ida kuchlanish yo’qligini sxemaga qarab joyida tekshirish
dispetcherlik nomiga mos kelgan tarmoqni yunalishi va tashqi belgisini hamda uning
ustunlariga yozilgan belgilariga qarab aniqlashdan iborat.
5.3.4. 6-20 kV kuchlanishli yog’och yoki temirbeton ustunli elektr uzatish tarmoqlarida,
shuningdek teleskopik minorala turib o’zidan sig’im toki oqishi asosida ishlangan
kuchlanish ko’rsatuvchi asbob bilan kuchlanish yo’qligini tekshnrganda, ushbu asbobni
yetarlicha sezuvchanligi ta’minlanishi kerak. Buning uchun ushbu asbobni ishchi
qismini yega ulash kerak.
5.3.5. Simlari har xil balandlikda osilgan elektr uzatish tarmoqdarida kuchlanish
yo’qligini kuchlanish ko’rsatuvchi asbob yoki izolyasion shtanga bilan tekshirish va
yega ulagichlarni o’rnatish eng pastdagi simdan yuqorisiga qarab bajarilishi shart.
Simlari gorizontal holda osilgan elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yo’qligini
tekshirish eng yaqin joylashgan simdan boshlab bajarilishi kerak,
5.3.6. Neytrali yega ulangan 1000 V kuchlanishgacha bo’lgan elektr uskunalarida ikki
kutbli kuchlanish ko’rsatuvchi asbob ishlatilganda o’zaro kuchlanish yo’qligi-ni ham
fazalar orasida, ham fazalar orasi bilan uskunalarning yega ulangan korpusi yoki yega
ulangan nollarn umumlashtirilgan sim orasida tekshirish kerak. Oldindan tekshirilgan
voltmetr ham ishlatishga ruxsat ztiladi. Kontrol lampa qo’llash man qilinadi.
5.3.7. Kommutasion apparatlarning o’chganligini xabar qiluvchi uskunalar, blo-kirovka
uskunalari, doimiy ulanib ishlab turgan voltmetrlar va boshqalar fa-qat kuchlanish
yo’qligini bildiruvchi qo’shimcha vosita hisoblanib, ularning ma’-lumotlari bo’yicha
kuchlanishni yo’qligi to’g’risida xulosa. chiqarish mumkin emas.



5.4. YYEGA ULAGICHNI O’RNATISH.


UMUMIY TALABLAR.
5.4.1. Tok o’tkazuvchi qismga yega ulagichni o’rnatish kuchlanish yo’qliginn
tekshirilgan zaxotiyoq bajarilishi kerak,
5.4.2. Kuchma yega ulagich avval yega ulanadigan qurilmaga, keyin kuchlanish
yo’qligi tekshirilgan zahoti tok o’tkazuvchi qismga o’rnatilishi kerak.
Kuchma yega ulagichni olishda uni teskari tarzda: oldin tok o’tkazuvchi qismidan olib
tashlab, keyin yega ulangan uskunalardan olib tashlanadi,
5.4.3. Kuchma yega ulagichni dielektrik qo’lqopda 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr
uskunalarida izolyasion shtanga qo’llab qo’yish va olish shart. Kuchma yega ulagichni
tok o’tkazuvchi qismga shu shtanga bilan yoki dielektrik qo’lqop kiyib qo’lda
mahkamlash kerak.
5.4.4. Ushbu Qoidaning 9.2. bandida ko’rsatib o’tilgandan tashqari hollarda yega
ulagnch uchun mo’ljallanmagan simlardan foydalannsh man qilinadi
5.5. ELEKTROSTANSIYA VA PODSTANSIYALARNING ELEKTR
USKUNALARIDA YEGA ULAGICHNI O’RNATISH.
5.5.1. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida ish olib borish uchun ajratilgan
uchastkaga kuchlanish qaysi tomondan berilishi mumkin bo’lgan barcha taraflaridagi
tok o’tkazuvchi qismlarni hamma fazalari (qutblari) yega ulanishi shart. Butunlay
o’chirilib, bitta yega ulagich o’rnatish yetarli bo’lgan umumiy shinadagi ish bundan
mustasno.
Uchirilgan tarmoq ayirgichlarida ish olib borganda
g
ulardagi yega ulagich
pichoqlarining borligidan qat’ny nazar, aynrgichlardan ketgan elektr uzatish simlariga,
ish jarayonida ayirgichlarni o’chirib-yoqqanda buzmaydigan qilib, qo’shimcha yega
ulagich o’rnatilishi shart.
5.5.2. Elektr uskunalarning yega ulangan tok o’tkazuvchi qismi kuchlanish ostida
qolgan tok o’tkazuvchi qismidan ko’zga kurinadigan qilib uzilgan joy bilan ajratilishi
shart.
O’rnatilgan yega ulagichlar bevosita ish bajarilayotgan tok o’tkazuvchi qismlardan
o’chirilgan o’chirgichlar, ajratgichlar, uztichlar yoki quvvat o’chirgichlari, olib
qo’yilgan saqlagichlar, olib tashlangan shina va simlar orqali ajratilgan bo’lishi
mumkin.
Agar boshqa kuchlanish osgidagi elektr uskunalari elektr maydoni ta’sirida ish joyida
kuchlanish (potensial) hosil qilishi mumkin bo’lsa, bevosita ish joyiga qushimcha yega
ulagich qo’yilishi shart.
5.5.3. Ko’chma yega ulagichlar tok o’tkazuvchilarning buyoklaridan tozalangan
joylariga qo’yilishi kerak.
5.5.4. 1000 V kuchlanishgacha bo’lgan elektr uskunalarining umumiy shikalari,
(izolyasiyali simlardan qilingan shinalardan tashqari) va shchitlarida ish olib borganda,
ushbu uskunalardan kuchlanish olinishi va yega ulanishi shart.
Bu taqsimlovchi elektr uskunalarning ulamalariga ulangan elektr tarmoqlariga,
shchitlariga yig’imlari va ularga ulangan jihozlariga yega ulagichni o’rnatish kerakligini
va mumkinligini naryad beruvchi yoki farmoyish beruvchi aniklaydi.



5.5.5. Ishni bajarish xususiyati (izolyasiya qarshiligini o’lchash va h.k.) talab qalgan


taqdirda ish joyini tayyorlashda quyilgan yega ulagichni vaqtinchalik olib qo’yshpga
ruxsat beriladi.
Yega ulagichni vaqtinchalik olish va qayta o’z joyiga qo’yishni navbatchi, tezkor-
ta’mirlash xodimi yoki naryad beruvchi ko’rsatmasi bilan ishboshi amalga oshiradi.
Yega ulagichni vaqtinchalik olishga va uni ish bajaruvchi tomonidan amalga
oshirilishini naryadnikg «Alohida ko’rsatmalar» satriga, yozib qayerda va nima
maqsadda yega ulagich olinishi kerakligi qayd qilinishi shart.
5.5.6. Elektr uskunalarning yega ulagich o’rnatish xavfli yoki o’rnatishning iloji
bo’lmagan konstruksiyalarida (masalan, ayrim taqsimlovchi yashiklarda, komplekt
taqsimlovchi elektr uskunalarining ayrim tiplarida, fazalari vertikal joylashgan
taqsimlovchn shchitlarda) ish joyini tayyorlashda yega ulagichni qo’ymasdan ajratgich
pichoqlariga dielektrik qalpoq kiygizish yoki kommutasion apparatlarining kontaktlari
orasiga izolyasion nakladka qo’yish mumkin,
5.5.7. 1000 V kuchlanishgacha bo’lgan elektr uskunalarida yega ulagichni qo’yish va
olish III grutshaga ega bo’lgan bir navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimiga ruxsat
etiladi.
5.5.8. 1000 V va undan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida:
Ko’chma yega ulagichlarni o’rnatishni ikki kishi bajarishi shart:
biri IV gruppali (navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimlaridan), boshqasi III gruppali;
III gruppali ishchi ta’mirlash xodimlaridan bo’lishi mumkin, iste’molchilar ulamasiga
yega ulagichni o’rnatish-iste’molchi xodimlari qatnashuvida bajariladi. Uzoqda
joylashgan podstansiyalarda ma’muriy-texnik xodimlarning yoki disnegcherning ruxsati
bilan asosiy sxemalarda yega ulagichni o’rnatiщda ikkinchi xodim sifatida III gruppali
isge’molchi xodimi ishlashiga ruxsat bernladi;
yega ulagich pichoqlarini IV guppaga ega bo’lgan navbatchi yoki tezkor-tamirlash
xodimlaridan bir kishi ulashi mumkin;
yega ulagich pichoqlarini o’chirish va ko’chma yega ulagichni olishni navbatchi yoki
tezkor-ta’mirlash xodimlaridan III gruppaga ega bo’lgan bir kishi bajarishi mumkin.



Download 203,19 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Download 203,19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



So’z boshi elektr uskunalarini ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarni davlat tilidagi 1 nashri Energoatom nashriyoti tomonidan 1987 yilda nashr etilgan rus tilidagi nusxasi, amaldagi rahbariy

Download 203,19 Kb.