So’z boshi elektr uskunalarini ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarni davlat tilidagi 1 nashri Energoatom nashriyoti tomonidan 1987 yilda nashr etilgan rus tilidagi nusxasi, amaldagi rahbariy




Download 203,19 Kb.
bet7/22
Sana17.02.2024
Hajmi203,19 Kb.
#158104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
So’z boshi elektr uskunalarini ekspluatasiya qilishda xavfsizlik-fayllar.org

4. TASHKILIY TADBIRLAR 
4.1. UMUMIY TALABLAR. ISHLARNI BOSHIDAN OXIRIGACHA XAVFSIZ
BAJARISH BO’YICHA MAS’UL SHAXSLAR, ULARNING HUQUQ VA
VAZIFALARI.
4,1.1. Ishni xavfsiz bajarish uchun quyidagi tashkiliy tadbirlar amalga oshirilishi shart
— ishni xavfsiz bajarish uchun javobgar shaxs tayinlash;
— naryad yoki farmoyish berish;
— ish joylarini tayyorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etish;
— ish joyini tayyorlash va ishlashga ijozat berish;
— ish jarayonida nazorat olib borish;
— boshqa. ish joyiga o’tkazish;
— ish jarayonida tanaffus kilish va ish tamom bo’lishini rasmiylashtiriщ.
4.1.2. Ish jarayonida ishni xavfsiz olib borishg? suyidagi shaxslar javobgardirlar:
— naryad, farmoyish beruvchi;



— ish rahbari;


— ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etuvchi shaxs;
— ish joyini tayyorlovchi shaxs**;
— ijozat beruvchi shaxs**;
— ishboshi;
— nazorat qiluvchi;
— brigada a’zosi.
4.1.3. Naryad, farmoyish beruvchi shaxs ishni xavfsiz bajariщ shartini belgnlaydi.
U naryadda ko’rsatilgan xavfsizlik choralarini to’g’riligi va yetarli darajadaligiga,
brigada a’zolarining malakasi va soni bo’yicha yetarligiga, ishni xavfsiz bajarish uchun
javobgar shaxsni tayinlashga pguningdek naryadda ko’rsatilgan xizmatchilarni elektr
xavfsizligi bo’yicha gruppasi, ular bajarishn kerak bo’lgan ishga muvofiq ekanligiga
javobgardnr,
4.1.4. Naryad va farmoyishni berish huquqi korxona ma’muriy-texnik xodimiga va
uning tarkibiy bo’limidagi elektr xavfsizligi bo’yicha V gruppaga ega bo’lgan shaxsga
bernladi.
Naryad berish huquqiga ega bo’lgan ma’muriy-texnik xodim yuk, paytida kechiktirib
bulmaydigan ish-na bajarish uchun uщbu elektr uskunani ekspluatasiya kiluvchi elektr
xavfsyzligi buyicha IV gruppaga ega bo’lgan navbatchi xodim naryad va farmoyish
beriiga mumkin.
Bunday paytlarda navbatchi xodimga naryad berish korxona rahbariyatining yozma
ko’rsatmasi bilan rasmiylaщtirilishi kerak.
4.1.5. Ish rahbari naryadda ko’rsaggilgan barcha xavfsizlik choralarining bajarilishi va
uni yetarliligiga, ijozat beruvchy va ishboshi tomonidan brigada a’zolariga berilgan
yuriqnoma sifati va to’laligiga hamda ish jarayonida ishni xavfsiz olib borishni tashkil
qilishga javob beradi.
Ish rahbari qilib elektr xavfsizligi bo’yicha V gruppaga ega bo’lgan muxandis-texnik
xodimlar tayinlanishi kerak. Agar bajarilayotgan ish ba’zi bosqichlarda ish raxbaridan
uzluksiz nazoratni ish rahbari boshchiligida bajarilishini talab qilsa, u holda naryad
beruvchi naryadning «Aloxdda ko’rsatmalar» deb qayd etilgan satriga bu hakda yozib
qo’yish kerak.
4.1.6. Ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etuvchi shaxs ish
bajarish uchun ko’zda tutilgan elektr uskunani uchirish va yega ulagich o’r-natish va
ularni amalga oshirish imkoniyati choralarining yetarligicha borligiga, hamda ishga
qo’yiladigan brigadalarni ish boshlash vaqti va ish joyini muvofikdashtirishga javob
beradi.
Ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etuvchi shaxs navbatchi yoki
ish joyini tayyorlayotgan tezkor-ta’mirlash xodimlariga hamda ishlashga ijozat
beruvchiga elektr uskunani oldindan bajarib qo’yilgan uchirish ishlari va uskunalar yega
ulangani haqida ma’lumot berishi shart.
Ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat berishta ruxsat etish mansab yuriqnomasiga
asosan, elektr xavfsizlign buyicha IV gruppaga ega bo’lgan navbatchi xodim korxona
ko’rsatmasiga binoan vakolat berilgan ma’muriy-texnik xodimgina haqlndir.
* Xizmat safariga kelgan xodim ish tartibi 21-bo’limda keltirilgan.
** Ish joyini tayyorlovchi va ruxsat beruvchi bir shaxs bo’lishi mumkin.



4.1.7. Ish joyini tayyorlovchi shaxs naryadda ko’rsatilgan ish joyini tug’ri va aniq


tayyorlashga hamda ish щaroitiga taalluqli tadbirlarni (elektr uskunani qulflash,
xavfsizlik texnikasi shiorlarini osish, tusiq o’rnvtish va hokazolarni) bajarishga javob
beradi.
Ish joyini tayyorlash huquqi ushbu elektr uskunada tezkor o’chirish-yoqish huquqi
berilgan navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimgagina beriladi.
4.1.8. Ishlashga ijozat beruvchi ko’rilgan xavfsizlik chora-tadbirlarning to’la va
tug’riligiga, ularni naryadga ko’rsatilgan choralarga mosligiga, ish joyi va uni
xususiyatiga,
ishlashga
berilgan
ijozatning
tug’riligiga
hamda
berilayotgan
yuriqnomaning snfati va uni to’laligiga javob beradi,
Ijozat beruvchi shaxslar navbatchilardan yokn 4,1.13. bandda qayd etilgal shartlar
bajarilgan bo’lsa, havo elektr uzatish tarmoqlarida ishlashga ijozat berish mustasno
qilingan hollarda, tezkor-ta’mirlash xodimlaridan tayinlanadn. 1000 V kuchlanishdan
yuqori bo’lgan elektr uskunada ishlashga ijozat beruvchi IV grunpaga, 1000 V
kuchlanishgacha bo’lgan elektr uskunada esa ishlashga ijozat beruvchi III gruppaga ega
bo’lishi kerak.
4,1.9. Ishboshi quyidagilarga javob beradi:
— tayyorlangan ish joyi naryad ko’rsatmasiga mos ekanligiga;
— brigada a’zolariga berilgan yuriqnomaning aniq va to’laligiga;
— kerakli himoya vositalari, asbob-uskunalar, inventarlar va moslamalarning borligiga,
soz va yetarlilignga hamda ulardan tug’ri foydalana bilishligiga;
— ish joyidagi to’siqlarni, xavfsizlik texnikasi shiorlari va belgilarni, berkitish
uskunalarining butkulligini saqlashga;
— ishni boshidan oxirigacha xavfsiz va ushbu Qoidaga asosan bajarilishiga javob
beradi,
Ishboshi brigada a’zolari ustidan doimiy nazorat olib borishi va mast holdagi brigada
a’zosini ishdan chetlatishi zarur.
Naryad bilan 1000 V kuchlanishdan yuqori bo’lgan elektr uskunada ishboshi, elektr
xavfsizligi buyicha IV gruppaga, 1000 V kuchlanishgacha bo’lgan elektr uskunada esa
III gruppaga ega bo’lishgi shart. Zararli gazlar paydo bo’lish xavfi bor erosti
inshootlarida va kuchlanish ostida bajariladigan ishlarda esa ishboshi IV gruppaga ega
bo’lishi kerak.
Ushbu Qoidani 4.3.2.7.5 va 15.2.1 bandlarda ko’rsatilgan hollardan tashqari barcha
elektr uskunada farmoyish bilan ish olib borishda ishboshi elektr xavfsizligi buyicha III
gruppaga ega bo’lishi mumkin.
4.1.10. Elektr uskunada mustaqil ishlash huquqiga ega bo’lmagan brigada ishchilari
ustidan nazorat olib borish uchun nazorat qiluvchi shaxs tayinlanishi kerak.
Nazorat qiluvchi quyidagilarga javob beradi:
— tayyorlangan ish joyi naryad ko’rsatmasiga mos ekanligiga;
— ish joyiga qo’yilgan yega ulagichning, tusiqlarning, xavfsizlik shiorlari va
belgilarining, uchirish uzatkichlari qulflarining butkul saqlanishiga;
— ish olib borayotgan brigada a’zolarnning tok urish xavfidan saqlashga.
Ish jarayoni bilan bogliq xavfsizlikka javobgar shaxs, shu brigada boshkaruvchisi
bo’lib, bu shaxs brigada tarkibiga kirib, doimo ish joyida bo’lishga shart. Uning
familiyasi naryadning «alohida ko’rsatmalar» deb qayd etilgai satriga yozib qo’yilishi
kerak.



Nazorat qiluvchi shaxs elektr xavfsizligi buyicha III gruppaga ega bo’lgan ishchidan


tayinlanishi mumkin.
4.1.11. Har bir brigada a’zosi ushbu Qoida talablarini, ishlashga ijozat berish paytidagi
va ish jarayonida olgan yuriqnoma hamda mehnatni muhofaza qilish bo’yicha mahalliy
yuriqnoma talablarini bajarishi shart.
4.1.12. Korxona rahbarining yozma ko’rsatmash bilan o’z iщchilariga quyidagi
huquqlarni berish rasmiylashtiriladi: naryad, farmoynsh beruvchi, ish rahbari, ish boshi,
iщlashga ijozat beruvchi (tezkor-ta’mirlash xodimidan), shuningdek elektr uskunani
yakka o’zi ko’rib chiqish huquqiga ega bo’lgan xodimlar.
4.1.13. Javobgar shaxslar o’rindoshlik yuli bilan 4.1. jadvaldagi qo’shimcha
vazifalarning birini bajarishlari mumkin.

Download 203,19 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Download 203,19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



So’z boshi elektr uskunalarini ekspluatasiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarni davlat tilidagi 1 nashri Energoatom nashriyoti tomonidan 1987 yilda nashr etilgan rus tilidagi nusxasi, amaldagi rahbariy

Download 203,19 Kb.