QISQA MUDDATLI VA KECHIKTIRIB BO’ULMAYDIGAN




Download 203,19 Kb.
bet9/22
Sana17.02.2024
Hajmi203,19 Kb.
#158104
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
So’z boshi elektr uskunalarini ekspluatasiya qilishda xavfsizlik-fayllar.org

4.3. QISQA MUDDATLI VA KECHIKTIRIB BO’ULMAYDIGAN .
ISHLAR
4.3.1. Qisqa muddatli, uzog’a bilan 1 soatgacha davom etadigan ishlar farmoyish bilan
ta’mirlash xodimi, navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimi nazoratida hamda
navbatchining yoki tezkor-ta’mirlash xodimlarning o’zi bajarishiga ruxsat beriladi.
Bunday ishlarga quyidagilar kiradi:
— kabel, sim, shinalarni elektrodvigatel va boshqa uskunalardan bushatib ajratish yoki
ulash;
— taqsimlash uskunadagi releli himoya, avtomatika, telemexanika, aloqa, shu jumladan
yuqori davr tezlikli himoya va aloqa filtrlari uskunalaridagi ishlar;



— 0,4 kV kuchlanishli havo elektr tarmog’ini, hamda hamma kuchlanishli kabel elektr


tarmog’ini ulash va bo’shatib ajratish
g
fazirovka qilish, kabel elektr tarmogini uzilgan
yoki uzilmaganligini tekshirish, transformatorda o’rnatilgan kuchlanishni oshirish va
kamaytiriщ shaxobchalarini burash, yog o’lchagich oynasini va ayrim yakka
izolyatorlarni artish, transfansformator yog’ini quyish va tekshirishga olish,
transformator yog’ini quritash va tozalash uchun o’rnatilgan asboblarni ulash yoki
bo’shatib ajratish, havo bilan ishlaydigan o’chirgichdagi manometrni almashtirish,
elektr uskunadagi tok o’tkazuvchi qismlarni qizishi va titrashini o’lchash, elektr o’lchov
ombirlari bilan o’lchash, elektr uzatish tarmog’iga tushib qolgan begona narsalarni olib
tashlash, havo elektr uzatish tarmog’i simiga qulagan daraxt, shox-shabba va
boshqalarni olib tashlash;
— elektr uskunani dispetcherlik va texnolognk boshqaruv vositasi, issiqlik avtomatikasi
va o’lchovi uskunasi va kanallarini mutadil ishlashiga xavf tug’diruvchi, iste’molchini
mutadil elektr energiya bilan ta’minlashga xavf soluvchi yoki shunday nosozliklar sodir
bo’lganda ularni bartaraf qilish uchun kerak bo’lgal zarur ishlar.
4.3.2. 4.3.1. bandda qayd etilgan ishlarni bajarish uchun ishchilar soni nazorat qiluvchi
xodim bilan birgalikda 3 kishidan oshmasligi kerak,
1000 V kuchlannshdan yuqori elektr uskunada ishlaganda ish bajarayotgan yoki nazorat
qiluvchi navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimning kattasi elektr xavfsizligi bo’yicha
IV gruppaga, 1000 V kuchlanishgacha bo’lgan elektr uskunada ish bajarishda III
gruppaga ega bo’lishi kerak. Brigadaniig qolgaya a’zolari III gruppaga ega bo’lishlari
kerak. Istemolchi ulangan elektr uzatish tarmog’ida ishlanganda ishga iste’molchi
xodimi ham jalb qilinishi mumkin.
Ish boshlashdan oldin ochiq taqsimlovchi uskunalarda nsh joyini arqon bilan o’rashdan
tashqari ish joyini tayyorlashga oid barcha texnik tadbnrlar amalga oshirilishi kerak.
Bunday hollarda ochiq taqsimlovchi elektr uskunada iщ joyini arqon bilan o’rash
majburiy emas.
4.3.1. — bandda qayd etilgan ishlarni bajarish 1 soatdan ko’p vaqt yoki 3 kishidan ortiq
isgchn talab etsa, u holda ushbu iщ naryad bilan bajarilishi kerak.
4.4. BRIGADALAR TARKIBI
4.4.1. Brigadadagi ishchilar soni va uning tarkibn ularning elektr xavfsizligi bo’icha
gruppasini hissbga olgan holda ish bajarish sharoitiga hamda brigada a’zolari ustidan
ishboshining (nazorat qiluvchining) nazorat qilaolish imkoniyatiga qarab belgilanadi.
Ishboshi rahbarlik qilayotgan brigada a’zosi II gruppaga ega bo’lishi kerak, Ish
kuchlanish osgida bajariladigan bo’lsa III gruppa bo’lishi kerak. Bunda ushbu
Qoidaning 14.2.4. bandiga asosan havo elektr uzatish tarmog’nda bajariladigan ishlar
mustasnodir. Bunday ishlarni elektr xavfsizligi buyicha IV gruppaga ega bo’lgan ishchi
bajarishi zarur.
Elektr xavfsizligi buyicha III gruppaga ega bulgan xar bir brigida a’zosiga I gruppaga
ega bo’lgan bir ishchi qo’shilishi mumkin, lekin I gruppali brigada a’zolarining umumiy
soni 3 knshidan oshmasligi kerak.
Ushbu qoidada* kuzda tutilgan ayrim ishlarni
(4.11.17, 4.11.21, 4.12.3, 18.9, 22.4 bandlariga)
farmoyish bilan bir ishchi (yakka o’zi) bajarishi mumkin.



4.4.2. Navbatchi uzidan yuqoridagi navbatchining ruxsati bilan naryadga kiritilmasdan,


tezkor-dispetcherlik jurnalnda qayd qilib ta’mirlash brigadasida ishlashga jalb qilinishi
mumkin.
4.4.3. Brigada tarkibini o’zgartirish naryad beruvchi yoki ushbu elektr uskunada ishni
bajarish uchun naryad berish huquqiga ega bo’lgan boshqa xodimga ruxsat etiladi.
Brigada tarkibini o’zgartirish tug’risidagi ko’rsatma telefon, radio yoki chopar orkali
ishlashga ijozat beruvchiga, ish rahbariga yoki ishboshiga berilishi mumkin. Ular o’z
imzosi bilan ushbu o’zgartirish tug’risida ko’rsatma byegan xodimning ismi-sharifi va
familiyasini naryadda yozib quyadi.
Brigada tarkibini o’zgartirish jarayonida 4,4.1 banddagi talablarni buzilishiga yul
qo’ymaslik kerak.
Ishboshi brigada tarkibiga qo’shilgan yangi ishchilarga yuriqnoma berishi kerak.
4.4.4. Ish rahbarini yoki ishboshini almashtirilganda hamda brigada tarkibini yarmidan
ko’proq qismi o’zgartiriladigan bo’lsa, naryad yangidan berilishi lozim.
4.5. ISH JOYIII TAYYORLASHGA VA ISHLASHTA IJOZAT BERISHGA
RUXSAT ETISH.
4.5.1. Ish joyini tayyorlash va ishlashga ijozat berish faqat navbatchi yoki bunga
vakolati bor shaxs tomonidan ruxsat olinganidan so’ng amalga oshirilishi mumkin.
Issiqlik avtomatikasi va o’lchovi uskunalarida ishlashga ijozat berish tartibi bundan
mustasno*.
4.5.2. Ruxsat ish joyini tayerlashni va ishlashga ijozat berishni bajaradigan shaxsga
telefon, radio, chopar orqali yoki yaqin o’rtadagi podstansiya navbatchisi orqali beriladi.
Bunday ruxsatni oldindan berish qat’iyan man etiladi.
4.5.3. Brigadani faqat bitta naryad bilan ishlashiga ijozat beriladi.
ISH JOYINI TAYYORLASH VA ISHLASHGA IJOZAT BERISH.
4.6.1. Naryadda ish joyini tayyorlashga taalluqli ko’rsatilgan chora-tadbirlarni
uzgartirish man qilinadi.
Ish joyini tayyorlashga taalluqli chora-tadbir tug’ri va yetarligiga hamda ishni xavfsiz
bajarilishiga shubha paydo bo’lganda ish joyini tayyorlash to’xtatiladi.
4.6.2. Ishboshi ishlashga ijozat beruvchi vazifasini o’rindoshlik yo’li bilan bajargan
taqdirda, u ish joyini brigada a’zolaridan elektr xavfsizligi bo’yicha III gruppaga ega
bo’lgan birortasi bilan tayyorlashi shart.
4.6.3. Ishlashga ijozat beruvchi, ishlashga ijozat bernshdan oldin. nsh joyini
tayyorlashga taaluqli texnik tadbirlarni bajarilganligi tug’risida ishonch hosil qilishn
kerak. Ishonch, o’z ko’zi bilan ko’rish, tezkorlik jurnalida yozilgaya yozuvga qarab,
ishlab turgan elektr tarmoq chizmasidagi belgilariga qarash yoki iavbatchi, tezkor-
ta’mirlovchi xodim va elektr energiya isge’mol qnluvchn korxona xodimnning
ma’lumotlari orqali, hosil qilinishi mumkin.
* Issiqlik avtomatikasi va o’lchovi uskunalarida ishga qo’yishga ruxslt berish 18 —
bo’limda keltirnlgan.



4.6.4. Ish rashbari va ishboshi (nazorat qiluvchi) ishalashga ijozat berishdan oldin


ishlashga ijozat beruvchidan ish joyini tayyorlashda qanday chora-tad birlar ko’rilganini
aniqlashi va bu joyni tayyorlash qanday bajarilganini bevosita shaxsan o’zi ish joyida
ko’zdan kechirishi kerak.
Ishlashga ijozat berishdan oldin ish joyi tayyorligini ish rahbari ishlashga ijozat
beruvchi bilan birgalikda yoki uning ruxsati bilan ishboshi, ish rahbari yoki ishlashga
ijozat beruvchi xodim bilan tekshirishi kerak.
4.6.5. Elektr uskunada naryad va farmoyish bilan ishlashga ijozat berish bevosita ish
joyining o’zida amalga oshirilishi lozim.
Farmoyish bilan ishlashda ish joyini tayerlash kerak bo’lmagan taqdirda brigadani
ishlashga ijozat berish ish joyiga borib amalga oshirilishi shart emas, havo va kabel
elektr uzatish, hamda havo aloqa tarmoqlarida esa talab qilinmaydi.
4.6.6. Brigadani ishlashiga ijozat berish, ish joyining tayyorligi tekshirilganidan so’ng,
amalga oshiriladi. Bunda ishlashga ijozat beruvchi quyidagilarni amalga oshirishi zarur;
naryad yoki farmoyishda ko’rsatilgan brigada tarkibidagi hamma xodimlarni birma-bir
shaxsiy guvohnomalarnga qarab mosligini tekshirishi kerak;
yuriqnoma berishi: brigadani naryad, farmoyish mazmuni bilan taniщtirishi; ish
joyining chegarasini ko’rsatishi; ish joyiga ya’ni turgan, kuchlanish bor-yuk^igidan
qat’iy nazar, ularga yaqinlashish man qilingan ta’mirlanayotgan va uning yonidagn
qo’shimcha jihozlarining tok o’tkazuvchi qismlari va uskunalarini ko’rsatishi kerak;
brigadaga tarmoqdagi yega ulagichlar qo’yilgan joyni ko’rsatish bilan yoki yega ulagich
ish joyidan ko’rinmagan taqdnrda kuchlanish bor-yuqligini tekshirish bilan birgalikda,
35 kV va undan past kuchlanishli elektr uskunalarda iloji bo’lsa, keyinchalik tok
o’tkazuvchi qismga qo’l tekkizish orqali kuchlanish yuqigini isbot qilishn kerak.
4.6.7. Brigada a’zolariga ishlashga ijozat beruvchidan tashqari ishboshi ham yuriqioma
berishi kerak.
U ish bajarish texnologiyasi, asbob-uskuna, yuk ko’tarish mashinasi va mexanizmlardan
foydalanish tug’risida yuriqnoma berish bilan birgalikda ishni xavfsiz bajarish haqida
ham yuriqnoma beradi,
Ish rahbari kerak bo’lganda yuriqnomani to’ldirishi mumkin.
Yuriqnoma bermasdan brigadani ishlashiga ijozat berish man qilinadi.
4.6.8. Brigadaga yo’riqnoma berish va ishlashga ijozat berish, ishlashga ijozat beruvchi
va ishboshining (nazorat qiluvchining) imzosi bilan naryadning 3-jadvalida kuni va
vaqti ko’rsatilib rasmiylashtiriladi.
Ishlashga ijozat berishda o’tkazilgan yurnqnomani, yuriqnoma o’tkazish jurna-lida
rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
4.6.9. Ishlashga ijozat berish naryadning har ikki nusxasida rasmiylashti-riladi.
Naryadni bir nusxasi ishboshida (nazorat qiluvchida), ikkinchisi esa navbatchi yoki
tezkor-ta’mirlash xodimdan tayinlangan ishlashga ijozat beruvchida qoldiriladi.
Ishboshi, ishlashga ijozat beruvchi shaxe vazifasini o’rindoshlik yuli bilan bajargan
takdarda ishlashga ijozat berish naryadning faqat bir nusxasida rasmiylashtiriladi.
Farmoyish bilan ishlashga ijozat berish tezkorlik jurnalida yoki naryad va farmoyish
bilan qilingan ishlarni qayl qilish jurnalida rasmiylashtiri-ladi, (6-ilova).



4. 7. ISH JARAYONIDA NAZORAT OLIB BORISH


4.7.1. Ijozat berilgandan so’ng brigada a’zolari tarafidan xavfsizlik talablarini bajarilishi
ustidan nazorat ishboshiga {nazorat qiluvchiga) yukla-tiladi. U iloji boricha xavfi
ko’prok, ish bajarilayotgan joyda bo’laturib, o’z ishini shunday tashkil qnlishi kerakki,
o’sha yerdan turib ishlayotgan hamma brigada a’zolari ishini nazorat qilaoladigan
bo’lsin,
Nazorat qnluvchiga brigada a’zolarini nazorat qilishdan boshqa biror ishni o’rindoshlik
yuli bilan bajarilishi man qilinadi.
4.7.2. Mabodo ishboshi (nazorat qiluvchi} ish joyidan vaqtincha ketishgi kerak bo’lnb
qolsa, uning o’rnini ish rahbari, ishga ijozat beruvchi yoki naryad berish huquqiga ega
bo’lgan xodimga almashtirish imkoni bo’lmasa, ishboshi brigadani ish joyidan chiqarib
yuborishi shart (taqsimlovchi uskuna joylashgan hududdan ular chiqarilib, eshiklar
qulflanadi, xodimlar elektr tarmog’i tayanchidan tushiriladi va hokazo.).
Ishboshi (nazorat qiluvchi) almashtirilganda, u naryadni o’z o’rniga vaqtinchalik
qoldirilgan xodimga berib ketishi kerak,
1000 v kuchlanishgacha bulgan elektr uskunada farmoyish bilan ish bajarilayotgan
bo’lsa ishboshining qisqa muddatga ketishiga ruxsat etiladi. Bunday paytda brigadaning
elektr xavfsizligi gruppasi III bo’lgan bir yoki bir nechta a’zolari ish joyida qolib ishni
davom etgirishlari mumkin.
4.7.3. Ishboshining ruxsati bilan brigada a’zolaridan biri yoki bir nechtasi ish joylaridan
vaqtincha ketishlari mumkin. Bunda ularni brigada tarkibidan chiqarish talab
kilinmaydi. 1000 V kuchlanish* dan yuqori bo’lgan elektr uskunada ish joyida qolgan
brigada a’zolarining soni ishboshi bilan hisoblaganda ikki kishidan kam bo’lmasligi
kerak.
Elektr xavfsizligi gruppami III bo’lgan brigada a’zolari taqsimlovchi uskuna joylashgan
xonadan mustaqil chiqib, yana ish joyiga qaytib kelishi mumkin. 1 va II gruppa ga ega
bo’ltan brigada a’zolari esa faqat III gruppaga ega bo’lgan brigada a’zosi yoki elektr
uskunani yakka o’zi ko’rib chnkish huquqiga ega bo’lgan shaxs hamroxligida chiqib
yana ish joyiga qaytib kelishlari mumkin. Taqsimlovchi uskukalar joylashgan xonadan
chiqib ketishda eshikni ochiq, kulflamagan holda tashlab ketish man qilinadi
Ishga qaytgan brigada a’zolari faqat ishboshining ruxsati bilan ishga tushishlari
mumkin. Agar elektr uskuna joylashgan xonani qulflashni iloji bo’lmasa, ishboshini
brigada a’zolari qaytgunga kadar ish joyini tashlab ketishga haqqi yuk..
4.7.4. Amaldagi Qoidani buzish hollari aniqlanganda yoki ishlayottan ishchilar hatiga
xavf tug’diruvchi holat sezilganda darhol brigada ish joyidan chi-qarilishi va
ishboshidan naryad tortib olinishi kerak. Aniklangan kamchiliklar bartaraf qilingandan
so’nggina birinchi bor ishga ijozat berish qoidasi talablarini bajargan holda yangidan
ishga qo’ysh mumkin.
4. 8. BRIGADANI BOSHQA ISH JOYIGA KO’CHIRISH
4.8.1. Elektrostansiya va podstansiyalarning 1000V kuchlanishdan yuqori bo’ltan elektr
uskunalarda brigadani boshqa ish joyiga ko’chirishni ishlashga ijozat beruvchi shaxs
bajaradi. Agar naryad beruvchi naryadning «Alohida ko’rsatmalar» satrida yozma
ravishda ish rahbari yoki ishboshiga topshiriq byegan bo’lsa, brigadani boshqa ish
joyiga ko’chirishni ish rahbari yoki ishboshi ham amalga opgarishi mumkin.



4.8.2. Bitta havo elektr uzatish tarmog’i, havo aloqa uzatish va kabel elektr uzatish


tarmoqlarini hamda elektrostansiya va podstansiyalarni 1000V kuch-lanishgacha
bo’lgan elektr uskunalarning har xil ish joylarida brigadani boshqa ish joyiga
ko’chirishni ishboshi naryadda rasmiylashtirmasdan amalga oshiradi.
4.8.3. Brigadani boshqa ish joyiga ko’chirish naryadning 3-jadvalida rasmiylash-tiriladi.
Navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimidan bo’lgan ishlashga ijozat beruvchi brigadani
ko’chirishni naryadning ikkala nusxasida rasmiylashggiradi.
4.8.4. Elektr stansiya va podsgansiyalarning elektr uskunalarida uskunadan kuchlanishni
olmay bajariladigan ishlarda naryad faqat brigadani bir taqsim-lovchi uskuiadan boshqa
taqsimlovchi uskunaga ko’chirishda rasmiylashtiriladi.
Farmoyish bilan ish bajarilayottanda barcha elektr uskunalarda brigadami boshqa ish
joyiga ko’chirish rasmiylashtirishni talab qilmaydi.
4. 9. ISH JARAYONIDA TANAFFUS VA ISH TUGASHINI RASMIYLASHTIRISH
4.9.1. Ish kui mobaynidagi tanaffus vaqtida (ovkatlanish uchun, ish sharoiti tufayli)
brigada ish joyidan chiqarilishi hamda taqsimlovchi elektr uskuna joylashgan xona
eshigi qulflab quyilishi zarur.
Naryad ishboshida (nazorat qiluvchida) qoladi.
Brigada a’zolarining tanaffusdan so’ng ishboshisiz (nazoratchisnz) ish joyiga qaytishga
haklari yuq. Tanaffusdan so’ng ishboshi (nazorat qiluvchi) brigada naryadni
rasmiylashtirmasdan ishga ko’yadi.
4.9.2. Ish kuni tugashi tufayli ishda tanaffus bo’lsa brigada ish joyidan chetlashtiriliщi
kerak.
SHiorlar, to’siq, bayroqcha va yega ulagichlar olinmaydi.
Ishboshi (nazorat qiluvchi) naryadni ishlashga ijozat byegan xodimga berishi, u yuq
bo’lgan taqdirda esa bu naryadni maxsus ajratilgan joyga, masalan, o’z kuchini
yuqotmagan naryadlar jildiga solib qoldirilishi kerak.
Mahalliy navbatchisiz elektr uskunada esa, ishboshi ish kuni tugagandan so’ng naryadni
o’zida olib qolishiga ruxsat beriladi.
Ishboshi (nazorat qiluvchi) ish tugashini naryadning o’zidagi nusxasida qo’l qo’yib
rasmiylashtiradi.
4.9.3. Kelgusi kunlarda tayyorlangan ish joyiga brigadani qayta qo’yish ishlashga ijozat
beruvchi yoki uning ruxsati bilan ish rahbari tomonidan amalga oshirilali. Buning uchun
yuqori tezkor xodomning ijozatini olish talab qilinmaydi,
Agar naryadning «Alohida ko’rsatmalar» satrida yozma ravishda qayd qilingan bo’lsa,
ishlashga ijozat beruvchining ruxsati bilan ishboshi (nazorat qiluvchi) brigadann
tayyorlangan ish joyiga ishga qo’yishi mumkin,
Navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimlaridan ishga ijozat beruvchi tomonidan amalga
oshiriladigan
brigadani
ishga
qo’yish naryadning har nkkala nusxasida
rasmiylashtiriladi.
Ish rahbari yoki ishboshi (nazorat qiluvchi) tomonidan amalga oshiriladigan brigadani
ishga qo’yish, faqat naryadning ishboshida (nazorat qiluvchida) bo’lgan nusxasidagina
rasmiylashtiriladi.
4.9.4. Kelgusi kun ishni boshlashidan oldin ishboshi (nazorat qiluvchi) ish joyida
qoldirilgan shior, to’siq, bayroqchalarning busbutunlignga, to’laligiga, butligiga hamda



yega ulagichlarni o’z joyida mustahkam turganligiga ishonch hosil qilgandan keyingina


brigadani ishlashga ijozat beradi,
4.9.5. Ish to’liq tutallangandan so’ng ishboshi (nazorat qiluvchi) brigadani ish joyidan
chiqarishi, brigada qo’ygan vaqtinchalik to’siq, shiorlar, bayroqcha va yega ulagichlarni
olib, elektr uskuna joylashgan xona eshiklarini berkitib, qulflab va naryadda o’z imzosi
bilan ish tamom bo’lganini rasmiylashtirishi kerak. Ish rahbari ish joyini tekshirib ish
tamom bo’lganini naryadda rasmiylashtiradi,
4.9.b. Ishboshi {nazorat qiluvchi) ish tulnq tamom kilingannni va 4. 9. 5. band
talablarini bajargani tug’risida ijozat beruvchiga, u mabodo yuq bo’lgan taqdirda ish
joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etgan shaxsga xabar berishi
kerak.
4.9.7. Ish to’liq tamom bo’lganini rasmiylashtirilgan naryad ishboshi (nazorat qiluvchi)
uni ijozat beruvchi shaxsga topigarishi, yoki u yuq bo’lgan taqdirda maxsus ajratnlgan
joyda, masalan, o’z kuchini yuqotmagan naryadlar saqlanadigan jildga solib qoldirishi
kerak.
Ish to’liq tamom bo’lgandan so’ng naryadni yuborish qiyinchilik tug’dirsa, u holda
ijozat beruvchining, u yo’q bo’lgan taqdirda ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat
berishga ruxsat etgan shaxsning ruxsati bilan ishboshi (nazorat qiluvchi) naryadni
o’zida qoldirishi mumkin. Bunday holda, shuningdek ishboshi (nazorat qiluvchi)
o’rindoshlik bilan ishlashga ijozat beruvchi shaxs vazifasini bajarsa, ishboshi (nazorat
qiluvchi) ertasi kundan kechiktirmay naryadni navbatchnga yoki naryad beruvchi
xodimga uzoq bo’limlarda esa bo’lim ma’muriy-texnik xodimga topshirishi kerak.
4.9.8. Ishlashga ijozat beruvchi ish to’liq tamom bo’lgani rasmiylashtirilgan naryadni
olgandan keyin ish joyini ko’zdan kechirib chiqishi hamda ish joyini tayyorlashga va
ishlashga ijozat berishga ruxsat etgan shaxsga ish to’liq tamom bo’lganligi va elektr
uskunani ulash mumkinligi haqida xabar berishi kerak.
4 10. ISH TO’LIQ TAMOM BO’LGANDAN SO’NG ELEKTR USKUNANI ULASH
4.10.1. Elektr uskunani elektr tarmoqda ulash, ish joyini tayyorlashgl va ishlashga ijozat
berishga ruxsat etgan yoki uni o’rnini almashtirgan shaxsning ruxsatini (farmoyishini)
olgandan keyingina mumkin.
Elektr uskunani ulab ishga tushirish vaqtidagi ruxsat (farmoyish) faqat ushbu zlektr
uskunasida ishlashga ijozat berilgan va ish joyini tayyorlashta va ishlashga ijozat
berilgan ishboshi va ishlashga ijozat beruvchilarning barchasidan ishni to’liq
tamomlanganligi, 4,9.5. band talablari bajarilganligi va elektr uskunani ulash imkoni
borligi tug’risidagi xabar olingandan so’nggina berilishi mumkin.
4.10.2. Hamma ish tugagandan so’ng elektr uskunani elektr tarmoqda ulashga ruxsat
(farmoyish) olgan navbatchidan yoki tezkor-ta’mirlash xodimidan tayinlangan shaxs
ushbu elektr uskunani elektr tarmoqda ulashdan oldin navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash
xodimi qo’ygan vaqtinchalik to’siq, shiorlar, yega ulagichlarni olib donmiy to’snqni
tiklashi kerak.
4.10.3. Tezkor-ta’mirlash xodimdan tayinadngan ishga njozat beruvchi shaxsga elektr
uskunada bajarilayotgan ish tamomlangandan so’ng ish joyini tayyorlashga va ishlashga
ijozat berishga ruxsat etgan yoki uni o’rnini almashtirgan xodim ruxsatini
(farmoyishini) olmasdan elektr uskunani elektr tarmoqqa ulash huquqi berilishi
mumkin.



Elektr uskunani bunday ulashga huquq berilishi naryadning «Alohida ko’rsatmalar»


satrida yozilgan bo’lishi va ishlashga ijozat beruvchiga ish joyini tayyorlashga va
ishlashga ijozat berishga ruxsat etish vaqtida tasdiqlanishi kerak.
Bunday tasdiq naryadda rasmiylashtirishni talab qilmaydi.
Bunday ulash huquqi faqatgina ushbu uskunada yoki uning uchastkasida boshqa brigada
ishlashiga ijozat berilmagan bo’lsagina beriladi.
4.10.4. Avariya paytida ta’mirlashga chiqarilgan elektr uskunani navbatchi shaxs yoki
ishlashga ijozat beruvchi ish bajarayottan brigada yo’qligida ish tamom qilingunga
qadar, ishboshi o’z ish joyiga etib kelgunchga yoki naryad ulardan qaytarib olinguncha
ish joyiga ishboshini, elektr uskuna ulanganligi va ishni boshlash man qilinishi haqida
ogoxlantiruvchi odamlar joy-joylarga qo’yilishi sharti bilan ulashi mumkin.
4.11. ELEKTROSTANSIYALARN11NG, PODSTANSIYALARNING ELEKTR
USKUNALARIDA VA KABEL ELEKTR TARMOQLARIDA ISH BAJARISHDA
AMALGA OSHIRILADIGAN TASHKILIY TADBIRLAR
ISH RAHBARINI TAYINLASH
4.11.1. Ish rahbari quyidagi hollarda tayinlanishi kerak:
- mexanizmlar va yuk kutarish mashinalarini qo’llab ishlanganda;
- 1000 volt kuchlanishdan yuqori uskunalarda qurilmalardan kuchlanishni olib ishlashda
(ushbu Qoidaning 4. 11. 3 bandiga muvofiq hamma elektr qurilmalardan kuchlanish
olingan hollar, odliy va aniq sxemali elektr qurilmalar, elektrodvigatellar va ular
ulangan yopiq taqsimlovchi uskuna qurilmalari bundan mustasno);
- transport harakati serqatnov, hamda kommunika siyalar zonasida joylashgan kabel
elektr uzatish va aloqa kabellarida ishlanganda.
Naryad beruvchiga yuqorida sanab o’tilgan ishlardan tashqari boshqa ishlar uchun ham
ish rahbari tayinlashga ruxsat beriladi.
PODSTANSIYALARDA, QO’SHILMALARDA BITTA NARYAD BILAN BIR
NECHTA ISH JOYLARIDA ISH BAJARISH
4.11.2. Ushbu Qoidani 4.11.3, 4.11.4, 4.11,6, 4.11.7, 4.11.9 bandlarida qayd etilgan
holatlardan tashqarn bitta qo’shilmaning bitta va bir nechta ish joylarida ishlashga bitta
naryad berish ruxsat etiladi.
4.11.3.Hamma tok o’kazuvchi qismlardan, shu jumladan xavo va kabel elektr uzatish
tarmoklari kirib-chiqqan qismidan kuchlanish olingan elektr uskunalarida va qushni
elektr uskunalarga kirish yullari berkitilgan (1000 V kuchlanishgacha bo’lgan shchit va
uskunalar kuchlanish ostida qolishi mumkin) hollarda, barcha qo’shilmalarda bir vaqtda
ishlash uchun bitta naryad berishga ruxsat beriladi- Bunday paytda ish rehbarini talab
qilinmaydi.
4.11.4. Agregatlar (qozon, turbina, generator) va alohida texnologik uskunalarni (kul
chikarib tashlash, isitish, yoqilgi maydalagich tizmalari va boshqalarni) ta’mirlashga
chiqarilgan takdirda bitta naryad ushbu agregat elektrodvigatellarinipg hammasida (yoki
bir qismida) va ushbu agregatlarni (uskunalarni) elektrodvigatellarini elektr energiyasi
bilan ta’minlovchi taqsimlovchi elektr uskunalarning hamma (yoki bir kismi)
qo’shilmalarida ishlash uchun bitta naryad beriladi.



Kuchlanishi bir xil va bir taqsimlovchi elektr uskunasidan ulangan elektro-dvigatellarda


ishlash uchun bitta naryad berilishi mumkin.
4.11.5. Elektrodvigatellarda va ular ulangan komplekt taqsimlovchi elektr uskunalari
bilan jihozlangan taqsimlovchi uskunalarda brigadani bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga
o’tkazishni rasmiylashtirish talab qilnnmaydi. Brigadani ushbu elektr uskunalarning bir
nechta ish joyiga tarqatib ishlashiga ruxsat etiladi.
Konsgruksiyasi boshqacha ishlangan taqsimlovchi elektr uskunalaridagi elektro-
dvigatellar qo’shilmalarida ishlashga ijozat olinganda va ish bajarilganda bir ish joyidan
ikkinchi ish joyiga o’tkazish naryadni rasmiylashtirilishi zarur.
4.11.b. YAkka tizimdor shinali va istalgan miqdorda seksiyaga ega bulgan 6—110 kV
kuchlanishli taqsimlovchi elektr uskunasida ta’mirlash uchun barcha seksiyalarni to’la
chiqarilgan takdirda, shinalarda va shu seksiyaning barcha (yoki bir kismi)
qo’shilmalarida bitga naryad berib ishlashga ruxsat etiladi, Ushbu seksiya chegarasida
brigada a’zolarini bir nechta ish joyiga tarqatib ishlatish mumkin,
4.11.7. Elektr uskunaning bitta va birnechta kushilmalarining har xil ish joylarida bir
vaktda yoki navbatma-navbat ishlash uchun quyidagi hollarda bitga naryad bernshga
ruxsat etiladi:
kuch va kontrol kabellarni etkazish hamda ko’chirib etkazishda, elektr uskunalarini
sinashda, himoya vositalari va o’lchov asboblarini, blokirovka, avtomatika,
telemexanika, aloqa va boshqa vositalarni tekshirishda;
bir qo’shilmadagi kommutasnon apparatlarni ta’mirlashda, shu jumladan ushbu
apparatlarning uzatmasi boshqa xonaga joylashgan taqdirda ham;
tunellarda, kollektorlar, quduqlar, xandaqlar va chuqurlarda alohida joylashgan
kabellarni ta’mirlashda;
ish joyining joylashishi ishboshiga brigada ustidan nazorat olib borish imkoniyatini
yaratishi mumkin bo’lgan taqdirda, yonma-yon joylashgan chuqurda, taqsimlovchi
uskuna yoki ikkita chuqur ichida bajariladigan kabellarni (ikkitadan ortiq bo’lmagan)
ta’mirlashda.
Bu holda brigada a’zolarini bir nechta ish joyiga tarqatib ishlashga ruxsat beriladi.
Brigada bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga o’tkazishni ras-miylashtirish talab
qilinmaydi.
4.11.8. Ushbu Qoidani 4.11.3, 4.11.4, 4.11. 6, 4.11.7 bandlariga asosan bajarilishi kerak
bo’lgan hamma ish joylari ishlashga ijozat berishdan oldin tayyorlanishi zarur.
Naryad bo’yicha ish batamom tutatmaguncha biron-bir qo’shilmani ulashga tayyorlash,
shu jumladan elektrodvigatelni sinab ko’rish man etiladi.
Agar brigada turli ish joylariga taqsimlangan bulsa, SH gruppaga ega bo’lgan bir yoki
bir necha brigada a’zolari o’z ish joylarida ishboshisiz alohida-alohida ishlashlariga
ijozat etiladi.
Ishboshi nazoratsiz alohida ishlayotgan brigada a’zolarini ishboshi ish joyiga olib borib
ularga ish jarayonida amal qilinishi kerak bo’lgan xavfsizlik choralari haqida yuriqnoma
berishi kerak.
4.11.9. Bir nechta podsgansiyalarda yoki bir podstansiyani bir nechta qo’shilmalarida
bir turdagn ishlarni ketma-ket bajarish uchun bitta naryad berishga ijozat etiladi.
Bunday ishlarga quyidagilar kiradi:
— izolyatorlarni artish; qisqichlardaga boltlarni tortib qo’yish; simlar va shinalar
ulangan qismini tortib mahkamlash; tekshirish uchun yog’ olish va etishmaganda
quyiщ; traisformatordagi o’ramlarning sonini ko’paytirish va kamaytirish bilan



kuchlanishni o’zgartirish; relali himoya vositalari. avtomatika, o’lchov asboblarini


tekshirish; begona energiya manbai yordamida elektr uskunani yuqori kuchlanishda
sinash; o’lchov shtangasi yordamida izolyatorlarni tekshirish; kabel elektr
tarmokdarining shikastlangan joylarini topish.
Bunday naryadlarning muddati 1 kun
Har bir podstansiyada va har bir qo’shilmada ishlashga ijozat berish naryadning 3-
jadvalida rasmiylashtiriladi.
Har bir podstansiyada ish ushbu naryad bo’icha to’la tamom qilinganidan keyingina
uskunani elektr tarmog’iga ulab tutpirishga ruxsat beriladi.
4.11.10. Farmoyish bir nechta elektr uskunalarda (qo’shilmalarda) navbatma-navbat
bajariladigak ishlar uchun berilishi mumkin.
TAQSIMLOVCHI ELEKTR USKUNALARI HUDUDIDA JOILASHGAN HAVO
VA KABEL ELEKTR UZATISH TARMOQLARI. DISPETCHERLIK VA
TEXNOLOGIK BOSHQARUVCHI VOSITALARI UCHASTKALARIDA ISHLASH
4.11.11. Taqsimlovchi elektr uskunalari hududida joylashgan havo elektr uzatish
tarmoqlaridagi ish havo elektr uzatish tarmoqlarida xizmat qiluvchi xodimlar tomonidan
berilgan naryad asosida bajariladi.
Navbatchisi bo’lgan elektr uskunalari hdududida joylashgan oxirgi tayanchda ish olib
borilganda navbatchi brigada yuriqnoma berib, ularni shu tayanchgacha kuzatib qo’yish
kerak.
Navbatchisiz elektr uskunalari xududida joylashgan elektr tarmog’ida ishboshi
taqsimlovchi elektr uskunasining kalitini olib, o’zi mustaqil tayanchga borib ish
bajarishiga ruxsat beriladi.
Ochiq taqsimlovchi elektr uskunalariniig peshtoklarida va yotiq taqsimlovchi elektr
uskunalari binosida ish bajarilganda tarmokda xizmat qiluvchi brigadani ishlashiga
ijozat berish navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimlaridan tayinlantan ushbu
taqsimlovchi elektr uskunalarida xizmat qiluvchi ishlashga ijozat beruvchi shaxs
tomonidan naryadni rasmiylashtirib amalga oshiriladi.
Taqsimlovchi elektr uskunalari joylashgan hududda ishboshi o’z brigada a’zolari bilan
birga mustaqil chiqib ketnshi mumkin, ammo ayrim brigada a’zolari 4. 7. 8. bandda
ko’rsatilgan tartib bo’yicha chiqishlari kerak.
4.11.12. Taqsimlovchi elektr uskunalarda joylashgan kabellarnnng oxirgi muftasida va
kabellarning uchlari bir-biridan ajratilgan joylarda hamda taqsimlovchi elektr uskunalar
xududidan o’ggan va kabel kanallariga yotqizilgan kabellarda bajariladigan ishlar ushbu
kabel tarmog’ida xizmat qiluvchi xodim beradigan naryad bo’yicha bajarilishi zarur.
Kabelning oxirgi muftasida va kabellarning uchlari bir-biridan ajratilgan joylarda
ishlashga ijozatni taqsimlovchi elektr uskunalarida xizmat qilvuchi xodim beradi.
Taqsimlovchi elektr uskunalari hududidan o’tgan va kabel kanallariga yotqizilgan
kaballarda ishlashga ijozatni ushbu taqsimlovchi us-kunada xizmat qiluvchi navbatchi
yoki tezkor-ta’mirlovchi xodimning roziligini olib kabel elektr tarmoqlarida xizmat
qiluvchi xodim beradi.
Kabellarning uchlari bir-biridan ajratilgan joylarda ushbu taqsimlovchi elektr
uskunalarida xizmat qiluvchi xodim beradigan naryad bo’yicha, kabel tarmog’ida
xizmat qiluvchi xodimning xizmat safaridagi xodim sifatida ishlashiga ijozat beriladi.



4.11.13. Taqsimlovchi elektr uskunalari xududidagi aloqa uskunalaridagi ishlar


dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari xizmati xodimlari tomonidan
beriladigan naryad bo’yicha olib borilishi zarur.
Ushbu uskunalarida brigadani ishlashga ijozat berishni taqsimlovchi elektr uskunalariga
xizmat qiluvchi xodim bajaradi.
Ushbu uskunalaridagi ishlarini taqsimlovchi elektr uskunalariga xizmat qiluvchi xodim
byegan naryad bilan dispetcherlik va texnologik boshqaruv vosita-lari xodimlari
bajarilishlari mumkin.
FARMOYISH BO’YICHA ISH BAJARISH
4.11.14. Vaqtinchalik tusiq qo’yish va kuchlanishni olib tashlash talab qilinmaydigan
elektr uskunalarning tok o’tkazuvchi qismida bajariladigan ish-lar farmoynsh bilan
bajarilishi mumkin.
4.11.15. 1000 V kuchlanishdan yuqori bulgan elektr uskunalarida farmoyish bilan
quyidagi ishlarni bajarishga ijozat beriladi: kabeli olinib, uchlari qisqa tutashtirilib va
yega ulab qo’yilgan elektrodvigatellarda; shina va kabellari tok chiqadigan eridan olib
tashlangan generatorlarda; taqsimlovchi elektr uskukalari hujralari ichidagi temir
pardalari yopilib qulflangan bo’lsa, sug’urib olingan aravachalarda.
4.11.16. Umumiy shinalarga kuchlanish berib yuborish ehtimoli bo’lgan taqsimlovchi
elektr uskunalarining umumiy shinalarida, shchitlari va ularni tarmoqdarida
bajariladigan ishlardan tashqari, kuchlanishi 1000 Voltgacha bo’lgan elektr
uskunalaridagi ishlarni farmoyish bilan bajarishga ijozat beriladi.
4.11.17. Odamlarning elektr tokidan shikastlanishlariga* nisbatan xavfi uncha yuqori
bo’lmagan xonalarda joylashgan 1000 V kuchlanishgacha bo’lgan elektr uskunalarida
ishboshi bo’lish huquqiga ega bo’lgan III gruppali ishchi yakka o’zi ishlashi mumkin.
4.11.18. Kuchlanish bor yoki yo’qligidan qat’iy nazar ikkilamchi zanjirlar, o’lchov
asboblari, releli himoya uskunalari, avtomatika, telemexanika, aloqa vositalari va ularni
agregat shkaflari va uzatmalari bilan birgalikda montaj, ta’mirlash va ularga xizmat
qilish bilan bog’lik, ishlarni bajarishda quyidagilarga ijozat beriladi:
ishlarni farmoyish bilan bajarishga, naryad bi-lan bajarganda nsh rax.bari
tayinlanmaslikka;
1000 V kuchlanishdan yuqori bo’lgan tok o’kazuvchi qismlari bo’lmagan, ular to’la
to’silgan, yoki ular shunday balanddikda joylashganki, ularni tusish talab
qilknmaydigan** bulsa xonalardagi ikkilamchi zanjir va uskunalarda IV gruppali
ishboshining yakka o’zi ishlashiga;
YUqoridagi uskunalarda xizmat qiluvchi IV gruppali ishboshi ishlashga ijozat beruvchi
xodim vazifasnnn bajarishiga. Bunda ish joyini yetarlicha tayyorlashda ko’riladigan
xavfsizlik choralarini o’zi aniqlaydi. Ish joyini tayyorlash uchun 1000 V kuchlanishdan
yuqori bo’lgan elektr zanjirlarini o’chirish, yega ulash hamda vaqtinchalik to’siqlar
qo’yish talab qilinmasa, bunday o’rindoshlik vazifasini bajarishga;
yuqoridagi ko’rsatilgan uskunalarni ishboshi tomonidan uchirishi yoki yoqishiga,
hamda ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat ber-gan xodimning
ruxsati bilan o’chirgichni o’chirishi yoki yoqishiga tegishli releli himoya va avtomatika
uskunalarini sinab ko’rishga ruxsat etiladi.



4.11.19. Elektrostansiya va podsgansiyalardagi elektr uskunalarida elektr xavfsizligi


buyicha III gruppaga ega bo’lgan yakka ishchiga quyidagi ishlarni farmoyish bilan
amalga oshirishga ijozat beriladi;
ochiq taqsimlovchi elektr uskunalari hududini obodonlaщgirish, o’t-o’lanlarni tozalash,
yullar va yulakchalardagi qorni kurash;
2,5 metrdan past balandlikda taqsimlovchi zlektr uskunalari hujrasidan tashqarida
joylashgan radio va aloqa tarmoqlari uskunalariga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash;
taqsimlovchi elektr uskunalari hujralaridan tashkari joylashtan tusiqlardagi va uskuna
ustiga yopilgan qoplamalardagi doimiy yozuvlarni qayta tiklash;
transformatorlar, generatorlar va boshqa uskunalarni quritilishini nazorat qilib turish;
yog’larni quritish va tozalashda yog’ tozalagichga boshqa yordamchi apparatlarga
xizmat ko’rsatish;
kompressorlarning, transformator yog’ nasoslarining, ventilyatorlarning mexanik
qismlari va elektrodvigatellarida bajariladigan ishlar;
havo tozalagich filtrlarini tekshirish va uning ichidagi sorbentlarni almashtirish.
4.11.20. Taqsimlovchi elektr uskunalari tashqarisida, 2,5 metrdan past balandlikda
joylashgan yoritgichlarni tozalash va ulardagi lampalarni al-mashtirishni elektr
xavfsizligi buyicha II gruppaga ega bo’lgan bir ishchi farmoyish bilan bajarish mumkin,
2,5 metrgacha balandlikdagi taqsimlovchi elektr uskunalar ichida uning hujralaridan
tashqarida o’rnatilgan yoritgich apparatlariga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash farmoyish
bilan elektr xavfsizligi bo’yicha III gruppaga ega bo’lgan yakka ishchi tomonidan
amalga oshirilishi mumkin.
4.11.21. Tok o’tkazuvchi qismlari to’silgan 1000 V kuchlanishdan yuqori bo’lgan elektr
uskunalari joylashgan xonalarni, hamda boshqaruv va releli himoya vositalari
joylashgan xonalarni tozalash farmoyish bilan elektr xavfsizligi buyicha II gruppaga ega
bo’lgan bir ishchi tomonidan bajarilishi mumkin, Ochiq taqsimlovchi elektr uskunalari
maydonini tozalash farmoyish bilan elektr xavfsizligi buyicha SH gruppaga ega bo’lgan
yakka ishchi tomonidan bajarilishi mumkin.
4. 12. HAVO ELEKTR TARMOQLARIDA ISH BAJARISHDA TASHKILIY
CHORALAR
ISH RAHBARI TAYINLASH
4.12.1. 1000 V kuchlanishdak yuqori bo’lgan havo elektr uzatish tarmoqlarida quyidagi
ishlarni bajarishda ish rahbari tayinlanadi;
havo elektr tarmoqlarining qo’riq maydonlarida yuk kutarish mashinalari va
mexanizmlarni qo’llab ishlanganda;
hamma turdagi ustunlarni olib tashlashda va o’rnatishda;
havo elektr uzatish tarmoqlarining transport magistrallari va boshqa havo elektr uzatipg
tarmoqlari bilan kesishgan joylaridagi ishlarda;
yangi qurilgan havo elektr tarmoqlarini elektr tizmasiga ulashda;
*Odamlarga elektr toki xavfi bo’yicha xonalar kvalifikasnyasi «Elektr uskunalarining
tuzilnsh qoidalar», 6 nashrining I. 1.13 bandida keltirilgan.
**Tusish tolab qilinmaydigan tok o’tkazuvchi qismlar bilan yegacha yoki xonalar
poligacha bo’ltan masofa «Elektr uskunalariniig tuzilish qoidalari» da aniq 6elgilangan
(6 nashr, 4. 2. 2 va 4. 2. 5 jadvalar).



simlar va trosslarni ulash sxemalarini o’zgartirishda;


ko’p zanjirli havo elektr uzatish tarmoqlarida, agar uning bir zanjiri ikkinchisiga ustma-
ust joylashgan bo’lsa, yoki zanjirlar soni ikkitadan ko’p bo’lgan va ularning biri yoki
barcha qolganlari kuchlanish ostida qolsa, uning o’chirilgan zanjirida ishlashda;
havo elektr uzatish tarmog’ini alohida fazalarida ishlashda;
kuchlanish ta’siri ostida bo’lgan elektr uzatish tarmoklarida ishlashda;
odamni yerdan izolyasiya qilib elektr tarmoqlarining tok o’tkazuvchi qismida
kuchlanish ostida ishlashda;
YUqorida qayd qilingan ishlardan tashqari boshqa ishlarga ham naryad beruvchiga ish
rahbari tayinlash ruxsat beriladi.
FARMOYISH BO’YICHA ISH BAJARISH
4.12.2. Havo elektr uzatish tarmoqlarining tok o’tkazmaydigan qismlarida elektr
tarmog’idan kuchlanishni olmasdan turib kuyidagi ishlarni farmoyish bilan bajarish
mumkin: yerdan odam oyog’igacha hisoblaganda 3 m yuqorigacha ko’tarilib
bajariladigan ishlar; ustunlarning konstruktiv qismlarini buzmas-dan bajariladigan
ishlar; ustunlar tagini 0,5 metrgacha chuqurlikda qazish ishlari; havo elektr uzatish
tarmoqlari trassalarini daraxtlar va shox-shabba-lardan tozalash ishlari (bunda kesilgan
daraxtlar simga ag’anab tushmasligiga, shox-shabbalar kesilganda odamlarni simlarga
yaqin kelib qolmasligiga va ularni simlar usgiga tushmasligiga qarshi ko’riladigan
choralarini bajarish talab qilinmagan hollarda).
4.12.3. Elektr xavfsizligi bo’yicha II gruppaga ega bulgan ishchiga havo elektr uzatish
tarmog’ida farmoyish bilan quyidagi ishlarni bajarishga ijozat beriladi:
ob-havo yaxshi paytda va yaxshi yul sharoiti bor joylardagi havo elektr uzatish
tarmog’ini ko’rib chiqish;
ustunlardagi doimiy belgilarni va yozuvlarni tiklash;
burchak o’lchash asboblari yordamida havo elektr tarmoklarini yegacha bo’lgan
balandligini o’lchash;
ustunlar atrofini o’t-o’lanlar va shox-shabbalardan yong’in chiqmasligi uchun tozalash;
Ustunlardagi bandajlarni bo’yash.
NARYAD BO’YICHA KO’PZANJIRLI HAVO ELEKTR UZATISH
TARMOQLARIDA, HAVO ELEKTR UZATISH TARMOQLARINING
KESISHGAN JOYLARIDA, HAVO ELEKTR UZATISH
TARMOQLARINING TURLI UCHASTKALARIDA
BAJARILADIGAN ISHLAR
4.12.4. Har bir havo elektr uzatish tarmog’iga, kup zanjirli elektr uzatish tarmoqning har
bir tarmog’iga alohida naryad beriladi. Bir necha havo elektr uzatish tarmoqlariga
(zanjkrlariga) quyidagi hollarda bitta naryad beriladi:
barcha. zanjirlardagi kuchlanish olib tashlanganda yoki ko’pzanjirli havo elektr uzatish
tarmoqning biror-bir zanjiridan kuchlanish olinmaganda kuchlanish osgida bajariladigan
ishlarga:
Havo elektr uzatish tarmoqarini bir-biri bilan kesishgan joylarda bajariladigan ishlarga;



transformator punktlari yoki komplekt transformator punktlari o’chirib qo’yilgan joydan


chiqqan 1000 V kuchlanishgacha bo’lgan elektr uzatish tar-moqlarida navbatma-navbat
bajariladigan ishlarga;
bir nechta elektr uzatish tarmoqlarining tok o’tkazmaydigan qismlaridagi kuchlanishni
olmasdan turib bir turdagi bajariladigan ishlarga.
4.12.5. Naryadda ta’mirlanayotgan elektr uzatish tarmog’ini qaysi elektr uzatish
tarmog’i kesib o’tgan bo’lsa, uni o’chirish va yega ulash kerakligi ko’rsatilishi shart
(yega ulagichlarni ish joyi yaqiniga hamda 5.6.1. banda ko’rsatilgan joylarga qo’yish
sharti bilan). Xuddi shunday ko’rsatma agar ish sharoiti ta’mirlanayotgan elektr uzatish
tarmogi yaqinidan o’tgan elektr uzatish tarmog’ini o’chirish talab qilinadigan bo’lsa u
haqda ham xudld shunday ko’rsatma naryadda qayd qilinishi kerak. Bunda
ta’mirlanayotgan elektr uzatish tarmog’ini kesib o’tgan yoki yaqinidan o’tgan elektr
uzatish tarmog’ini yega ulash, brigadani ishlashiga ijozat berishdan oldin bajarilishi
kerak. Ushbu elektr uzatish tarmoqlaridan yega ulagichni ish to’la tamomlanmaguncha
olish man qilinadi.
4.12.6. Havo elektr uzatish tarmoqlarni alohida fazalarida bajariladigan ishlarga naryad
ushbu elektr uzatish tarmog’ining faqat bir transpozisiya qadami oralig’ida berilishi
mumkin.
4.12.7. Ikkita anker ustuni oralig’i 2 kilrmetrdan oshiq bo’lsa simlar va trosslarni osish
va almashtirishdan boshqa ishlarda o’chirilgan tarmoqlarda brigada a’zolarini 2
kilometrdan ko’p bo’lmagan uchastkada taqsimlanishiga ijozat beriladi. Bunday paytda
bir brigada uchastkasining uzunligini naryad beruvchi belgilaydi.
Agar brigada kuchlanish ostidagi elektr uzatish .tarmog’ini tok o’tkazuvchi qismida ish
bajaradigan bo’lsa, u bir ustunda (2 ustun oralig’ida) yoki ikki yonma-yon turgan
ustunda turishi kerak.
4.12.8. Agar brigada bir naryad bnlan har xil uchastkalarda
g
havo elektr uzatish
tarmog’i ustutlarida ish olib borsa, brigadani bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga
o’tkazish naryadning 3-jadvalida rasmiylashtirilmaydi.


Download 203,19 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Download 203,19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 QISQA MUDDATLI VA KECHIKTIRIB BO’ULMAYDIGAN

Download 203,19 Kb.