3.2.5. Elektrostansiya va podstansiyalarning 1000V kuchlanishgacha bo’lgan elektr
uskunalari va kabel elektr uzatish tarmog’ida kuchlanish ostida ish bajarilayotganda
quyidagilarni bajarish kerak:
ish joyiga yaqin joylashgan kuchlanish osgadagi bexosdan tegib ketish ehtimoli bo’lgan
elektr uskunani to’sish;
dielektrik kalishda, bo’lmasa izolyasiyalangan taxtachada
yoki dielektrik gilamchada
turib ishlash;
izolyasiyalangan dastakli asboblar yordamida (otvertkada bundan tashqari sterjeni ham
izolyasiyalangan bo’lishi kerak) ishlash
g
mabodo bunday asbob bo’lmasa, dielektrik
qo’lqopdan foydalanish zarur,
Engi kalta yoki engi shimarilgan kiyimda ishlash, shuningdek pichoq, arra, egov,
metalli metr va boshqa shunga o’xshash asboblardan foydalanish man qilinadi.
3.2.6. Agar elektr uskuna ichida egilib ishlayotgan
shaxs qaddini rostlaganda, elektr
uskunani tok o’tkazuvchn qismi bilan shaxs orasidagi masofa 3.1. — jadvalda
ko’rsatilgan masofadan kam bo’ladigan bo’lsa, bunday holatda ishlash man qilinadi.
6-110 kV kuchlanishli elektrostansiya va podstansiyalarning elektr uskunasidagi
tusiqsiz tok o’tkazuvchi qismi, ishlayotan shaxsning orqa yoki ikki yon tomonida
joylashgan holatlarida ish bajarishi man qilinadi.
3.2.7. Kuchlanish ostida bo’lgan uskuna izolyatorlariga himoya vositasisiz tegish man
qilinadi.
3.2.8. Havo elektr uzatish va aloqd tarmog’ini kuchlanish ostidagi qismini (simlar,
trosslarni) ulash yoki kesishdan oldin ularning potensiallarini teng-lashtirish kerak.
Qismlar potensialini
tenglashtirish esa, ularni (kesilishi kerak bo’lgan joyning ikkala
tarafini) bir-biriga sim orqali ulash yoki bo’linishi kerak bo’lgan qismining ikkala
tomonini alohida-alohida yega ulab, so’ngra ularni har birini umumiy bir yega ulagich
uskunasiga ulash kerak.
3.2.9. Elektr himoya vositasidan foydalanib (izolyasiyalangan shtanga va ombirdan,
o’lchov shtangasi va ombirdan, kuchlanishni o’lchovchi asboblar bilan)
ishlaganda
xodimning shu himoya vositalarini izolyasiyalangan qismi uzunligidan boshlab, to
elektr uskunaning kuchlanish ostida bo’lgan tok o’tkazuvchi qismigacha bo’lgan
masofagacha yaqinlashishga ruxsat etiladi.
3.2.10. Ochiq taqsimlovchi elektr uskuna va havo elektr uzatish tarmog’nni
kesishishgan oralig’ida kuchlanish ostada bo’lgan simdan pasgda joylashgan sim (tros)
va unga taalluqli izolyator va armaturalarni almashtirishda, yuqorida joylashgan
kuchlanish osgida bo’lgan simga, almashtirish uchun mo’ljallangan simni siltab
tortganda, tegib ketmasligi uchun ushbu o’zgartirilayottan sim ustiga o’simlik yoki
sintetik toladan tuqilgan arqon tashlanadi..
Kesishgan oraliqda joylashgan simning ikki yerdan ikkala tarafga arqon tashlab, uning
uchlarini langar, inshoot poydevori yoki boshka joyga tortib mahkamlash kerak. Simni
(trosni) ko’tarish asga-sekin bir me’yorda bo’lishi kerak,
3.2.11. Podstansiya va elektr uzatish tarmokdarida kuchlanish
osgidagi simlardan
(troslardan) yuqorida joylashgan simlar (troslar) va ularga taalluqli izolyator va
armaturada ishlash korxona rahbariyati tasdiqlagan ish bajarish loyihasi bo’yicha olib
borilishi kerak, Ish bajarish loyihasida simni osilib tushib ketmasligi chorasi hamda
ishlab turgan elektr uzatish tarmog’i ta’sirida hosil bo’lgan kuchlanishga qarshi himoya
* Ishni xavfsiz bajarishga javobgar shaxslar (4 — bo’limga qaralsin),
choralari ko’zda tutiliish kerak.
Bunday ishlarni bajarishda kesishgan oraliqda joylashgan simdan kuchlanishni
olmasdan turib sim (tros) almashtirish man qilinadi.
3.2.12. Xodim doimo shuni esda tutishi kerakki, agar elektr uskunada kuchlanish
tusatdan yuq bo’lib qolsa, ogohlantirmasdan unga yana kuchlanish berilishi mumkin,
3.2.13. Qorong’i tushgan paytda ish olib berilayotgan joy, yo’lkalar, u yega borish yuli
va ish joyi yorrggilgan bo’lishi kerak.
YOritilish darajasi bir xil bo’lib ishchi ko’zini tindirmasligi kerak. YOritilmagan joyda
ishlash man qilinadi,
3.2.14. Momaqaldiroq paytida havo elektr uzatish tarmog’i, havo aloqa tarmogi, ochiq
va yopiq taqsimlovchi elektr uskunalaridan chiqqan elektr uzatish tar-mog’ida va elektr
tarmog’idagi ajratgichda, havo elektr tarmog’iga
ulangan kabelda, hamda. aloqa
apparatlari joylashgan xonann aloqa liniyasi kirgan qismida va antenna-stun joylashgan
inshortlardagi barcha ishlar to’xtatilishi kerak,
3.2.15. Elektrostansiya va podstansiyani ishlab turgan elektr uskuna joylashgan binosida
(boshqarish uskunasi, rele himoyasi va sh. o’. uskunalar joylashgan binodan tashqari),
yopiq taqsimlovchi elektr uskuna ochiq taqsimlovchi elektr uskuna, quduq er osti yuli
va. xandaklarda ishlovchi barcha iщchilar hamda havo elektr uzatish tarmog’ida xizmat
qiluvchi va joriy ta’mirlovchi barcha xodimlar himoya kaskasidan (dubulg’adak)
foydalanishi lozim.
3.2.16. Kompressor (bosqon)
va havo yiguvchi, akkumulyator batareyasi va
zaryadlovchi uskunalarga xizmat qiluvchi xodim elektr xavfsizligi bo’yicha III
gruppaga ega bo’llshi kerak.
3.2.17. Boshqarish pgchitida va taqsimlovchi elektr uskukalarida joylashgan
schetchiklarning va boshqa o’lchov asbob ko’rsatkichlarini korxona yoki boshqa
tashkilot xodimi* (xizmat safariga kelgan xodimning huquqidan foydalangan kabi)
yakka o’zi navbatchi ruxsati bilan yozib olishi mumkin. Agar elektr usku-nada
navbatchi bo’lsa bu xodim elektr xavfsizligi bo’yicha
II gruppaga, navbatchisiz elektr
uskunada esa SH Gruppaga ega bo’lishi kerak.
3.2.18. Er kovlash va tekislash ishlarini bajarishda SNiP 1114-80 «Qurilishda texnika
xavfsizligi» (9-bo’lim) talabiga rioya qilish zarur.